Vazirligi b. M



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə32/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Universal to„sinli stan


Universal to„sinli stan (UTS) ikkitavrli profillarni ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan (3.4 - rasm). Keng tokchali ikkitavrlar uchun standartlarni ishlab chiqarishdagi yo„qotishlarni qisqartirish zarurati xisobga olinadi: kam miqdordagi jo„valar to„plamidan foydalanish va ularning sarifini qisqartirish, kam miqdorda qayta jo„valash. Blyumdan keyin zagotovka qayta prokatlanadi, zagotovkani qizdirish uchun harakatlanuvchi tubli zamonaviy qizdirish pechlari qo„llaniladi;


prokatni nazorat qilish va pardozlash oqimda amalga oshiriladi; jo„valar kletlar bilan qayta jo„valanadi; taxlam sirtidan kuyindi gidrotozalash va sovutkichda qo„shtavr majburan sovutilishi ko„zda tutilgan; texnologik jarayonlarni boshqarish yuqori darajada avtomatlashtirilgan.
Stan TU 14 - 2 -24 -72 yo„l qo„yilgan o„lchamli va o„lchamli qo„shtavrli chiqaradi: normal (B) 200x100 dan 1000x320 mm gacha; kengtokchali (Sh) 200x150 dan 1000x400 mm gacha va kolonnali (K) 200x200 dan 400x400mm gacha. Sortament stani 130 dan ortiq profil o„lchamli qo„shtavrga ega.





    1. - rasm. Universal balkali stan qurilmasining asosiy joylashish sxemasi:

1 - yuklash qurilmasi; 2 - ohirigacha prokatlanmagan zagotovkani olib tashlash qurilmasi; 3 - tag qismi harakatlanuvchi pech; 4 - siquvchi reversiv klet; 5 - oraliq universal va yordamchi klet; 6 - chistavoy kletlardan oldin joylashgan universal va yordamchi klet; 7 - universal chistovoy klet; 8 - issiq holda kesish arralari; 9 - tamg„alovchi mashina ; 10 - xarakatlanadigan balkalarga ega bo„lgan sovutgich; 11, 12 - gorizantal va vertikal joylashgan ro„likli to„g„irlagich mashina ; 13 - balkalarni nazorat qiluvchi joy; 14 - saralash stelaji; 15 - to„g„irlovchi press;


16 - sovuq holda kesish arrasi

Ularning ko„rsatkichlari chet elda chiqarilayotgan muqobil profillar parametrlaridan ustun (bir hil o„tkazish qobiliyatiga ega). TU 14 - 2 - 24 - 72 profillari zamonaviy o„xshashlarga nisbatan yuqori darajadagi nisbiy ingichka


devorlikka ega (balandlikning devor qalinligiga nisbati), bu ularning metall konstruktsiyalarda qo„llanilish samaradorligini oshiradi. Parallel burchakli juft tavrli keng tokchalarning xalq xo„jaligida qo„llanilishi po„lat konstruktsiyalar tayyorlashda metallni 7% ga iqtisod qilish va 25% ishlab chiqarish sarifini kamaytirish imkonini beradi.
Stan to„rt chiziqda komponentlashgan oltita ishchi kletdan tashkil topgan. Birinchi chiziq diametrik 1300 mm ikki jo„vali bitta reversiv siqish jo„vasiga ega. Jo„valar yuritmasi quvvati 5250 kVt bo„lgan ikkita elektrdvigateldan iborat. Ikkinchi va uchinchi chiziqlar (oraliq va tozalovchidan oldingi) ikki jo„vali yordamchi va to„rt jo„vali universal kletlardan tashkil topgan. To„rtinchi chiziqqa diametrik 1350…1500 mm li gorizontal jo„vali bitta tozalash universal kleti kiradi, uchta universal kletli gorizontal jo„valar elektrodvigatel quvvati 8500, 6500 va 4500 kVt li shesterniya kletlari orqali o„tkaziladi. Vertikal jo„valar - o„zgarmas diametrli 950…1100 mm. Yordamchi juft jo„vali klet jo„valari diametri 1250 mm va elektrodvigatel quvvati 3400 kVt bo„lgan shesternya kleti orqali o„tkaziladi. Bu standa to„sinni prokatlash uchun sarflanuvchi material bo„lib to„g„riburchakli va shakldor (juft tavrli) oraliqli og„irligi 23 tonnagacha bo„lgan quymalar xisoblanadi. to„sinni prokatlash uchun yakuniy balandlik 600 mm. quymalar jo„va diametri 1500 mm bo„lgan ikki jo„vali reversiv blyumingli qoralama to„sin profilida prokatlanadi. Jo„valar aylanishi quvvati 7000 kVt va aylanish chastotasi 0…50…90ay/daq bo„lgan ikkita elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi.
Zagotovkalarni standa prokatlash reversiv rejimda (tozalash kletidan tashqari) amalga oshiriladi. Prokatlanuvchi profilga ko„ra juft tavrli siqish kletida 5…11 bo„shatishlar amalga oshiriladi, oraliq chizig„i 3…7 va tozalovchidan avval 3 ta bo„shatish; tozalash kletida maksimal prokatlash tezligi 12 m/s. Vaqt samaradorligi profilga qarab 95…210 t ni tashkil etadi.
1300 siqish klet tuzilishi ochiq va yopiq kalibrlarda prokatni amalga oshirish imkonini beradi. Bunday imkoniyat kletni loyihalash jarayonida yuzaga keladi va yelkanlar bo„ylab bitta ishchi jo„vaning diametrini 1700 mm gacha oshishiga va bundan tashqari butun klet umumiy gabarit o„lchamlari oshishiga olib keladi. Ikki
jo„vali siqish kleti odatiy tuzilishga ega. Yuqori jo„vaning maksimal ko„tarilishi 1050 mm. qayta jo„valash shuningdek an‟anaviy tarzda ham amalga oshiriladi. - jo„valar maksimal reyka mehanizmi tomonga suriladi.
Universal va yordamchi kletlarni qayta jo„valash ikkita darajada amalga oshiriluvchi qurilmada (bir vaqtning o„zida) amalga oshiriladi: ko„ndalang aralashtirish - estakada bo„ylab ko„targichli aravachali bo„ylama - mexanizmlar bilan to„ldirilgan. Klet qo„shni kenglikka suriladi, ularning o„rniga huddi shu qurilma bilan yangi armatura va jo„va to„plamli kletlar o„rnatiladi.
Har bir ishchi klet chizig„idan avval taxlam sirtidan kuyindini 15 MPa bosim bilan gidrotozalash uchun qurilma bo„ladi.
Standa mayatnik turidagi issiqlay kesish uchun oltita arra o„rnatilgan, ulardan to„rttasi xarakatlanuvchan. Tahlamni kesish ikki yoki uch usulda amalda oshiriad. Jufttavrning issiqlay kesishdan keying minimal uzunligi 12 m ni tashkil etadi. Yakuniy kesish bir vaqtning o„zida ikkita yonma yon turuvchi statsionar arrada amalga oshiriladi. Arralar oralig„ida rol‟ganlarning xarakatlanuvchan bo„limi o„rnatilgan; bundan tashqari romda rol‟gang bo„limi o„rnatilgan. Bunday qaror arralarni qayta sozlashni onsonlashtiradi. Arra maydoni taxlamni kuchsiz to„xtatish uchun qurilma, kesmalardan tozalash uchun skipli ko„targich, tamg„alash mashinasi bilan jihozlangan.
Standa kengligi 30 m li xarakatlanuvchan turdagi ikkita sektsiyali sovutgichga ega. Juft tavrlar loyihaga ko„ra butun qadoqda “tokchada” holatda sovutilishi kerak. Bunday holda juft tavr elementlarida qoldiq kuchlanishlar minimal bo„ladi.
Tayyor mahsulotni omborga yetkazish boshqarish pardozlash va tozalash uchun uskunalar muzlatkichning o„ng va chap tomonida joylashgan ikkita oqimda joylashtirilgan. Oqim tarkibiga quydagilar kiradi; juft tavrlarni gorizontal va vertikal ravishda to„g„irlash uchun ikkita rolikli to„g„irlash dastgohi, aylantirgich bilan jihozlangan ikita kuzatish chizig„i, yig„ish va taqsimlash javoni, gorizontal to„g„irlash press va sovuq kesish arrasi. Oqimning barcha mashinalari o„zaro javonlar va rol‟ganglar bilan bog„langan.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin