Vazirligi samarqand davlat


Sensor tizimlar fiziologiyasi



Yüklə 101,68 Kb.
səhifə9/30
tarix31.01.2023
ölçüsü101,68 Kb.
#82013
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Vazirligi samarqand davlat

Sensor tizimlar fiziologiyasi


Retseptorlar, sezuv a’zolari, analizatorlar haqida tushuncha. Retseptorlar tasnifi. Retseptorlarning ko‘zg‘alish mexanizmlari: retseptor va generator potensiallar, impuls aktivligi. qo‘zg‘atuvchi kuch bilan generator potensial kattaligi va afferent impulslar chastotasi orasidagi nisbat. Veber-Fexner qonuni. Mutlaq va farqli pog‘ona kuchlari haqida tushuncha. Retseptorlar moslashuvi. Sensor ahborotlarni kodlashtirish. “Sensor kirish” ning boshqarilish jarayoni.
Teri retseptorlari: ta’m bilish, harorat, og‘riq, mushakpay retsepsiyasi. Ta’m va hid sezish retseptorlari. Ta’m va hid bilish retsepsiyasining elektrofiziologiyasi. Solishtirma fiziologik ma’lumotlar. Eshituv a’zosi, uning tuzilishi va vazifasi. Vestibulyar apparat, ottolit a’zo va yarim aylana kanallarning tuzilishi va faoliyati. Tovush balandligi va kuchini sezish.
Ko‘z, uning tuzilishi va faoliyati. Yorug‘likning ko‘z optik qatlamlarida sinishi. To‘r pardada tasvir. Ko‘z akkomodatsiyasi, qorachiq. Rang farqlash nazariyasi. Ko‘zning ko‘ruv qobiliyati. Binokulyar ko‘ruv. Elektroretinogramma. Fotoretseptor va yorug‘lik ener-giyasining transformatsiyalanishi. Rodopsin. To‘r parda elementlari: fotoretseptorlar, biopolyarlar, chigallar, amakrin va gorizontal hujayralar. To‘r pardaning asab elementlari orqali habarlarni qayta ishlashi.
Somatosensor, eshituv, sezuv va ko‘ruv signallari yo‘llari. Retseptor tizimlarning po‘stloqda joylashuvi. Analizatorlar haqida tushuncha. Ko‘ruv analizatorlari misolida afferent daraklarning
po‘stloqqa uzatilishi. Po‘stloq qismidagi sodda, murakkab va o‘ta murakkab hujayralar.

Endokrin tizim


Endokrin tizim va ular tomonidan fiziologik faoliyatla-rining boshqarilishi. “Ichki sekretsiya” va “gormon” tushunchalari.
Gormonning asosiy hususiyatlari. Umurtqali va umurqasiz hayvonlarda endokrin tizimning tuzilishi va faoliyati.
Endokrin tizim evolyusiyasi. Umurtqali hayvonlarning asosiy endokrin bezlari va ular ishlab chiqaradigan gormonlar; gonadalar va jinsiy gormonlar; buyrak usti bezi po‘stlog‘i va kortikoste- roidlar; qalqonsimon bez va tireoid gormonlar; qalqonsimon oldi bezi va paratgormon; ultimabronxial hujayralar va kalsitonin; me’da osti bezining orolsimon tuzilmasi va uning gormonlari; enterin tizim; timus va uning gormonlari; gipofiz, oldingi, o‘rta va orqa bo‘limchalari; gipotalamus va rilizingomil; epifiz va melotonin; jigar va buyrakning faoliyati; platsentaning endokrin vazifasi.
Umurtqasiz hayvonlarning endokrin bezlari va gormonlari. Asab va endokrin tizimlarning o‘zaro aloqasi.
Gormonlarning kimyoviy tuzilishi va faoliyat bog‘liqliklari. Endokrin faoliyatning fiziologik asoslari: biosintez va gormon ishlab chiqarilishi, uning boshqarilishi, to‘g‘ri va aks (qaytar) aloqa mexanizmi, gormonlar transporti, hujayralarga ta’sir etish yo‘li.
Gormonlarning nishonhujayraga ta’sir etish mexanizmi. Nishon-hujayralarning gormon sezuvchanligi. Multigormonal tizimlar, gormonal effektlarning xususiy va umumiyligi.
Endokrin tizimning o‘sish, rivojlanish, moslanish va o‘z-o‘zini boshqarishdagi o‘rni. To‘qima gormonlari. Ichki sekretsiya bezlarining o‘zaro aloqasi va hamkorlikdagi ta’siri. Organizmni integrativ faoliyatida ichki sekretsiya bezlarining ishtiroki. Organizmni yaxlitlik prinsipi.

Yüklə 101,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin