Vazirligi samarqand davlat


Asab tizimining umumiy fiziologiyasi



Yüklə 101,68 Kb.
səhifə8/30
tarix31.01.2023
ölçüsü101,68 Kb.
#82013
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Vazirligi samarqand davlat

Asab tizimining umumiy fiziologiyasi


Asab tizimi evolyusiyasi. Filo- va ontogenezda reflektor yoyining rivojlanishi. Retseptorlarni rivojlanishi va ularni asab tizimi evolyusiyasidagi roli.
Neyronning tuzilishi va faoliyat elementlari: tana (soma), dendritlar, aksonlar. Neyron xillari.
Neyronlarning o‘zaro bog‘lanish mexanizmlari.
Elektr va kimyoviy sinapslar, ular orasidagi farqlar. Kimyoviy sinaps. Mediator ajralish jarayoni.
Asab hujayralari mediatorlari, postsinaptik potensial hosil bo‘lishining ion tabiati.
Harakat potensiallarining neyronlarda hosil bo‘lishi. Tormozlanish: presinaptik va postsinaptik tormozlanish, tormozlanish xillarining ahamiyati. Tormozlovchi postsinaptik potensialning ion tabiati.
Neyronlarning asab markazlarida bog‘lanishi. Asab impulslarining divergensiyasi va konvergensiyasi. Vaqt va makondagi summatsiya. Sheringtonning umumiy yo‘l qoidasi. Asab markazlarida yengillanish, okklyuziya, transformatsiya va asorat xodisalari. Qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Refleks va refleks yoyi haqida tushuncha. Mono- va polisinaptik reflekslar. Refleksning retseptiv maydoni. Refleks vaqti.

Asab tizimining xususiy fiziologiyasi


Orqa miya. Ummumiy tuzilishi. Afferent, efferent va oraliq neyronlar va ularning joylanishi. Monosinaptik va polisinaptik reflektor yoylar. Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik yo‘llari. Orqa miya reflektor faoliyati: miostatik, bukuvchi, yoyuvchi va ritmik reflekslar.
Orqa miyaning harakat tizimlari: holatni ushlab turuvchi, holat tonusi reflekslari, mushak tonusining taqsimlanishi. Holat-tonus reflekslarida labirint va bo‘yin proprioretseptorlarning tutgan o‘rni, mushak tonusining boshqarilishida uzunchoq miya, miyacha va o‘rta miyaning ishtroki. Detsereblar rigidlik. Harakat faolligining koordinatsiyalanishi.
Orqa miya harakat tizimlari. Birlamchi afferentlarning presinaptik tormozlanishi, qaytar tormozlanishning ahamiyati. Renshou hujayralari va antogonist mushaklarning retsiprok tormozlanishi.
Bosh miya ustunining harakat tizimlari: uzunchoq miya vestibulyar yadrolarining roli, miya ko‘prigining retikulyar yadrolari, o‘rta miya, miyachaning po‘stloq va yadrolari. Miya po‘slog‘ining harakat faoliyati (sensor-motor, premotor va qo‘shimcha motor qismlari), bazal chigallar va talamus. Miya ustuni retikulyar formatsiyasining qo‘zg‘otish va tormozlash ta’siri.
Miyaning limbik tizimi. Limbik tizimning po‘sloq qismi, bodomsimon yadro, gipotalamik va talamik yadrolar. Gipotalamus yadrolariga kiritib qo‘yilgan jarayonlar dasturlarining limbik tizim orqali faollantirilishi. Bodomsimon yadroning xulq-atvorni idora qilishdagi roli. Limbik tizim va emotsiya, emotsional xotira.
Vegetativ asab tizimi va uning gomeostazni ushlab turishdagi roli. Preganglionar va postganglionar neyronlar.
Vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi: parasimpatik qism yadrolari, intramural gangliylar, afferent qism.
Vegetativ asab tizimining simpatik qismi: preganglionar neyronlar, simpatik qismning paravertebral va prevertebral gangliylari.
Qo‘zg‘alishning vegetativ tugunlar orqali uzatilishi. Vegetativ asab tizimining mediator va retseptorlari, asab tizimining effektor a’zolarga ta’sir etishiga misollar: uzunchoq miyaning vegetativ faoliyatni boshqarishdagi roli.
Nafas va qon tomirlarni boshqaruvchi markazlar. Gipotlamus integrativ faoliyati, vegetativ boshqarilishning oliy markazi sifatida nomoyon bo‘lishi.
Bosh miya yarim sharlari fiziologiyasining asoslari. Bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining gistologik tuzilishi. Po‘stloq qismining elektrofiziologik faolligi. Elektroensefalogramma. Uyqu va faol holat, faollovchi yuqoriga ko‘tariluvchi retikulyar tizimning o‘rni. Ikkala yarim sharlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi. O‘rganish (o‘qish) va hotira.



Yüklə 101,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin