Turizm bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning turli sohalardagi yangi texnologik o‘zgarishlarga turistik mehmonxonalarning o‘z vaqtida moslashishi faoliyat natijalarida yangi ish metodlarini yaratish va takomillashtirish qobiliyati mehmonxona faoliyatni davom etirish uchun zarur shart hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati, raqobat kurashini va bozorning boshqa qator talablarini rag‘batlantiradi. Ulardan foydalanishning yana bir muhim jihati zamonaviy shaxs ruhiyatidagi o‘zgarishlar, o‘zgarib turadigan iste’molchi talab istak va xohishlari, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy tartiblarining o‘zgarishi bilan izohlanadi. Strategik boshqarishga qarashlarni zamonaviy tizimi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘zgarishlar ta’siri ostida shakllantirildi hamda qayta tashkil etildi. Strategiya mehmonxonaning tashqi muhit talabalariga reaksiyasi sifatida uning salohiyatidan foydalanish va taraqqiyot vositasi hisoblanib, uning raqobatbardoshligini saqlab qolish va kuchaytirishning asosiy sharti hisoblanadi.
Mazkur reaksiyani tushunish va baholash o‘rtasidagi farq tushunchaning turli xil
ta’riflarda ifodalanishi bilan belgilanadi.
Yangi asrda xalqaro turistik bozorda qo‘yidagi yangi tendensiyalar vujudga keldi:21
turistlar xatti-harakatlari stereotipining o‘zgarishi. Turistik tashriflar motivatsiyasida dam olishni faol shakllarining ta’siri kuchaydi, turizmni zamonaviy turlari safiga ekzotik turlar kira boshladi, turistik tashriflar motivatsiyasi qoniqishga bo‘lgan talab va taassurotlar o‘zgarishida aks etadi;
sayohat qiluvchilarni yosh tarkibining ya’ni turistlarni umumiy tarkibidayoshi o‘tgan shaxslar ulushini ortishi talabni individuallashtirish va maxsuslashtirishni talab qilmoqda.
turistlar aksariyat hollarda o‘zlarining shaxsiy xohish-istagi bo‘yicha tanlangan yakka tashriflarni afzal ko‘radilar. Hammaga ma’lum bo‘lgan va “aholi gavjum” kurortlarga guruhli turlar ko‘pchilikni endilikda qoniqtirmaydi. Shu sababli,
21 Одинцов А.А. Менеджмент организации введения в специальность: Учеб.пособ. – М.: Экзамен,
2004. –83 с.
turistlik firmalar barcha turistlar uchun o‘z mahsulotini yo‘naltirmaydi, balki, mijozlarni aniq maqsadli guruhlarini qondirishga yo‘naltiradi.
umumiy turistik tashriflar tarkibida chet elga bo‘lgan tashriflar sonini ortishi bilan birga, bir vaqtning o‘zida mamlakat ichkarisidagi turistlar sonini kamaytirish tendensiyasi kuzatiladi;
iste’molchi-turist fikrini ekologiyalashtirish. Atrof-muhit bilan insoniyat jamiyatini uzluksiz birligini anglash yuz beradi, natijada ekologik turlarga bo‘lgan talab ortadi;
turistik tashriflar davomiyligi va chastotasining o‘zgarishi. Sayohatlar chastotasi uzoq muddatli bo‘lib, ularni davomiyligi esa kamayish tendensiyasiga egadir. Bunday vaziyat “intervallar” bilan sayohat qilish degan nomni oldi. Buning sababi, avvallo asosiy ta’tilni bo‘laklashga bo‘lgan iste’molchilarni intilishi bilan izohlanadi. Intervallar bilan sayohat qilish turizm sohasidagi keskin bo‘lgan muammolardan birini echishga, ya’ni turizm korxonalari faoliyatidagi nomavsumiy tengsizlikni bartaraf etishga yordam beradi;
servis (xizmat ko‘rsatish) darajasiga turistlar talabining oshishi, turistlar yanada savodli va tajribali bo‘lib, natijada yana ham talabchanroq bo‘lishdi;
turistik dam olishni intensifikatsiyalash ekskursiyalarni turli sayrlar hamda uchrashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda.
Mazkur faktorlarning ta’siri shunga olib keladiki, hozirgi sharoitda innovatsiyalar turistik korxonalar uchun bozorda yashab qolishning asosiy sharti bo‘lib qolmoqda.
Yangiliklar bozor ehtiyojining o‘lchovi bo‘yicha joriy etilishida menejer uning zaruriyati va maqsadga muvofiqligini oldindan ko‘ra bilishi kerak.
Mazkur sohadagi ishlar doirasida quyidagilar tavsiya etiladi:
istalgan bozor ulushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovar xizmatlarni aniqlash;
eskirgan tovar va xizmatlarni o‘rnini bosuvchilarini aniqlash innovatsiyaning firma faoliyatining barcha sohalariga joriy qilish (reklama va hokazo);
innovatsiyaning qisqa va uzoq muddatli dasturlari muvozanatini saqlash (foydani qanday oshirish kerak, mavjud mablag‘lardan qay tarzda samarali foydalanish mumkin va hokazo).
Hozirgi vaqtda xizmatlar ishlab chiqarishda innovatsiyaning quyidagi asosiy xillarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
yangi turdagi texnika, qurilma moslama, instrumentlar hamda xizmat ko‘rsatishda mehnatning texnik-texnologik usullari bilan bog‘liq innovatsiyalar. Zamonaviy xizmatlar sohasiga yagona sezilarli tendensiyalar, kompyuter texnikasini joriy qilish, mijozlar bilan ishlashni engillatuvchi axborot texnologiyasini tadbiq etish
;
tashkiliy-texnologik xizmatlarning yangi turlari, xizmat ko‘rsatishning yanada samarali shakllari va mehnatning tashkiliy-me’yorlari bilan bog‘liq innovatsiya turi hisoblanadi;
boshqaruv menejmentning shakl va usullaridan foydalanuvchi tashkilotning ichki va tashqi aloqalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalardir;
kompleks, bir vaqtning o‘zida servis faoliyatining turli jihat va tomonlarini qamrab oluvchi innovatsiya turidir.
Hozirgi vaqtda turizm sohasida innovatsiyalarni yangi turistik mahsulotni yaratishga yoki mavjudlarini o‘zgartirishga qaratilgan, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga, ilg‘or axborot telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga, turistik, transport va mehmonxona xizmatlarini taqdim etishni oldindan bronlash (band qilish)ni takomillashtirishga, turistik korxonaning faoliyatiga tashkiliy- boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy qilishga yo‘naltirilgan faoliyatlar natijasi sifatida tushunish kerak.
Mehmonxonalarning innovatsion faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
odatdagi xizmatlarni ko‘rsatishda yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish;
yangi xususiyatli yangi xizmatlarni joriy etish;
oldin foydalanilmagan yangi resurslardan foydalanish;
xizmat va tovarlar sotishni yangi bozorlarini aniqlash hamda ulardan foydalanish.
Yangilikni joriy etishda mehmonxonalar quyidagi innovatsion strategiyalardan birini tanlab oladi:
hujumkor strategiya (bozorni yangi sohalariga va bozor istiqbollariga yo‘naltirish);
himoyalanish strategiyasi (raqib faoliyati natijalari tahlil qilingandan keyingina bozorga chiqish);
hazm qiluvchi strategiya (yangiliklarni boshqa kompaniyalardan xarid qilish);
oraliq strategiya (raqobatchilar o‘rtasidagi bozor o‘rnini to‘ldirish);
bozorni yaratish (bozorni kengaytiruvchi yangiliklarni joriy etish);
qaroqchilik strategiyasi (bozor faoliyatini kamaytiruvchi yangiliklarni joriy
etish);
mutaxassis-dasturchilarni jalb qilish.
Qoidaga ko‘ra, innovatsion jarayonlar joriy etishni menejerlarning qaysi tarkibiy bo‘linmalarda ishlov berishidan qat’iy nazar ishlab chiqarish, tashkiliy- texnologik, marketing va boshqaruv faoliyatining turli tomonlarini qamrab oladi. Menejerlar, marketing bo‘yicha mutaxassislardan tashqari, innovatsion jarayonlarga oddiy xodimlar ham mehmonxonaning barcha personal xodimlari ham bevosita aloqador hisoblanadi. Bunday vaziyatda joriy etish jarayoni vertikal ravishda yuqoridan pastga yo‘naltiriladi.
Agar yangiliklar muvaffaqiyatli joriy etilsa unda mazkur vertikalga iste’molchilar ham qo‘shaladi. Bu holatda yangiliklar yanada kengroq tarqalish imkoniyatini kasb etadi: yangiliklarni muvaffaqiyat mehmonxonaning sotish hajmini oshirishga, mijozlar sonini orttirishga imkon beradi va bir vaqtning o‘zida raqiblarda ham mazkur muvaffaqiyatni takrorlash istagini uyg‘otadi.
Mehmonxona amaliyotiga innovatsiyalarni joriy etishni murakkabligini anglagan holda menejerlar innovatsiyalarni o‘zlashtirishni barcha jarayonini rejalashtirishlari hamda uning borish jarayoni va natijalarini diqqat bilan kuzatishlari zarur. Bizning fikrimizcha, ularga yordam tariqasida taklif etiladigan innovatsion dastur ishlanmalari katta rol o‘ynashi mumkin.
Innovatsion dastur «texnik-marketing siyosat» tizimini muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi, unda marketingni roli axborot ta’minotida hamda erishilgan natijalarni baholash tizimini shakllantirishda va bosh maqsadlarni belgilashda ishtirok etishda namoyon bo‘ladi.
Innovatsion dasturlarni mavjudligi mehmonxona xizmatlar resurslaridan foydalanishni engillashtiradi, maqsadga erishish uchun yanada maqbul vositalarni tanlash imkonini beradi hamda tashqi muhitning ta’siri natijasida kelib chiqadigan xavfni ancha kamaytiradi.
Etakchi innovatsiyalarni o‘rganish va ishlab chiqarish jarayonida olimlar va menejerlarni uzviy hamkorligi, kompaniyani umumiy maqsadlarga erishishi uchun o‘zaro aloqalari o‘ta muhim hisoblanib uning bozordagi o‘rnini mustahkamlashga imkon beradi.
Innovatsion dasturni ishlab chiqishni asosiy bosqichlari va uni amalga oshirish quyidagi chizmada ko‘rsatilgan.
4.1-rasm. Innovatsion dasturni ishlab chiqishni asosiy bosqichlari22
Innovatsion dasturlarni saralashda novator-mehmonxonalar to‘g‘ri fundamental innovatsion dasturlarni tanlab olishi zarur. Qandaydir loyihalardan biriga to‘xtalishdan oldin, mehmonxonalar ularning o‘zlari faoliyat ko‘rsatadigan umuiy iqtisodiy muhitni hisobga olishlari zarur. Ular o‘z resurslarini qisqa muddatli mahsulot xilma-xilligiga qaratmasdan o‘z qudratini kengaytirilgan va uzoq muddatli loyihalarga sarflashlari hamda ularni joriy etishdan kattagina natijalarga erishish va real foyda olishga qartilgan bo‘lishi kerak.
Ko‘p hollarda innovatsion dasturlar mehmonxona faoliyatini uzoq muddatli rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, mehmonxonalar loyiha
to‘g‘risida qarorlar qabul qilishdan oldin uni uchta pozitsiya bo‘yicha ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiqdir
uning texnologik va iqtisodiy amalga oshirishga erishish uchun loyihalar ustida ishlash davomiyligi.
Yanada ilg‘or mehmonxonalarda shunday ishonch mavjudki, u yoki bu loyihani qabul qilishda ular o‘z oldiga shunday maqsadni qo‘yadiki, uni kategoriyalarga bo‘lishga nisbatan maqsadlarni aniqlash va tavsiflash yanada foydalidir. Shu tarzda, maqsadlarni shakllantirish innovatsion dasturlarni tanlash jarayonida ustuvor holatni belgilaydi.
Umumiy maqsadlar – tarmoqdagi barcha texnologik o‘zgarishlar va yangiliklardan xabardor bo‘lishi, ularga mos kelishi, bozorda raqobatbardoshli bo‘lishi zarur.
Xususiyatli maqsadlar mehmonxonalarda etakchi bo‘lgan faoliyat sohalarini tanlash, bunda quyidagilarni anglashi zarur:
mehmonxona barcha sohalarda ham etakchilik pozitsiyasini egallay olmaydi;
shunday chegara mavjudki, ma’lum muammoni echish bo‘yicha istalgan xatti-harakatlar raqobatga olib kelmaydi;
bitta, aniq qayd etilgan ma’lum maqsadga erishish uchun kuchli harakatlanish, bunda yarim kuch bilan keng qamrovli vazifalarni qamrab ishlashga nisbatan barcha zaruriy resurslardan foydalanish talab etiladi.
Mehmonxona sohasida zamonaviy kompyuter texnologiyalari kattagina foyda olib keladigan iqtisodiyot sektorlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi yirik mehmonxonalarda anketa so‘rovi o‘tkazish natijalari ularning ofislarida asosan MS Offise standart ta’minot dasturidan foydalanishi ma’lum bo‘ldi23.
22 By Hans Mol Series edited by Terry Phillips"English for Tourism and Hospitality in Higher Education Studies, Course Book with audio CDs" Patricia Paskins 2010. 154 p
23 By Hans Mol Series edited by Terry Phillips"English for Tourism and Hospitality in Higher Education Studies, Course Book with audio CDs" Patricia Paskins 2010. 158 p