Vazirligi b. M


Texnik iqtisodiy ko„rsatkichlar



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə75/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Texnik iqtisodiy ko„rsatkichlar


Tasmalarning sovuq prokatlash stanlarining vaqt samaradorligi o„ram og„irligi, prokatlash tezligi va stan foydalanish koeffitsienti, yillik esa - yil bo„yi ish soatlar miqdorining amaldagi soni bilan aniqlanadi.


Zamonaviy uzluksiz sovuq prokatlash stanlarining yillik 1…2,6 mln t gacha samaradorlikka ega.
Metall sarfi sovuq prokatlashda uning eritishda yo„qotilishi, yakuniy kesmasi va tasmaning ko„ndalang qirralari, mahsulotni qalinlik bo„ylab ajratish va parchalanishlar bo„yicha nuqson, mexanik hossalar notekislik, sirt nuqsonlari yig„indisiga bog„liq. Uglerodli po„latlar uchun sovuq prokatlash sexlarida metall sarfi koeffitsienti 1,07…1,13, elektrotexnik po„latlar uchun - 1,37 gacha.
Prokatlash, termik ishlash va sovuq jo„valangan uglerodli po„lat listlarni qayta ishlashda elektr energiya sarfi 324…432 MDj/t (90…120 kVt·s/t) ni tashkil etadi, elektrotexnik markalardan - 4…5 marta katta, tunuka ishlab chiqarishdan - 540…1440 MDj/t (150…400 kVt·s/t).
Prokatni termik ishlashda issiqlik sarfi 0,96…1,0 MDj/t (230…265 ming/kkal/t).
1 t Uglerodli konstruktsion po„lat ishlab chiqarish uchun suv sarfi o„rtacha 1 m3 ni tashkil etadi, 1 t tunuka uchun - 17…18 m3.
Yumshatishda himoya gazi sarfi 1 t tayyor mahsulot uchun 12 m3 ga yetadi.
1 t issiqjo„valangan to„shama eritish uchun sulfat kislata sarfi 10…15 kg ni tashkil etadi, tunuka ishlab chiqarishda 12…18 kg.
1 t sovuq jo„valangan po„lat uchun jo„va sarfi 0,8…1,25 kg.


Nazorat savollari:





  1. Ingichkalistli po„lat ishlab chiqarish haqida nimalarni bilasiz?

  2. Sifatli uglerodli po„latlardan qanday mahsulotlarini tayyorlashga mo„ljallangan?

  3. Sovuq jo„valangan po„lat listlarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni haqida nimalarni bilasiz?

  4. Kuyundini tozalash qanday amalga oshiriladi?

  5. Kuyundini tozalashning qanday usullari mavjud?

  6. Tasmani tozalanish tezligi kuyundini nimasiga bog„liq?

  7. Metall kuyundisiga ishqorning yaxshiroq kirib borishi uchun nima qilish kerak?

  8. Uzluksiz eritish qurulmasi haqida nimalarni bilasiz?

  9. Tasmaning yon qirralari qanday qaychilarda kesiladi?

  10. Kuyundini kislatali tozalash usullarining kamchiliklari nimalardan iborat?

  11. Sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlarda prokatlash texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

  12. Sovuqlay prokatlovchi to„rt kletli uzluksiz stan 1700 haqida nimalarni bilasiz?

  13. Sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlarda prokatlash jarayoni qanday tezlikda amalga oshiriladi?

  14. Payvand chokidan o„tishda prokatlash tezligini pasaytirmaslik uchun nimalarga etibor berish zarur?

  15. Moy prokatlanuvchi tasma va jo„valar orasida nimani hosil qiladi?

  16. Tasma uzunligi bo„ylab taxlam mexanik xossalari bir tekis taqsimlanganmi?

  17. Prokatlash tezligi ortgani sari nimalar sodir bo„ladi?

  18. Reversiv va ko„pjo„vali stanlarda sovuq prokatlash texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

  19. Reversiv standa prokatlash texnologiyasining afzalliklari nimada?

  20. Reversiv stanlarning kamchiliklari nimada?

  21. Ko„pjo„vali stani normal ishlashi uchun nimalarga etibor berish kerak?

  22. Texnik iqtisodiy ko„rsatkichlar haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin