Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Iterfaol usullardan biri hisoblangan “Zanjirsimon” uslubda amaliy mashg‘ulot o‘tkazish



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə28/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Iterfaol usullardan biri hisoblangan “Zanjirsimon” uslubda amaliy mashg‘ulot o‘tkazish

“Zanjirsimon” uslubiyatda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish talabalarni teran fikrlashga hamda hozirjavoblikka o‘rgatadi.


Ushbu texnologiyani 2 xil tarzda o‘tkazish mumkin:
A) yozma;
B) og‘zaki.
Ushbu texnologiyaning og‘zaki shakliga asosan guruh 3 teng guruhchalarga bo‘linadi. Har bir guruhga guruhboshi tayinlanib, guruhga o‘tilgan yoki tanlangan mavzuga doir savol bilan o‘z guruhidagi keyingi ishtirokchiga murojaat qiladi. Keyingi ishtirokchi savolga javob berib, navbatdagi ishtirokchiga savol beradi. SHu asnoda 10 daqiqa savol-javob davom etadi. Jarayonni amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi nazorat qiladi. Qaysi guruh belgilangan vaqt oralig‘ida ko‘proq savolga to‘g‘ri va aniq javob bersa, g‘olib deb topiladi. Guruhchalarda faol ishtirokchilar ajratib olinadi va ularga mavzu yuzasidan ajratilgan reyting ballari rasmiylashtirilib boriladi.
Mazkur texnologiyaning yozma shakliga asosan amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda ham guruh 3 ta guruhchalarga bo‘linadi, har bir guruhchaga bir vaqtning o‘zida mavzuga oid savol yozilgan qog‘oz beriladi. Savolni olgan birinchi talaba savolga javob hamda keyingi mavzuga oid savolni yozib navbatdagi talabaga uzatadi. Qolgan 2 guruh ham shu tarzda davom ettiradilar. Eng ko‘p to‘g‘ri savol-javob yozgan guruh aniqlanadi.
Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha muhokama qilinayotgan savollarga tez va to‘g‘ri javoblarni eng ko‘p topgan guruhning a’zolari yuqori ball miqdoridan kelib chiqqan holda baholanadi, qolgan guruh a’zolariga ham yuqori ballga nisbatan reyting ballari rasmiylashtirilib boriladi.
Amaliy mashg‘ulot mavzusi “Soddalashtirilgan soliq tizimi”:



I guruh

II guruh

III guruh


Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin