Vazirligi b. M


Navli po„latni prokatlash uchun kalibrlash sxemasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə33/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Navli po„latni prokatlash uchun kalibrlash sxemasi


Profilni kalibrlashni xisoblash sxemasi - bu prakatlovchi profilning o„tish oraliq qatorlarining ketma - ketligini aniqlash tartibi.


Kalibrlash xisoblari ikkita sxemada amalga oshiriladi: prokatni borishi (zagotovkadan to yakuniy profilgacha) va prokat borishiga qarshi (yakuniy profildan zagotovkagacha). Sodda profillarni kalibrlashda (doira, kvadrat, olti burchakli va boshqalar.) prokatlashga qarshi va prokatlash bo„ylab xisoblanadi. Juft tavr jo„vali flanets va murakkab profillar, shvellerlar, relslar burchak po„latlar uchun kalibrlash prokatlashga qarshi amalga oshiriladi, bu profil tuzilish avfzalliklari va kalibrda metall deformatsiyasiga bog„liq. Kalibrlashni xisoblash uchun har ikkala sxemada ham dastlabki ishlov beriladigan qismning o„lchamlarini bilib olish kerak.
Stan navlariga qo„llaniluvchi yangi profilni kalibrlash xisobi stan profillarida qabul qilingan prokatlashdagi o„tish oraliqlari o„lchami bilan bog„liq bo„ladi.
Prokatlanayotgan profil turlari qo„llanilayotgan tortish tizimining o„xshashligi, profil o„lchami va bu profillarning murakkabligiga ko„ra guruxlanadi. Masalan aylana va kvadrat po„latlar uchun prokatlash sxemasi o„lchamlar guruhi bo„yicha qoralama va o„rtacha kletlarda cho„zish kalibridagi universal tizimning yakuniy uchta kalibri bilan farqlanadi. Shakldor profillarga kelsak bu yerda mahsus qarorlar qilishi kerak, chunki shakllar ushbu profillar uchun o„ziga xos bo„lishi mumkin. Universal kalibrlar deb bir nechta profillarni prokatlashdagi umumiy kalibrlarga aytildi. Prokatlash sxemasi optimal, maksimal, universal kalibrlarda jo„valarning texnik shartlarga mosligi, profilni o„zgartirishda kletlar bo„yicha qayta jo„valash va bo„shatishlar sonining minimal bo„lishi kerak; stanlar yuqori sifatli profillarni prokatlash va yuqori texnik iqtisodiy ko„rsatkichlar bilan
ishlashi kerak.




    1. - rasm. Issiq holda prokatlash stanlarida sortni prokatlashda ishlatiladigan kalibrlarning cho„zish tizimlari sxemalari:

О - oval; ОR, ОSh - qovurg„ali va olti qirrali ovallar; К - aylana; КD - qutili va diagonalliy kvadratlar; R - romb; КR - qovurg„ali kalibr; GB - silliq bochka

Navli profillar prokatlash siqish va cho„zish kalibrlarida amalga oshiriladi. Cho„zish kalibrlari ostida metallni cho„zish uchun mo„ljallangan o„zaro juft bog„langan kalibrlar tushuniladi. Siqish va cho„zish kalibrlarining turli sxemalari qo„llaniladi, masalan, qutili, oval - kvadrat, romb - kvadrat, oltiburchakli - kvadrat, oval - vertikal, qovurg„ali oval, oval - doira va boshqalar (3.5 - rasm).


Zamonaviy prokatlash stanlarida kalibrlarni siqish sxemalari (cho„zish) orasida qutili kalibrlar sxemasi keng tarqalgan. Silliq bochka sxemasi ko„p uchraydi - qutili kalibr. Qutili kalibrni silliq bochka bilan almashtirish mumkin, agar siqish jarayonida aylanish o„qiga nisbatan aylantirish yoki to„kish, taxlamning jo„vada turg„un holati ta‟minlash imkoni bo„lsa. Qutili kalibr sxemasi quydagi
avfzalliklar bilan farqlanadi: har bir kalibr kengligi bo„ylab metall deformatsiyalanish tengligi ta‟minlanadi; jo„va materialini qaytarish va ozgina olib tashlash bilan jo„va bochkasida oqimlarni kesish chuqurligining doimiyligini saqlab qolish onsonligi; taxlam yon burchaklarini kuyindi bilan qatlamlashni ta‟minlaydi; jo„vali armatura tuzilishi, o„rnatilishi va sozlanishining soddaligi. Qutili kalibrlar sxemasi kamchiligiga kvadrat chiqish tomonlari o„lchamlarining ayrim noaniqliklari kiradi.
O„rta va mayda navli po„latlarni prokatlashda tortuvchi sifatida romb - kvadrat kalibr sxemasi keng qo„llaniladi. Uning asosiy avfzalligi shundan iboratki bunday kalibrlashda tuzilishiga ko„ra to„g„ri kvadrat kesishma olish mumkin. Uning qo„llanilishi kvadrat va rombsimon kalibrlarda (diagonal taxlam ko„rsatkichlarida) prokatlash jarayonida taxlamning zaruriy turg„unligi va yuqori deformatsiyalanish koeffitsientlarini ta‟minlaydi. Romb - kvadrat sxemasining kamchiliklariga kvadrat kalibrlarning jo„vada chuqur kesilishi kiradi, bunda jo„va mustahkamligining pasayishi tufayli yirik navli stanlarda bunday sxemalar qo„llanilishi cheklanadi.
Geometrik mos keluvchi romb - romb, kalibrlar sxemasi har bir taxlam bo„shatishdan so„ng 90º ga aylantiriladi va juda kam xollarda qo„llaniladi. Bunday sxemada prokatlashning romb - kvadrat sxemasiga nisbatan turg„unligi kam. Undan asosan sifatli po„latlarni prokatlashda qo„llaniladi, bunda 1,3 gacha cho„zib plastik deformatsiyalash sharoitida kichik siqish amalga oshiriladi.
Oval - kvadrat kalibrlarida cho„zish sxemasi o„rta, mayda navli va simli stanlarda qo„llaniluvchi keng tarqalgan sxemalar qatoriga kiradi. Boshqalardan avfzalligi - prokatlanuvchi burchaklar yo„lini sistematik yangilanishi, bu taxlam kesishmasi bo„ylab bir hil harakat olishga xizmat qiladi. Kesmalar oval va kvadrat kalibrlarda prokatlashda turg„un bo„ladi. Kesmalar turg„unligi o„tkazmalar ko„rsatkichlarini yengillashtiradi. Tizim 1,8…2,0 tartibda kata cho„zish bilan tasniflanadi, ammo ularning har bir juft kalibrda taqsimlanishi doimo notekis bo„ladi; oval kalibrda cho„zish kvadratga nisbatan katta. Buning natijasida kletlar bo„ylab yuklama bir maromda taqsimlanmaydi. Chunki katta cho„zishlar
bo„shatishlar sonini kamaytirish imkonini beradi, ya‟ni jarayon iqtisodiy samaradorligini oshiradi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin