3.1 - jadval. Mahalliy relsjo„vali stanlar navi
Profil
|
Zamonaviy stanlar (mavjudlari)
|
600
|
750
|
800
|
Kvadrat tomonli zagotovka, mm
|
100, 05, 110, 115,
120, 125, (130,
160, 180, 200)
|
-
|
100, 120, 140,
150, 160, 170
|
quvurli aylana
diametrli, mm
|
140
|
|
|
Sharlarni silliqlash
uchun, mm
|
140
|
|
80, 90, 100, 120
|
Kvadrat o„qli, mm
|
215
|
|
|
Kvadrat po„lat, mm
|
105, 127
|
|
|
Shveller raqami
|
27
|
40
|
24, 24а, 27, 30, 36, 40
|
Ikki tavrli jo„va
|
55
|
|
24, 24а, 27, 27а,
|
raqami
|
|
30, 30а, 40,45
|
Relslar : temir yo„l
|
Р50, Р65, Р75
|
Р50, Р65, Р75
|
Р50, Р65, Р75,
|
keng o„lchagichli
|
|
|
S 49
|
Metropoliten uchun
|
|
118x90x80x20
|
|
kontaktli
|
|
|
|
Turli xildagi
|
№ 20В2; 26В;
raqamli vagonlar uchun shvellerlar
№ 1, 3, 4;traktorlar uchun boshmoqlar tasmali po„lat kemasozlik uchun simmetrik
№ 30810, 30812
|
Astar uchun tasma D65, SD65, KD65,
SD50, D50 va boshqa shvellerlar
№ 20Т, 24 - traktorlar uchun
|
Astar uchun tasma; shvellerlar № ZOV, ZOV-1; SHK-1 va
SHP-1;shpunt turli kemasozlik uchun tasmali po„lat № 27010
|
Zamonaviy 900/800 relsbalka stanida UZTM tuzilishida (3.1 - rasm) to„g„ridan to„g„ri blyuming yoki blyum omborlaridan olingan og„irligi 5,9 t gacha uzunligi 3,4…4,5 m bo„lgan blyumlar qayta ishlanadi. Stan ikki rekuperativ metodik uch zonali pechlar va ikki regenerative kaler pechlariga xizmat qiladi.
Rol‟gang bo„ylab 1200ºC xaroratgacha qizdirilgan blyumlar bochka uzunligi 2300 mm va 900 mm diametr jo„vali reversiv siqish kletiga uzatiladi, quvvati 6320 kVt (0…60…120 ay l/daq) bo„lgan doimiy tokli reversiv elektrodvigatel bilan harakatga keltiriladi. 900 kleti tuzilishi bo„yicha 1150 blyum kleti bilan bir hil va undan o„lchami, ayrim konstruktiv elementlari bilan farq qiladi.
- rasm. Relsbalka stani jihozining joylashish sxemasi:
1 - olib beruvchi rolgang; 2 - zagotovkalarni yo„naltiruvchi rolgang; 3 - qizdiruvchi pech; 4 - duo 900 siquvchi kleti; 5 - ishchi rolgang shleperi; 6,10 - to„g„irlovchi pres; 7 - soviq holatda kesish pichoqlari; 8 - soviq holatda kesish arralari; 9,24,29 - stelajlar; 11,13 - to„g„irlovchi mashina; 12,19,21 - sovitgichlar; 14 - arralar; 15 - trio 800 chernavoy kletlari; 16 - duo 800 chistavoy kletlari; 17 - shtempel mashinasi; 18 - bukuvchi mashina; 20 - izotermik pechka; 22 - rolik bilan to„g„irlovchi mashina; 23 - bo„shatish pechi; 25 - yopiq stelaj; 26 - toblovchi baraban pechkasi; 27 - rolik bilan to„g„irlovchi mashina; 28 - toblovchi qizdirish pechkasi
Ikki reversiv 900 kleti oldingi va orqa tomondan aylantirgich va manipulyator bilan jixozlanadi. 900 kletdan so„ng taxlam stanning ikkinchi yo„nalishiga uzatiladi, u ikkita qoralama uchlik klet va ikkilik toza kletdan tashkil topgan. Diametri 800 mm va bochka uzunligi 1900 mm bo„lgan qoralama uchlik klet jo„vasi davriy moylanuvchi, suv bilan sovitiluvchi maqsadli presslangan tekstolit yostiqlarida o„rnatilgan va quvvati 4560 kVt 0…70…140 ay l/daq chastotali reversiv elektrodvigatel yordamida aylantiriladi. Ochiq turdagi klet stani yon kletlar yordamida qopqoqlar bilan biriktiriladi. Klet ustki va quyi qo„l yuritmali
siqish qurilmalariga ega. Ustki jo„va prujina bilan muvozanatlantiriladi. Klet prokatlashdagi changni ho„llash va jo„vani sovutish maqsadida suvli forsunkalar bilan jihozlanadi.
Ikkilik tozalash kleti diametri 800 mm va bochka uzunligi 1100 mm bo„lgan qoralama klet bilan bir yo„nalishda joylashgan, quvvati 1840 kVt bo„lgan doimiy tok elektrodvigatelda aylanadi, aylanish chastotasi 0…80…160 ayl/daq. Tozalash klet jo„valari to„rt yadroli rolikli podshibniklarda o„rnatilgan, podshibniklarni moylash bosim ostida amalga oshiriladi. Uchlik qoralama klet va ikkilik tozalash kletlarida, jo„valash kletlarda amalga oshiriladi.
Ikkinchi chiziq orqa va oldi tarafdan rol‟gang va shpeller bilan jihozlangan uchlik kletlar ikki tarafdan ko„targich - tebranma stol bilan jihozlangan.
Ikkitavrli keng qobiqli jo„valarni prokatlashda ikkilik tozalash kleti o„rniga universal klet o„rnatiladi. Universal klet diametri 980 mm, bochka uzunligi 600 mm, bo„lgan gorizontal yuritmali jo„vaga ega, unda vertikal bo„sh jo„va diametri 700 mm bochka uzunligi 300 mm, o„q bir kenglikd gorizontal jo„valar o„qi bilan joylashgan. Gorizontal jo„valarga ostki va ustki siqish qurilmalari bilan jihozlangan presslovchi tekstolit podshibniklar o„rnatilgan.
Prokatlangan tasmalar tozalash kletidan so„ng olti xarakatlanuvchan diskli zapaz arrasiga o„tkaziladi, bunda tasmalar o„lchov uzunligida kesiladi. Arrada kesiladi. Arrada kesilgandan so„ng relslar tamg„alash mashinalarida tamg„alanadi (eritish raqami va rels tartib raqami). So„ng relslar tagi issiq egish uchun ikki vertikal va ikki gorizontal rolikdan tashkil topgan rolikli egish mashinasiga o„tkaziladi. Bukishdan so„ng uzatuvchi rol‟gang bo„ylab arqonli shpeller sovutgichiga yuboriladi. Sovutgich termik ishlashga uzatishgacha rel‟slarni aylantirish va sovutishgacha va undan keyin boshqa profillarni aylantirish uchun aylantirgich bilan jihozlangan. Barcha zamonaviy rels jo„va stanlarida rel‟slar flokenlar hosil bo„lishini bartaraf etish uchun izotermik tutib turiladi yoki sekin sovutiladi. Relslarni sekin sovutish ko„chma qopqoqga ega olov bardosh g„isht joylangan quvurlarda amalga oshiriladi. Relslar sovutgichda magnit hossalar xosil bo„lgunga qadar sovutilgandan so„ng (400…500ºC dan past bo„lmagan) ular
magnit kranlar bilan 100…150ºC (o„rta 6…8 soat) sovutiluvchi quvurlarga yuklanadi.
Flokenlarni xosil bo„lishini bartaraf etishning samarali usuli pechda izotermik tutib turish xisoblanadi. Quydagi qayta ishlash rejimi tavsiya etiladi: relslarni sovutish 350ºC gacha, pechga yuklash 650ºC, tutib turish 2 soat.
Relslar xossasini yaxshilash uchun bundan tashqari normallash qo„llaniladi. Normallash pechlarida qizdirish davomiyligi o„rtacha 30 daqiqaga teng. 860…880ºC gacha qizdirilgandan so„ng relslar sovutish uchun yoki relslar butun uzunligi bo„ylab katan sirtini toblash uchun xavoga chiqariladi.
Misol tariqasida keltirilgan relsjo„vali stanlar uchun sifatli zagotovkalashda sekin sovutish qurilmasi qo„llaniladi, relslar uchun esa izotermik pechlardan foydalaniladi. Sekin sovutilgandan so„ng yoki izotermik tutib turilgandan so„ng relslar markaziy sovutgichga kelib tushadi, 50…60ºC xaroratgacha sovutiladi so„ng ikki rolikli to„g„irlash mashinasiga uzatiladi, u yerdan yakuniy to„g„irlash uchun to„rtta to„g„irlagichli vertikal shtempelli pressga o„tkaziladi. Relslarni pardozlash bir necha oqimli yo„nalishlarda amalga oshiriladi, ular to„rtta vertikal shtemp pressi va ikki rolikli to„g„irlash mashinasidan tashkil topgan burchaklar gorizontal bir shpindelli stanlarda frezerlanadi va uch shpendelli parmalash dastgoxlarida oraliqlar parmalanadi.
Relsning yeyilishga chidamliligini va mustahkamligini oshirish uchun frezerlash va parmalashdan so„ng ulardan sorbit struktura olish uchun yuqori chastotali tok bilan toblanadi. Brinel bo„yicha qattiqlik 300…400 NV chegarasida bo„lishi kerak.
Relslar hajmiy toblash uchun pardozlash maydonidan omborga ko„chiriladi, u yerdan yuklash javoniga uzatiladi va qutilarda 8…11 donadan “yonga yotqizib” holatda yig„iladi. Yetti bo„limdan iborat toblash pechiga qadoqlar 5…7 daqiqadan so„ng kelib tushadi. Qizdirilgan relslar chiqarish maydonidan maxsus qurilma yordamida bittadan ajratiladi, rol‟gangda aylantiriladi va barabanli toblash pechiga uzatiladi, bunda 50…80ºC xaroratgacha moyda qizdirib 850ºC xaroratda yuklanadi.
- rasm. Temir yo„l relslarini prokatlash sxemasi:
1...3 - tavrli kalibrlar; 4...9 - relsli kalibrlar;
Pechkadan relslar itargich va tortish roliklari yordamida yopiq javonga o„tkaziladi, u yerda 10…18 donadan qadoqlanadi, so„ng ular bo„shatish pechiga uzatiladi (450ºC xaroratda 2 soat davomida) bo„shatishdan so„ng relslar sovutkichda sovutiladi va vertikal va gorizontal kengliklarda to„g„irlash uchun oltijo„vali gorizontal va oltijo„vali vertilal mashinadan iborat murakkab rolik to„g„irlash mashinasiga beriladi. So„ng relslar ularni markalash uchun tekshiruv javoniga kelib tushadi. Qabul qilingan relslar maxsus uskunada qadoqlanadi va omborga yoki yuklash uchun vagonga yuboriladi.
Relslarning eksplutatsion mustaxkamligiga va sifatiga termik ishlash natijasida, prokatlashdan keyingi relslarni sovutish jarayonida yuzaga keluvchi qoldiq kuchlanishlar kata ta‟sir ko„rsatadi. Rels boshchalarini avvaldan suv havoli aralashma bilan toblash qoldiq kuchlanishni sezilarli kamaytiradi, bu esa relslarning ekspluatatsion mustahkamligini oshiradi.
Relsjo‟vali stanlarda prokatlangan ikkitavrli balkalar, shvellerlar va boshqa profillar salaz arrasida o„lchov uzunligi bo„yicha kesilgandan so„ng sovutgichka taxlanadi va maxsus bo„limga kelib tushadi u yerda gorizontal to„g„irlagich presslarida va rolikli to„g„irlagich mashinalarida tekislanadi. O„lchov uzunligidagi prokatni kesish va tekshiruv javonida ko„zdan kechirilganda aniqlangan
nuqsonlarni kesish, sovuqlay kesish pichoqlari bilan amalga oshiriladi.
Zamonaviy relsjo„vali stan samaradorligi yiliga 160…200 t/s yoki 1,3…1,5 mln jo„vali stan samaradorligi yiliga 750…800 ming tonnadan oshmaydi.
Temir yo„l relslarini prokatlash turli sxemalar bo„yicha amalga oshiriladi ulardan biri (3.2 - rasm) da ko„rsatilgan. Bu sxemaga ko„ra, plast kalibrlarning joylashuvi to„g„ri yoki egri bo„lish mumkin. To„g„ri burchakli kesma zagotovkali profillarni rivojlantirish uchun 9…11 bo„shatishlar; tavrli kalibrlar uchun 3…4, relsli (plastli) kalibrlar uchun 5…7 bo„shatishlar amalga oshiriladi. Tavrli kalibrlarda zagotovkalar taglik bo„ylab chuqur kesiladi so„ng yoyiladi. Bu butun temir yo„l relsining uchdan bir qismi xosil bo„lgan metall tuzilishini yaxshilaydi. Odatda dastlabki zagotovka kattaligi H0/В0 = 1,5...2, cho„zishning o„rtacha koeffitsienti μср = 1,19...1,22.
Dostları ilə paylaş: |