Prokat - Metalurgiyada issiqlayin va sovuqlayin prokatlab olinadigan metall mahsulotlari (list, polosa, lenta, rels, balka, truba va boshqalar).
Prokat jo„valari - prokat stanining ish organlari, metallga tegishli o„lcham va shakil berish uchun prokatlashning asosiy operatsiyasini - deformasiyalash (siqish) ni bajaradi. Prokat jo„valari 2 - guruhga bo„linadi: listli (list, polosa va lentalarni prokatlaydigan) va sortli (dumaloq, kvadirat, kesimli, shakildor metallar, relis, qo„shtavir balka va boshqa profillarni prokatlaydigan).
Prokatprofillari - prokatlab olingan metall profillari. Profillar shakliga ko„ra prokat profillarining uzunligi bo„yicha ko„ndalang kesimi o„zgarmas va o„zgaruvchan profilli va mahsus hillari bor.
Prokat stani - metalurgiyada- metallarga aylanuvchi jo„valar orasidan siqib bosim ostida ishlov berish (prokatlash), shuningdek yordamchi operatsiyalar (ishlanadigan mahsulotlarni ombordan qizdirish pechlariga keltirish va stan jo„valariga uzatish, prokatlanadigan metallni prokatlash prosessida surish, metall polosani qirralash, to„g„irlash, ularni kesish, marka yoki tamg„a bosish, o„rash joylash, tayyor mahsulot saqlanadigan omborga uzatish va boshqalar) ni bajarish uchun mo„ljallangan mashinalar sistemasi.
Prokatlash - metallarga prokat stanining aylanuvchi jo„valari orasida siqib bosim ostida ishlov berish; bunda quyma yoki zagotovka kesimi kichrayib, kerakli shakil oladi. Prokatlash odatda, metallurgiya sanoatida yakunlovchi bo„g„in hisoblanadi. Prokatlashning quydagi 3 - ta asosiy turi mavjud - bo„ylama, ko„ndalang - vintsimon.
Sortli prokat - prokat ishlab chiqarishdagi asosiy mahsulotlardan biri, yani jo„valab olingan har - xil kesimli (ichi bo„sh bo„lmagan) mahsulotlar (prokat profillari. Sortli prokat oddiy profilli (aylana, kvadrat, oltiburchak, polosa), shakildor profilli (relis, balka, burchakli temir, sheveller) va turli maxsus profilli (gildirak, bandaj, shar va boshqa) xillarga bo„linadi.