Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə30/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Maqsad – ―jarohat kengaytiruvchi, suruvchi va yordamchi asboblar‖ kategoriyalariga xarakteristika berish
Sinkveyn sxemasi:
1–qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 3 ta fe‘l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi 4 so‘zdan iborat so‘z birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi. 34
4. NAZARIY MATERIALLAR
1-MAVZU: “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA UNI O‘RGANISH USULLARI
Reja:

    1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani alohida iqtisodiy fan sifatida o‘rganishdagi mavjud usullar.

    2. Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari.

1.3. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabati.
1.4. Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: soliq, soliq taktikasi, yuridik shaxs,jismoniy shaxs.
Asosiy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.”Adolat” nashriyoti, 2010 yil.

  1. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.:// Xalq so‘zi, 1997 yil, 29 avgust. 1-2 bet.

  2. Karimov I.A. YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. // Xalq so‘zi, 2007 yil 13 fevral.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675son Qarori. Xalq so‘zi gazetasi, yanvar 2016y.

  1. Alimardonov M.I., To‘xsanov Q.N. Soliq nazariyasi. – T.: O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.

  2. Kochergov D.S., Ustinova E.E. Uproщennaya sistema nalogooblojeniya. -M.: Omega, 2006. - 317 s.

  3. Toshmuradova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish: O‘quv qo‘llanma. -T.: TMI, 2005. –158 b.

  4. YAhyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti: Darslik (qayta ishlangan) - T.: Fan va texnologiyalar markazi, 2003. -247 bet.

  5. YUtkinaG.F. Nalogi i nalogooblojeniya: Uchebnik–M.: INFRA-M, 2001.-429 s.

10. Soliq info” ijtimoiy-iqtisodiy gazeta, 2013, 2014, 2015 y.y.
11. Ekspress informatsiya. 1- son, Tosh.DSB, 2015 y.

  1. http://www.nalog.ru (Rossiya Federatsiyasi Davlat soliq xizmati sayti).

  2. http://www.soliq.uz (O‘zR Davlat Soliq Qo‘mitasi sayti).

«Soliqlar va soliqqa tortish» fani soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, funksiyalari, soliqlarni hisoblash va byudjetga undirish mexanizmini o‘rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to‘xtalishdan oldin «Soliq» kategoriyasiga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,


.«Soliq» kategoriyasi — bu muhim iqtisodiy jarayon bo‘lib, uning paydo bo‘lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatining moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotida soliqlar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. SHu sababli ushbu kategoriyadan har bir davlat tomonidan o‘ziga xos tarzda foydalaniladi.
Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa soliqlarga nisbatan qo‘yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. SHu sababli soliq tizimi tobora murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko‘rsatadiki, davlat ma’muriy boshqaruv bilan shug‘ullangan hollarda uning ehtiyojlari ma’lum darajada saqlanib qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‘lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko‘payadi. Bunday holatda soliqlarning shakllari pang-baranglashib boradi.
Hozirgi kunda har bir fanni o‘rganishda uni talabalarga to‘liq etkazish, talabalarni fikrlashga undash va jalb etish, shu orqali etuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadi yotadi. Fanni o‘rganishda hozirgi davrning ilg‘or uslublaridan va o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan keng foydalaniladi.
«Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti – bu soliq to‘lovchilarning soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning iqtisodiy mohiyati, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati, soliq tizimi va siyosati, soliq turlarlari bo‘yicha belgilangan imiyozlar tizimi, soliqlarni hisoblash mexanizmining amaldagi holatini o‘rganishdan iborat. Jumladan, soliq to‘lovchilar va uni o‘zlashtiruvchi, davlat byudjeti, majburiy to‘lovlar, moliyaviy munosabatlar kabi elementlarning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonlarining uslubiy jihatlari, qirralari keng ko‘lamda o‘rganiladi.
Har bir fanning shakllanishi fan predmeti shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullari qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega. SHuning uchun fanni o‘rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga bo‘linadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rganishning birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. SHuning uchun ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan soliq nazariyasi fanining ham nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. SHuning uchun ushbu usul tadqiqotning induksiya va deduksiya usullarini o‘z ichiga oladi.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa – induksiya hisoblanadi. Avval boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa – deduksiya hisoblanadi.
SHu bilan birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida ob’ektning faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish bo‘lsa, sintez esa o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliq turlarini hisoblash va byudjetga undirish tartiblarining amaliy masalalari mazkur yo‘l bilan o‘rganiladi.
Fanni o‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tutadi. Soliqlarni hisoblash va byudjetga to‘lashning amaldagi masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nuqtai nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya’ni soliqlar va soliq munosabatlariga doir masalalar makroiqtisodiy darajada o‘rganiladi.
SHuningdek, fanni o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik usullardan ham foydalaniladi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulda tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.
Fanni o‘rganishda taqqoslash, statistik va grafik usullardan keng foydalanilgan holda ularning har biri o‘ziga xos yo‘nalishlarni aks ettirib, biri soliq tushumlarini jadval orqali, biri davrlar bo‘yicha taqqoslash, biri esa o‘zgarishlarni grafik usulda o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Biz bu fanni o‘rganishda bu usullardan keng ko‘lamda foydalanishimiz uchun eng ahamiyatlisini tanlab olishimiz lozim bo‘ladi.

Soliqlar va soliq munosabatlariga doir bilimlarni o‘rganishda bir qator iqtisodiy fanlarni ham o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Barcha iqtisodiy fanlar bir-birini to‘ldirib boradi va o‘rganish uslublarini osonlashtiradi. Biz “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘rganishda “Soliq nazariyasi”, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar bilan birgalikda o‘rganamiz.


«Soliqlar va soliqqa tortish» fani «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning maxsus kengaytirilgan bo‘limidir. CHunki soliqlar va soliq munosabatlarining qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqmasdan, ularga asoslanadi.
«Soliqlar va soliqqa tortish» fani «Soliq nazariyasi» fani bilan ham o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi. «Soliq nazariyasi» fani soliqlar va soliq munosabatlarining nazariy asoslarini o‘rgansa, «Soliqlar va soliqqa tortish» fanida esa soliqlarni hisoblash va byudjetga to‘lash mexanizmidagi amaliy va uslubiy asoslar o‘rganiladi.
1.2. Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari.
Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurati soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. SHu erda davlat kuchli ijtimoiy - siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. SHu bilan birga, O‘zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo‘la olmaydi, soliq munosabati bo‘lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to‘lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. SHunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.I. Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818 yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikki eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldidagi vazifalarning bajarilishini moddiy ta’minlash manbai sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.
SHu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er resursi va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi».1 SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlanishiga o‘zining hissasini qo‘shgan.
Soliqlar bo‘yicha yana bir ta’rif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».2
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, «Siyosiy iqtisod» izohli lug‘atida so­liqlar «… korxona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokini xarakterlovchi majburiy to‘lovlar tizimi» deb izohlanadi.
Professor D.G. CHernikning fikricha «Soliqlar - davlat tomonidan xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».3
Professor B.G. Boldыrev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o‘quv qo‘llanmasida soliqlarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismo­niy va huquqiy shaxslarning majburiy to‘lovlari»4 haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo‘lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o‘zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to‘lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to‘g‘risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi.
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo‘lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.
SHuni ta’kidlash kerakki, prof. O. Olimjonovning fikriga ko‘ra, soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo‘ladi: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir».5
Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni va rolini, soliqlarning xarakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Soliqlarga olimlar tomonidan berilgan bir qancha ta’riflarni o‘rganib chiqdik. SHu o‘rinda bu ta’riflar ma’lum ma’noda bir-birini takrorlab, to‘ldirib va boyitib kelmoqda. YUqoridagi ta’riflar soliqlarni to‘liq va aniq yoritish, ularning barcha jihatlarini batafsil qamrab olmaydi. SHuning uchun soliq toifasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o‘rnini, soliqlarni nazariy jihatlarini aniqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi mavjuddir.
Soliq kodeksida soliqlarga quyidagicha tushincha berilgan:
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.
Biz soliqlarning iqtisodiy mohiyatini to‘liq tushunishimiz uchun, dastavval soliq so‘zining tarixan mavjud bo‘lgan iqtisodiy ma’nosini to‘g‘ri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.
YUqoridadi tariflardan kelib chikib, solik tushunchasini kuyidagicha ifodalashimiz mumkin. Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovlarni aks ettiradi, ya’ni soliq - davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgi­langan stavkalar bo‘yicha, soliq to‘lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko‘rishi bilan bevosi­ta bog‘lanmagan tarzda undiriladigan pul yig‘imi.
Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tar­tibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi.
YUqoridagi ta’riflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifodalash mumkin:
a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
b) soliqni fuqaro emas, mulkdor to‘laydi;
v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
g) soliq to‘lash majburiy xususiyatga ega.
Demak, soliqlar - byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi Oliy majlis bilan tasdiqlangan huquqiy va me’yoriy qonunlar bilan ta’minlanadi. SHunday ekan, soliqlarni to‘lamaslikka, soliq ob’ektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib ko‘rsatishga na huquqiy va na jismoniy shaxslarning haqqi yo‘q.
Soliq to‘lash xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. CHunki soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay:

  • mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;

  • ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga;

  • raqobatbardosh mahsulot hissasini ko‘paytirishga;

  • kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga;

  • xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infratuzilmasini barpo qilishga;

  • umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.

Jamiyat rivojlanishi tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz mavjud bo‘lgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo. SHuning uchun soliqlar orqali shakllangan mablag‘larning eng kam miqdori davlat vazifasi bajarilishiga taalluqli eng kam xarajat hajmi bilan bog‘liq bo‘ladi va shu hajm bilan chegaralanadi.
Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim kategoriyasi bo‘lib, albatta yanada kengroq kategoriya - davlat byudjeti bilan chambarchas bog‘langan. CHunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.6
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Davlat soliqlarni davlat byudjetini shakllantirish uchun amalga kiritadi, soliqlar birorta aniq xarajatlarni qoplash maqsadiga ega emas, bu ayrim turdagi daromadlardan tushadigan tushumlardan amalga oshiriladigan xarajatlar ularga bog‘liq bo‘lib qolishining oldini olish zarurati bilan asoslangan. Biroq bir qancha hollarda umumiy soliqlar bilan birga maqsadli soliqlar ham belgilanadi, ularning amalga kiritilishi iqtisodiy faoliyatda ijobiy rol o‘ynashi mumkin.
Soliqlarning funksiyalari va vazifalari:
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki busiz nazorat funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.
G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. By konsepsiyaga ko‘ra, soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko‘ra, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasi yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
I. Malmiginning fikriga ko‘ra, soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.7
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, g‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. SHunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo‘la olmaydi. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. SHunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Soliqning fiskal funksiyasi.
2. Tartibga solish funksiyasi.
3. Rag‘batlantirish funksiyasi
4. Soliqning nazorat funksiyasi.
5.Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.
1. Soliqlarning asosiy funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali hosil bo‘ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarning bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo‘shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo‘yicha tortiladi.
2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
3. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi
. 4. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
5. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarur. SHunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi.
Biz soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqishimiz soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishimiz uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1) Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati.
2) Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur omili.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan YAponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik etakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq YAponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekistan Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda.
3) O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri - hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish.
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
.Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish
2. Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish.
3. Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. CHunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
4. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi.
1.3. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabati.
U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Rus iqtisodchisi A. Medvedev o‘zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
YUqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’mat­lar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab bo‘ladi,ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin.
2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa-da, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi.
3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan.
4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi.
5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi.
Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi.
1.4. Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.
Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi.
.Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimning quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish mumkin:
1. Etarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo‘jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini ta’minlasin.
2. Tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish. Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni, jumladan, chet el sub’ektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirishni, ya’ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim.
Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilmasligi hamda xo‘jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo‘ymasligi lozim.
.Ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshirishga turlicha yondashuvlar bo‘lishi mumkin. Agar soliqlarni to‘plangan soliqlar hisobidan ro‘yobga chiqariladigan davlat dasturlaridan keyinchalik foyda ko‘radigan shaxslar to‘lasa, u holda adolatli deb hisoblanadi. Aytaylik, transport vositalariga soliqlardan tushadigan mablag‘ni davlat katta yo‘llarni ta’mirlashga yoki qurishga sarflasa, bundan soliq to‘lovchilarning o‘zlari - avtomobil egalari naf ko‘radi. Biroq bunday yondashuvni keng miqyosda amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Huquq-tartibotni mustahkamlash, maorifni rivojlantirish, atrof-muhitni qo‘riqlashdan aniq ravishda kim ko‘proq foyda ko‘rishini qanday qilib hisoblab chiqish mumkin? Hatto bepul sog‘liqni saqlash dasturlaridan asosan ko‘p bolali oilalar, keksa va nochor fuqarolar foydalanishlari aniqlab chiqilgan taqdirda ham ana shu maqsadlar uchun maxsus soliqlarni aynan ularning o‘zidan undirishni talab qilish adolatdan bo‘ladimi?
Amaliyotda boshqacha yondashuv birmuncha kengroq qo‘llaniladi, unga ko‘ra to‘lov qobiliyati tamoyili asos qilib olinadi: soliq to‘lovchining daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, undan shuncha ko‘p miqdorda soliq undiriladi. Bu gapning ma’nosi shuki, badavlat odamlar bepul maktab maorifi, milliy mudofaa, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar uchun bir qadar yuksak iqtisodiy mas’uliyatni his etishlari lozim, chunki ular kambag‘allarga nisbatan ko‘proq to‘lashga qodirdirlar. Boy odamlar bepul davlat dasturlaridan foydalanadilarmi? Agar foydalansalar, bu qay darajada ahamiyatsiz? Aslini olganda, o‘ziga to‘q kishilar ta’lim berish va xizmat ko‘rsatish yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan maktab va shifoxonalarni tanlaydilar. Bunday to‘lov qobiliyati konsepsiyasi AQSH soliq siyosatida keng tarqalgan.
Biroq amaliyotda soliqqa tortishning mazkur konsepsiyasi tez-tez jiddiy qiyinchiliklarga duch kelib turadi. Yiliga 100 ming dollar daromad oladigan kishi yiliga 10 ming dollar daromad oladigan kishiga nisbatan ko‘proq soliq to‘lashga qodir, degan fikrga qo‘shilish mumkin. Biroq bunda birinchi kishi ikkinchisiga qaraganda aynan necha barobar ko‘p soliq to‘lash imkoniyatiga ega, degan masala noaniqdir. Badavlat odam o‘zining daromadidan o‘sha hissani va mutlaq katta summani to‘laydimi yoki soliq sifatida umuman ko‘proq hissani to‘laydimi? Afsuski, aniq bir kishining soliq to‘lash imkoniyatlarini o‘lchash uchun ilmiy asoslangan qandaydir usullar yo‘q. Amaliyotda bunga javob, takliflar va taxminlar empirik yo‘l bilan yoki hukumatning daromadlarga bo‘lgan joriy ehtiyojlari, siyosiy qarashi asosida paydo bo‘ladi.
Soliqqa tortishdagi adolat tamoyili ba’zi hollarda taqsimotdagi ijtimoiy adolat tamoyili ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. SHuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu tamoyilni daromadlarni teng ravishda taqsimlash, baravarlashtirish deb tushunmaslik kerak. Qonun oldida tenglikka rioya etilishi, ijtimoiy mumtozlikka, irq va dinga munosiblikka asoslangan imtiyozlarning bekor qilinishi, inson asosiy huquqlarga birday ega bo‘lishi kabi tenglik tamoyillari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan va bu tamoyillarga qadriyatlarning ijtimoiy tizimiga qat’iy amal qilmoq lozim. Moddiy tenglik, ya’ni daromadlar, mulk, iste’mol sohasidagi tenglik haqida gap ketadigan bo‘lsa, aytish kerakki, bunday tenglikka erishib bo‘lmaydi. Davlat va jamiyat barcha fuqarolar yaxshi hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishlari kerak, albatta, soliqqa tortish tizimi esa istiqbolga mo‘ljallangan rejada aholining farovonligini umumiy tarzda amalga oshirish orqali jamiyat quyi qatlamlarining ahvoli izchil ravishda yaxshilanib borishiga ko‘maklashmog‘i zarur.
4. Oddiylik va xolislik. Bu tamoyil soliqqa tortish bazasini aniqlashda, soliqlarni hisoblab chiqishda oddiylik bo‘lishini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, shuningdek soliqlarning eng muhim turlari bo‘yicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko‘zda tutadi..
5. Boshqarishga qulaylik. Samarali soliq tizimiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo‘lishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish ko‘p hollarda soliqlarning soliq to‘lovchilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq.
6. Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish. Mazkur tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliqqa tortish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan.
7. Soliq stavkalarini qiyoslash. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, engil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tomoyillari soliq qonunchiligi tamoyillari deb atalib, uning oltita tamoyili (5-modda) belgilab berilgan.
1. Soliq solishning majburiyligi prinsipi;
2. Soliq solishning aniqligi prinsipi;
3. Soliq solishning adolatliligi prinsipi;
4. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi;
5. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi prinsipi;
6. Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi.
Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin