Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


http://www.nalog.ru (Rossiya Federatsiyasi Davlat soliq xizmati sayti). 14



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə32/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

13.http://www.nalog.ru (Rossiya Federatsiyasi Davlat soliq xizmati sayti).
14.http://www.soliq.uz (O‘zR Davlat Soliq Qo‘mitasi sayti).


2.1. Soliq siyosati tushunchasi va uning huquqiy nazariy asoslari .
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o‘ynaydi. Ijtimoiy siyosat o‘z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo‘linadi. Iqtisodiy siyosat ham o‘z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. SHu o‘rinda soliq siyosatining mazmuniga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak (4-slaydga e’tibor karating): soliq siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
Prezidentimiz I.A. Karimov soliq siyosati to‘g‘risida quyidagi fikirni bildirgan: «Soliq siyosatining vazifasi - bir tomondan, davlat byudjeti daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdan, ikkinchidan, korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat» 8,.
Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Qonuni, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1991 yil 15 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning daromad solig‘i to‘g‘risida»gi, 1993 yil 7 maydagi «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi Qonunlari, 2007 yilda qabul qilingan va 2008 yilning 01 yanvaridan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat.
Demak, Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni, Prezident Farmonlari, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan izohlanadi.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. ko‘rinib turibdi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to‘lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar»9.SHuningdek respublikamiz hududida, 8-slaydga qarang:yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: «O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir».10
Hozirgi paytda respublikamiz soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidir. Soliq siyosati ana shu tamoyillar asosida tashkil etilgan bo‘lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliq konsepsiyasi - soliqlarning yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish goyalarining yaxlitligidir. Soliq konsepsiyasi esa soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan g‘oyalar samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.
SHuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim.Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo‘linadi.
Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo‘ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi.Bu esa o‘z navbatidailmiy asoslangan soliq konsepsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir.Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uyg‘unlikni ta’minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir yoki boshqacha qilib aytganda,soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan ko‘lamli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir
Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi say’i-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik ko‘lamli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
Soliq siyosati konsepsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kam o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning barchasi bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini to‘ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
YUqorida qayd qilinganidek, soliq siyosati davlat, ya’ni uning vakolatli organlari tomonidan olib boriladi. Agar ushbu vakolatli organlar hokimiyat turi nuqtai-nazaridan olib qaraladigan bo‘lsa, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi. Ayrim hollarda davlatning soliq siyosati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan olib boriladi, degan fikrlar uchraydi.
Amalda esasoliq siyosati davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari: Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas qismi sifatida kompleks tarzda amalga oshiriladi.
Bu hokimiyatlar tomonidan soliq siyosati quyidagi tartibda ishlab chiqiladi va uning ijrosi ta’minlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita tegishli bo‘lgan qonunlar qabul qilinadi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat faoliyati bilan bog‘liqdir.
Ijro hokimiyati bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi va uning bo‘linmalari, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan Oliy Majlis tomonidan qonun yo‘li bilan joriy etilgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning ishlash mexanizmini ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta’minlanadi.
Ijro hokimiyatining bir bo‘g‘ini hisoblangan Davlat soliq qo‘mitasining soliq siyosati ijrosini ta’minlashdagi alohida o‘ringa ega.Bundan tashqari, har yilning oxirida kelgusi yil uchun amal qiladigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o‘zgartirishlar kiritish Prezidentimiz qarori bilan amalga oshiriladi. Bunga misol tarikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675son Qarorini qo‘rishimiz mumkin. Xalq so‘zi gazetasi, yanvar 2012 yil sonida chop etilgan.
Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo‘g‘inlari bilan birga sud hokimiyatining bo‘g‘inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o‘rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo‘llanadi.
Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to‘lovchilar qatnashishi mumkin, ya’ni bunda soliq to‘lovchilarning o‘zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.
Qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis) Konstitutsiyaning 78-moddasi 8-bandi va «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga asosan hukumatning taqdimiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilaydi.Vazirlar Mahkamasi Davlat Soliq Qo‘mitasiga nisbatan vakolatlari bo‘yicha rahbar organ hisoblanadi.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o‘zining mustaqil soliq tizimini shakllantirishni ham taqozo etadi. SHundan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridan e’tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o‘laroq hozirgi paytga kelib respublikamizda o‘ziga xos bo‘lgan soliq tizimi shakllantirildi. O‘ziga xos bo‘lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq siyosatining samarasi sifatida e’tirof etish mumkin.
Mamlakatimizda respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliќ kodeksining 23-moddasiga bilan respublikada 10 ta soliќ va 5 ta boshќa majburiy to‘lovlar joriy etilgan.
Soliќlar umubelgilangan tartibda va soddalashtirilgan tartibda to‘lanadi.
Soliq kodeksining 23-moddasida Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari kursatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) er solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:
yagona ijtimoiy to‘lov;
fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
yagona soliq to‘lovi; yagona er solig‘i; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish, bilvosita soliqqa tortish samaradorligini ta’minlash, resurs soliqlariga ko‘proq e’tibor qaratish, soliq tizimining soddaligiga erishish, davlat xarajatlarini optimallashtirish kabilarni qayd etish mumkin.

2. Soliq tizimini guruhlanishi xamda iqtisodiy mohiyatiga va byudjet yo‘nilishiga ko‘ra bo‘linishi.


Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir.


Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funksiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri soliqlar guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o‘tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. SHuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.
Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga ko‘ra to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli ravishda to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi.
YUqoridagilardan kelib chiqib, xulosa kilganimizda, to‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to‘lovchisi xam bitta shaxs hisoblanadi.
Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchisi mahsulot ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchilar, haqiqiy to‘lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan to‘g‘ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi (1-jadval):

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin