Ayiruv tizimining solishtirma fiziologik tahlili. Buyrak, tuzilishi va ayiruv faoliyati. Nefron, shumlyanskiy tanasi va uning tuzilishi. Buyrak yo‘llari.
Buyrakda qon aylanishning o‘ziga xos xususiyatlari. Olib keluvchi va olib ketuvchi yo‘llar va ularning shumlyanskiy tanachalari bilan bog‘liqligi.
Tugunlardagi filtratsiya. Birlamchi siydik tarkibi. Reabsorbsiya. Glyukoza, aminokislota va boshqa birikmalarning reabsorbsiyalanish mexanizmlari. Nefronlarda natriyning tashilishi. Buyrakning har xil qismlaridagi to‘qima suyuqligining osmotik bosimi. Siydik yig‘ilishi va tarkibi.
Buyrak faoliyati va tuz tarkibi doimiyligining gormonal boshqarilishi. Renin-angeotenzin tizim. Aldosteron. Antidiuretik gormon. Siydik qovug‘i va siydik ajraliShi. Oliguriya va anuriya. Siydik chiqarish mexanizmi. qo‘shimcha ajratish a’zolari.
Ter bezlarining ayiruv faoliyati. Ter bezlari. Ter tarkibi va uni buyraklarni ayiruv faoliyati buzilishida o‘zgarishi. Ter ajralishini boshqarilishi.
Jigar va o‘pkaning ekskretor faoliyati. Me’da-ichak traktining ayruv faoliyati.
Modda va energiya almashinuvi hayot kechirishning eng asosiy shartlaridan hisoblanadi. Modda almashinuvi bosqichlari. Modda va energiya almashinuvini o‘rganish. Modda almashinuvi xillari: azot, karbonsuv, lipid, oqsil almashinuvlari, energetik va suv almaShinuvi, natriy, kaliy, kalsiy va fosfor almashinuvi.
Vitaminlar va ularning modda almaShinuvidagi ahamiyati. Organizmda vitaminlarni etishmasligi. Asosiy almashinuv. Asosiy almashinuvni tana yuzasiga bog‘liqligi to‘g‘risida. Rubner qoidasi.
Nafas olish koeffitsienti va uning axamiyati.
Markaziy asab tizimini boshqaruv ta’siri natijasida asosiy almashinuvni kecha-kunduz, fasl va ekologik tebranishlar natijasida o‘zgarishi.
Modda va energiya almashinuvini o‘rganishning o‘smirlar, mehnat fiziologiyasi va jismoniy tarbiya uchun ahamiyati. Ovqatlanish normasini tuzish. Oqsil optimumi muammolari.