Vazirligi b. M


- jadval. Turli siqish rejimlarida kв to„g„irlash kоeffitsienti



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə73/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

- jadval. Turli siqish rejimlarida kв to„g„irlash kоeffitsienti





Klet raqami

I variant

II variant

ɛ, %

kв

ɛ, %

kв

1

35

1,01

15

1,09

2

38,5

0,96

35

0,99

3

30

0,93

35

0,98

4

10

0,99

30

0,99

Stan bo„ylab

75

0,89

75

1,05

Shunday qilib (1 − s)/𝛼к koeffitsient ortganda siqish ortadi yoki deyarli o„zgarmaydi, prokatni katta siqish bilan o„tkazish zarur bo„ladi ya‟ni umumiy siqishning asosiy qismiga e‟tibor qaratadi.


7.4 - jadvalda qatlam qalinligi 2,0 mm υв = 12 m/s, ζ = 0,2ζт 08кп po„latining 0,5x1020 mm tasmasini prokatlashda ikki turdagi siqish rejimi uchun hisoblash ko„rsatkichlari keltirilgan.
7.4 - jadvalda keltirilishicha II variant bo„ylab bo„ylama qalinlik kletlari bo„ylab siqishni taqsimlash natijasida 1,05 marta ya‟ni 5 % ga kamayadi. Bundan tashqari bu holatda tasma qalinligini avtamatik boshqarish ish sharoitlari yaxshilanadi va bu oraliqda tasma qalinligi ortishi hisobiga yakuniy klet orasida tasmaning uzilish extimoli kamayadi, nisbatan turg„un prokatlash jarayoni ta‟minlanadi.
Shunday qilib, tasma o„lchamlarining aniqligini oshirish uchun birinchi kletda siqishni kamaytirish va navbatdagisida ko„paytirish maqsadga muvofiq, ayniqsa ingichka tasmalarni prokatlashda.
Klet soning ortishi tasma aniqligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi, chunki har bir klet uchun tekislash koeffitsienti ortadi va klet bo„ylab siqish kamayadi.
Prokatlash tezligi bo„ylama qalinlikga ishqalanish koeffitsienti, prokatlanuvchi material oquvchanligi va moyli plenka qalinligi o„zgarish natijasi orqali ta‟sir ko„rsatadi.
Amaliy tajribalar ko„rsatishicha prokatlash tezligining 5…7 m/s gacha ortganida ishqalanish koeffitsienti 0,15 dan 0,06 gacha pasayishi yuz beradi, so„ng u deyarli doimiy bo„lib qoladi. Ishqalanish koeffitienti kamayishi, prokatlash kuchi kamayishiga va tasma qalinligi kamayishiga olib keladi.
Prokatlash tezligi ortgani sari issiqlik ta‟siridagi plastik deformatsiya natijasida metall xarorati ortadi. Metall xaroratining ortishi (7.12) tenglama bo„yicha oquvchanlik chegarasi pasayishi va shunga mos ravishda tasma qalinligi, prokatlash kuchi kamayishiga olib keladi.
Suyuq oquvchanlik chegarasi ta‟siri tasma qalinligini kamayishi yoki ortishiga olib keladi.
Sovuq jo„valangan listli po„lat ko„ndalang qalinligi, jo„valar egilishi, issiq qavariqli, dastlabki jo„vani profillash va jo„va yeyilishi orqali aniqlanadi.
Tajribalar ko„rsatishicha sovuq jo„valangan po„lat listlarning ko„ndalang profilini cho„zish kengligi teng bo„lgancha kamayuvchi sifatli issiq jo„valangan tasma profillarini takrorlaydi. (7.8 - rasm) da sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar 1700 da sovuq jo„valangan va issiq jovalangan profil tasmalari tasvirlangan. Sovuq jo„valangan tasmaning ko„ndalang profili shaklan to„shama ko„ndalang profiliga o„xshash.
Sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlarda turli qalinlikdagi qatlamda turli hil qalinlikga ega bo„lmagan ko„ndalang list profilini olish kenglik bo„ylab cho„zish notekisligi natijasida ichki kuchlanishlar yuzaga keladi, natijada to„lqinliklar yoki qiyshayishlar hosil bo„ladi. Issiq jo„valangan tasmalar ko„ndalang profil o„ramidan o„ramgacha barqaror bo„lishi juda muhimdir, chunki profil o„zgartirilganda jo„valar ko„rsatkichlarini o„zgartirish zarur.




    1. - rasm. Turli qalinlikdagi sovuq jo„valangan (1) va issiq jo„valangan (2) tasmalar profilogrammasi

Jo„valar egilishi issiq qavariqlar dastlabki profillash va jo„valar yeyilishiga bog„liq ko„ndalang turli qalinlik.


Sovuq jo„valangan po„lat list tekisligi (notekisligi) tekislikdan og„ish kattaligi bo„ylab aniqlanadi va tasma kengligi bo„ylab cho„zish notekisligi mavjud bo„lganda to„lqinlar va qiyshayishlar shaklida namoyon bo„ladi. Ko„ndalang profil va list shakli orasida yaqin aloqa mavjud.
Zaruriy mexanik xossalarga ega bo„lishprokatlashning eng muhim vazifasi hisoblanadi, chunki sezilarli darajadagi struktura va listli po„latning bog„lanuvchanligi sovuq prokatlash rejimi bilan aniqlanadi. Kichik deformatsiya darajasida, kritikdan pastda, issiq jo„valangan metall donalari deyarli maydalanmaydi va keyin yumshatish jarayonida dokalar o„sishi umuman kuzatilmaydi, chunki rekristallanish bo„lmaydi. Kritik deformatsiya darajasida (masalan 08кп po„lat uchun 7…10 %) rekristallash jarayonida juda yirik donalar hosil bo„ladi. Deformatsiya darajasining ortishi bilan ferrit donasi maydalanadi va prokatlash yo„nalishida cho„ziladi, donalararo moddalar parchalanadi, donalar chegarasi deyarli yo„qoladi, sementit ham prokat yo„nalishi bo„ylab cho„ziladi. 50
% dan yuqori siqishda struktura tasmasimon (tekisturali) ko„rinishida bo„ladi,
siqishning davomiy ortishida oquvchanlik chegarasi mustaxkamlik chegarasi bilan deyarli bo„ladi, plastik deformatsiya maydoni qisqaradi, chunki metall mustaxkamlanadi va keyin prokatlash qiyinlashadi (uglerodli po„lat uchun bu xodisa ɛ = 95...97 % yuz beradi).
Deformatsiya darajasining ortishi bilan soviq jo„valar kuydirilgan po„latning oquvchanlik va mustaxkamlik chegarasida o„sish yuzaga keladi. Kuydirilgan po„lat oquvchanlik chegarasining eng kichik kattaligi 30…40% siqish orqali olinadi, bu esa oquvchanlik chegarasini pasaytirish va yuqori plastiklikni olish imkonini beradi. Shu bilan birga bunday siqish rejimi uchun issiq prokatlovchi uzluksiz kengtasmali stanlarda olish qiyin bo„lgan ingichka to„shama talab etiladi. Shuning uchun sovuq prokatlashda siqishning umumiy yig„indisi 50…80% ni tashkil etadi, zaruriy mexanik xossalarni olishni po„latning optimal kimyoviy tarkibi va yumshatish rejimini ta‟minlaydi. Masalan, 50…55% siqishdan so„ng oraliq yumshatishni qo„llash mumkin, bu nisbiy uzayishni 8…10% ga oshirish oquvchanlik chegarasini 30…50 MPa va qattiqlikni 3…6 Brinel birligiga kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu xolatda issiq prokatlash stanida prokatlanuvchi to„shama maksimal qalinligi chegaralanmaydi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin