Kichik ma’ruza: Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorligi, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, harakat foliyati, sport, jismoniy madaniyat, jismoniy harakatlar, tamoyillar, metod, usullar, ta’limiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi, jismoniy
mashqlar,
|
gigenik omilar, tabiatning
|
tabiiy
|
kuchlari.
|
O‘zbekiston
|
Respublikasi Prezidentining
|
2016
|
yil 29
|
dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi. Jismoniy tarbiya metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Jismoniy tarbiya – jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o‘rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli uyin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta e’tibor beradi. Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko‘rsatkichidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga
qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Ular «Bolajon» tayanch dasturida ko‘rsatib berilgan.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiyyo‘nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida xam tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va extiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik,
Platon va Aristotellarning asarlarida muxim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy xarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyixasining muxim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qO‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning xaq- xuquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o‘rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar etakchi O‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy xayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari
tomonidan qoralanishi kabi xolatlar xam ko‘zga tashlangan bO‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish extiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish xayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustaxkam o‘rin olgan SHarq Uyg‘onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi – O‘rta asrlar davrida sodir bo‘ldi. SHarqda buyuk allomalar - Muxammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad al-Farg‘oniy, G‘arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan xar tomonlama rivojlangan, ruxiy va jismoniy jixatdan sog‘lom, antik dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, xunarmandchilik va manifaktura negizida rivojlanib
borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga xal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jixatdan asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib xissasini qo‘shgan mutafakkirlar: G‘arbda - YA.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, SHarqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.SHakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, X.X.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Bexbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanda boyitdilar xamda ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq SHo‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, xar tomonlama (garmonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va xuquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof etilib, «ta’lim tizimini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish»1 davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori
malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada ta’lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy mazmun xamda yO‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy xujjatlarda belgilab berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yO‘naltirilgan ijtimoiy xrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni xal etish yO‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga aloxida xissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning xayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |