Metallni kesishning umumiy ma‟lumotlari
Metallni kesish bo„yicha texnologik jarayonni tashkil qilish quyidagi asosiy operatsiyalarni o„z ichiga oladi: 1) metallni prokat uchun tayyorlash; 2) metallni prokatlashdan avval qizdirish; 3) tayyor profil kesishmasini mavjud zagotovka kesishmasiga sekin asta yaqinlashishi, kalibrlarda prokatlash; 4) prokatlashdan keyin metallni bezash.
Prokatlash sxemasini tanlashda profilning o„lchami va maqsadi, po„lat markasi, stan turi, mexanizatsiyalash darajasi va boshqa omillar xisobga olinadi. Zamonaviy sort stanlari asosan ishchi kleti yakka yuritmali uzluksiz va yarim uzlukli bo„ladi.
Qaychi yoki arra bilan kesilgandan so„ng prokatlangan metall sovutkichda sovutilgandan so„ng g„ildirakli to„g„irlash mashinalarida omborga yuboriladi u yerda ko„zdan kechiriladi, saralanadi, yuza nuqsonlari bartaraf etiladi, nazorat taxlillaridan o„tkaziladi, tamg„alanadi, markalanadi va boshqa operatsiyalar o„tkaziladi, u operatsiyalarning xajmi profilga, uning o„lchamlariga qo„llanilishi va talablariga, GOST bilan belgilangan texnik shartlarga bog„liq.
Relsbalkali stanlar
Relsbalkali zamonaviy stan sxemasi birinchi yo„nalishda joylashgan juft reversiv siqish kleti, ikkinchi yo„nalishda joylashgan ikki uchlik klet bitta reversiv bo„lmagan ikkilik kletdan tashkil topgan prokat stanidan tashkil topgan. Zamonaviy relsbalkali stanlarda blyum va relsbalkali stan orasida o„rnatilgan qizdirish pechlarida blyumdan tayyorlangan profillar prokatlanadi, bu esa blyuming va relsbalka stani mustaqil ishlashni ta‟minlaydi va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga yordam beradi.
Keng ko„lamli temir yo„l relslari, bundan tashqari ikkitavrli balkalar va yirik o„lchamli shvellerlar asosan zamonaviy relsbalkali stanlarda ishlab chiqiladi. Mahalliy relsbalkali stan turi (3.1 - jadval) da keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |