Blyumingdagi texnologik jarayonni jadallashtirish
Siqish sexida tehnologik jarayonni jadallashtirish darajasini xarakterlovchi asosiy ko„rsatkichga blyumingning vaqt samaradorligi kiradi.
Siqish satanlarining vaqt samaradorligi prokatlanayotgan quymalar og„irligi bo„yicha aniqlanadi. Bir qator zavodlarda yaroqli metall chiqarishda blyuminglar vaqt samaradorligi, t/v hisobga olinadi.
𝑝𝑏
= 3600 ·Q· 𝑘i.𝑠
𝑇
· 𝑘
𝑣.g,
(2.2)
bu yerda -quyma og„irligi 𝑇; 𝑘i. - stan foydalanish koeffitsenti; 𝑇 - prokatlash davri (takt), s.
Siqish stanida prokatlash davri siklni berkitmasdan davom ettiriladi. Shuning uchun blyuming samaradorligi quyma prokatlash davri (T) bog„liqligida mashina vaqti sikli yig„indisi (∑tM) va yordamchi mashina vaqti (∑tв) va boshlang„ich tutilish (tн) ga bog„liq:
𝑛 𝑛−1
𝑇 = ∑ 𝑡𝑀 + ∑ 𝑡b + 𝑡h,
1 1
bu yerda n - oraliqlar soni.
Biroq bu bog„liqlik blyuming samaradorligini boshqa asosiy faktorlar bilan bog„liqligini ta‟minlaydi, siqish sehida jadallashishi texnologik jarayonini belgilaydi.
Malum darajadagi ko„rsatilgan kamchiliklar Yu.M.Chijik tamonidan bir muncha boshqa shakildagi quymalarni prokatlashda qo„shimcha mashina sarfini sikil bo„yicha bartaraf etdi. Buni quydagicha keltirish mumkin.
∑ 𝑡
𝐹
= 𝐿(ƒ−1)
= 𝐿(𝜇0−1) , (2.3)
𝑀
𝑢𝑠r
𝑛 𝐹
(
√ƒ−1)
𝑢𝑠r (𝜇𝑐−1)
∑ 𝑡 𝑀 = (𝑛 − 𝑘 𝐾)𝑡 𝑝 + 𝑘 𝐾𝑡 𝐾 + 𝑡 𝐻 (2.4)
(2.3) va (2.4) ko„rsatkichlarini hisobga olgan holda (2.2) tenglamasi quydagi ko„rinishda bo„ladi.
𝑃6
= 3600·Q·𝑢𝑠r (𝜇𝑐−1)𝑘i.𝑠·𝑘𝑣.𝑔
𝐿(𝜇 0−1)+(𝜇 𝑐−1)[(𝑛−𝑘 𝐾)𝑡 𝑝+𝑘 𝐾𝑡 𝐾+𝑡 𝐻
(2.5)
Tenglamada L va F - quymaning asl uzunligi va uning o„rtacha kesishmasi, m va m2 ; f - prokatlanuvchi profilning ko„ndalang kesim maydoni, m2 ; ʋсp - oraliqlar
aro prokatlanishning o„rtacha tezlidi, m/s; μс va μо - cho„zishning umumiy koeffitsienti; kK - kantovkalar soni; tp va tK - kantovkali va kantovkasiz to„xtalishlar davomiyligi, s.
Keltirilgan bog„liqliklardan foydalanib alohida faktorlarning blyuming samaradorligiga ta‟sirini ko„rib chiqamiz va ularni oshirish imkoniyatlarini aniqlaymiz. Quymalar og„irligini chegarada oshrish, malum bir texnik - tashkiliy sharoitlarda quyma og„irligini chegaraviy oshrish prokat ishlab chiqarish samaradorligining ortishini ta‟minlaydi. Ayniqsa so„ngi yillarda bunga bo„lgan moyillik kuchaydi. Kichik siqish stanlarida quymalar og„irligi 8.5 t gach, blyuminglarda 1150…1170 dan 10…12 t gacha ortdi. Bunda quyma og„irligi uning balandligi ortishi xisobiga ortadi.
- rasm. Blyum vaqt samaradorligining ∆Р quyma uzunligining ∆ɩ ortishigacha bo„lgan o„zgarishi
Quyma og„irligining balandliik xisobiga o„sishi nafaqat samaradorlikni oshiradi balki bir to„nna prokat uchun metall sarfini kamaytiradi.
(2.5) formulasi bo„yicha xisob - kitoblar shuni ko„rsatadiki 100 mm (8.2 t og„irligi) po„lat quyma ( uzunligi) balandligi ortishi yoki 4 % bo„lishi mumkin,
300x280mm kesishmali prokatlashda stanni bo„shatish qobilyati 1.9…2% ga oshishi mumkin (2.6 - rasm). Shu bilan birga shuni ta‟kidalash kerakki kesishma ortishi xisobiga quyma og„irligi ortishi imkoni yo„q, chunki bunda o„tish soni ko„payishi va aylanish sikli uchun mashina va yordamchi vaqtning qo„shimcha xarajatlarini talab qiladi.
Quyma og„irligini ortish asosida blyuming samaradorligini oshirish yo„li yuqori samardorlikka ega, biroq doyim ham qo„llanilmaydi. Quyish og„irligining ortishi metallni kesish, qizdirish quvurlari kamerasi o„lchami, ko„targich kiranlari yuk ko„taruvchanligi, siqish stanlarining asosiy divigatellari quvvati quymani kristallanish sharoitlari va boshqalarga to„sqinlik qiladi. Bu bog„liqlikda tezlik rejimini takomillashtirish hisobiga prokatlash jarayonini kamaytirish mumkin.
Prokatlash tezligi - ikkinchi asosiy omil, siqish stani samaradorligini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda metallurgiya korhonalarida siqish stanlarida prokatlsh rejimlarining ratsional tezligini tasdiqlash va qayta ishlash rejimi deyarli mavjud emas, biroq ilmiy - texnik adabiyotlarda bu savolga yetarlicha e‟tibor berilgan. Aslida ular operatorlar tomonidan yetarli ilmiy asoslanmagan holda tajriba yo„li bilan o„rnatiladi bu esa texnologik jarayonning barqarorligiga olib keladi.
- rasm. O„rtacha prokatlash tezligida ʋ blyum vaqt samaradorligining ΔР
o„zgarishi.
- rasm. Bo„shatishlar soni n blyum vaqt samaradorligining ΔР o„zgarishi
Blyuminglarni yuklashni yaxshilash maqsadida tezlik rejimlarini rivojlantirish zarur, bunda siqishni oshirish deyarli tugagan.
(2.7 - rasm) da Prokatlash tezligi ortganda siqish stani vaqt samaradorligi zahirasi o„sishi ko„rsatilgan.
Siqish stanlarini “uchlik” sharoitlarda kantovkasiz bo„shtishda minimal to„xtalishlarga erishiladi, yani tenglik sharoitida vaqt sarfi, siqish qurilmasi ishiga (tn.u), rolgang (trol) reversiv jo„va (trev) ga teng:
𝑡𝑛.𝑢 = 𝑡𝑟𝑜𝑙 = 𝑡𝑟𝑒𝑣
yoki
+ 𝑢𝑛.𝑢 = 2𝑢
= 𝑛b + 𝑛
𝑢𝑛.𝑢
a𝑛.𝑢
2fp · 𝑔t
at ap
bu yerda ΔН - davomiy bo„shatishda siqish kattaligi, mm/s; ʋn.u va аn.u - siqish vinti tezligi, mm/s va mm/s2; ʋn - tasmalarni jo„vadan chiqish tezligi, mm/c; fr - rolgang ro„liklari va quyma oralig„idagi ishqalanish koeffitsienti; gt - tortish kuchi tezligi, mm/c2; nв va n3 - quymani tutish va chiqarishda jo„valar aylanish chastotasi s-1 ; at va ar - jo„valarning metallsiz tezlanishi va to„xtash tezligi, s-2;
Shunday qilib siqish agrigatining rial samaradorligi o„sishida prokatlash tezligi sezilarli darajada ortadi. Birlashmagan operatsiyalar mavjudligi qo„shimcha vaqt (tx) sarfiga olib keladi, demak samaradorlik ortishi mashina vaqti kamayishiga propartsiyanal bo„lmaydi.
“Uchlik” ish sharoitini kuzatganda siqish stanining soniyali samaradorligi (tx - 0) Pt orqali, tx ≠ 0 bo„lganda P orqali belgilanadi. Bunda
(2.6) formula natijalari shuni ko„rsatadiki tx vaqt katta ko„rsatkichlarida prokatlash jarayonini o„tkazish bir vaqtning o„zida vaqt sarfini kamaytirganda foydali. Boshqa tarafdan blyuming samaradorligi tx oshishi bilan kamayadi. Texnologik jarayonini jadallashtirish ta‟siri qanchalik yuqori bo„lsa qo„shimcha operatsiyalarni bajarishda vaqt sarfi shunchalik kam bo„ladi.
Yakuniy taxlamlar o„lchami o„z o„rnida blyuming samaradorligiga tasir ko„rsatadi. Taxlama yakuniy kesishmasi qanchlik katta bo„lsa prokatlash vaqti shunchalik kam, stan samaradorligi yuqori bo„ladi. (2.6) formula bo„yicha xisob kitoblar shuni ko„rsatadiki prokatlanayotgan profillar yakuniy kesishmasi ortganda masalan bir foyizli blyuming vaqt samaradorligi 3.0…3.5% ga ortadi. Biroq siqish stanidan chiquvchi taxlamalar kesishmasi ortishi uzluksiz zagotovkalash stani ishi bilan kelishilgan bo„lishi zarur.
Bo„shatishlar soni siqish stanlari samaradorligining ortishiga ta‟sir ko„rsatadi. (2.8 - rasm) da og„irligi 8t 300x300 mm kesishmali tinch po„lat quymani prokatlashda bo„shatishlar sonining blyuming vaqt samaradorligiga bog„liq holda o„zgarishi ko„rsatilgan. (2.8 - rasm) dan ko„rinadiki bo„shatishlar sonining 11 - dan 9 - gacha kamayishida (masalan 330x330mm blyumni prokatlash) blyumingning vaqt samaradorligi 17…17.5 ga ortadi.
Mamlakatning barcha metallurgiya zavodlaridagi siqish stanlari so„ngi yillarda bo„shatishlar sonini sezilarli ravishda qisqartirdi. Siqib ishlab chiqarishda
bunday texnologik jarayonga quyma parametirlarini rivojlantirish xarakatdagi uskunani qayta ishlash va modernizatsiyalash yo„li bilan siqish texnologiyasini rivojlantirib erishiladi.
Ishchi jo„valar kataklanuvchi diametiri Dk siqish stani samaradorligiga ta‟sir ko„rsatadi. Dk ortishi bilan tutish sharoitlari yaxshilanadi va prokatlash tezligi ortadi. Xisob kitoblarning ko„rsatishicha kataklanuvchi diametrining 10 mm ga ortishi (boshqa teng sharoitlarda) blyuming vaqt samaradorligini 4…5% ga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |