Vazirligi samarqand davlat


Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi



Yüklə 101,68 Kb.
səhifə7/30
tarix31.01.2023
ölçüsü101,68 Kb.
#82013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Vazirligi samarqand davlat

Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi


Qo‘zg‘aluvchanlik-tirik materiyaning universal xususiyati va uni evolyusiya jarayonida
rivojlanishi, qo‘zg‘aluvchan hujayralar turlari, qo‘zg‘aluvchan hujayralar membranasining tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida hozirgi zamon qarashlari.
Tinchlik potensiali yoki membrana potensiali va uni qayd qilish usullari. Tinchlik potensialining tabiati, sitoplazma va hujayralararo suyuqlikdagi ionlar konsentratsiyalari orasidagi farq. Membrananing ion o‘tkazuvchanligi va “natriy nasosi” ning tinchlik potensialini uShlab turishdagi ahamiyati.
Xarakat potensiali, hosil bo‘lishining ion tabiati, ion kanallari, natriy va kaliy o‘tkazuvchanligining membrana potensiali darajasiga bog‘liqligi, “bor yoki yo‘q” qonuni. Hujayraning elektr toki bilan qo‘zg‘atilish mexanizmi. qo‘zg‘atilishning qutbli ta’siri qonuni. Pog‘ona kuchi va uning ta’sir qilish vaqti bilan bog‘liqligi. Depolyarizatsiyaning kritik darajasi. Lokal javob. Hujayra doimiy tok ta’sir etishi natijasida depolyarizatsiya kritik darajasining o‘zgarishi. Akkomodatsiya hodisasi. Qo‘zg‘alishda to‘qima qo‘zg‘aluvchanligining o‘zgarishi, mutloq va nisbiy refrakterlik fazalari, qo‘zg‘alishning yuksak fazasi.
Qo‘zg‘alishning uzatilish mexanizmlari, qo‘zg‘alishning elektrotonik va impulsli o‘tkazilishi. Qo‘zg‘alish o‘zatilishining asab tolasi yo‘g‘onligi va membrana qarshiligiga bog‘liqligi. Mielinli va mielinsiz asab tolalari. Ranv’e bo‘g‘imlarining ahamiyati.

Mushak tizimining umumiy fiziologiyasi


Mushak to‘qimalarining fiziologik xususiyati. Ko‘ndalang-targ‘il mushaklar. Tuzilishi, asosiy vazifalari. Mushak tolasining fazali (tez, sekin) va tonik xossalari. Sarkomer-mushak tolasining struktura birligi. Asosiy qisqartiruvchi oqsillarning faoliyati va ta’rifi. Sirpanish nazariyasi. Elektromexanik bog‘lanish. Sarko-tubulyar zanjir. Kalsiyning saqlanish joyi va mushak qisqarishidagi roli. Membrana potensiali va qisqarish. Mushak tizimining bo‘shashish mexanizmi.
Mushak tizimining mexanik xususiyatlari. Izometrik va izotonik qisqarish, tetanus. Mushak qisqarishining energiya bilan ta’minlanishi, issiqlik hosil bo‘lishi va ishi. Mushak uzunligi va izometrik qisqarish kuchi.
Mushak tizimining asab tomonidan boshqarilishi. Neyromotor birlik haqida tushuncha. Motor birliklarining sinflarga bo‘linishi.
Asab-mushak sinapslari: morfologik tuzilish xususiyatlari. Mediator ajratilishi. Xolin-retseptori va uning ion teshigi xaqida zamonaviy fiqrlar. Mediator ajratilishining bevosita va vositali boshqarilishi va uning generatsiyasi. Nerv uchlaridagi miniatyur potensial va uning generatsiyasi. Mushak tolasining xarakat potensiali. Umurtqasiz va tuban umurtqali hayvonlarda asab-mushak tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Silliq mushaklar. Tuzilishi va funksiyasidagi asosiy xususiyatlari. Faoliyat birligini xosil qilishda hujayralararo bog‘lanishning roli. Elektromexanik bog‘lanish xususiyatlari. Mushak hujayrasi harakat potensialining paydo bo‘lishida kalsiyning axamiyati. Sillik mushaklar innervatsiyasi. Sillik mushaklar spontan faolligining tabiati. Sillik mushaklar xarakat faolligining boshqarilishini nazorat qiluvchi omillari.

Yüklə 101,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin