Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə33/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

1- jadval

To‘g‘ri soliqlar

Egri soliqlar

  1. YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i

  2. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq

  3. Er solig‘i

  4. Mol-mulk solig‘i

  5. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

  6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

  7. Infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.

        1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

        2. Aksiz solig‘i

        3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

        4. Bojxona to‘lovlari.




YAgona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog‘i yuqori.
YUqoridagi ma’lumotlar tahlil qilinganda yuridik shaxslar soliqlari va boshqa to‘lovlari byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko‘rinadi. Bu soliqlar davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni ta’minlaydi. Bu soliqlarsiz byudjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo‘qdir. SHuning uchun ularning ahamiyati byudjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir.

Soliqlarning byudjetga tushishiga ko‘ra bo‘linishi :


Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi.
Demak, Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda ma’naviy hayotini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi va bu O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjetining etakchi bo‘g‘inidir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvni ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlashga ishlatiladi.
Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo‘g‘ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘g‘ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy xo‘jalik zaxiralarini safarbar qilish, mablag‘larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida umuman O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo‘linadi:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:

  1. mol-mulk solig‘i;

  2. er solig‘i;

  3. infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

  4. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

  5. ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;

  6. yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im.

Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Soliq munosabatlari mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri davlatning mavjudligi bo‘lsa, ikkinchi sharti bo‘lib soliqlarni to‘lashga qobil bo‘lgan soliq to‘lovchilarning mavjudligidir. O‘zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq kodeksining 16-moddasida yuridik va jismoniy shaxslarga quydagicha tarif berilgan
[СПиТ:
1.Юридик шахслар / Юридик шахс]
YUridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot;
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘lgan xorijiy va (yoki) xalqaro tashkilot.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi.

Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk soliqlari kiradi.Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko‘chirib qo‘yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to‘lash qiyin kechadi.


YUridik va jismoniy shaxslarga soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: 28-slayd-soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to‘lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyidagilardir:
-soliq solish ob’ekti;
-soliq solinadigan baza;
-stavka;
-hisoblab chiqarish tartibi;
-soliq davri;
-soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
-to‘lash tartibi.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
YUridik shaxslar o‘zlariga yuklatilgan soliqlarni hisoblash va byudjetga o‘z vaqtida, to‘liq to‘lash javobgarligini olganlar.Ularning to‘laydigan soliqlari asosan naqd pulsiz, ya’ni korxona, tashkilot, birlashmaning bankdagi hisob schyotlaridan mablag‘ni ko‘chirib, respublika yoki mahalliy byudjet schyotlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.Qoida bo‘yicha har qanday yuridik shaxs o‘z soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilangan vaqtda byudjetga to‘liq o‘tkazishga majburdirlar. Buning uchun ular soliq va boshqa to‘lovlarning muddati kelgan kungacha pullarni o‘tkazish hujjatlari bo‘lmish to‘lov topshirig‘i, cheklarni yozib banklarga topshirgan bo‘lishlari kerak.
Agar to‘lov topshiriqlari o‘z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‘lsa soliq idoralari o‘zlarining inkasso-to‘lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilmagan kun uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan soliq summasi hisobidan penya hisoblanib soliqqa qo‘shimcha ravishda byudjetga majburiy undiriladi. Albatta penya summasining ko‘payishi korxonaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
SHuning uchun har qanday xo‘jalik sub’ektlari hisobchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularda belgilangan to‘lov muddatigacha o‘z vaqtida to‘lab borishlari shart
Umuman olganda mamlakatimiz soliq qonunchiligidan kelib chiqib soliqqa tortish nuqtai-nazaridan yuridik shaxslarni shartli ravishda quyidagicha guruhlashimiz mumkin:

  1. umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar;

  2. mikrofirmalar va kichik korxonalar;

  3. qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;

  4. savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;

  5. tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar.

  6. er, mol-mulk solig‘ini to‘lovchi jismoniy shaxslar.

Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‘laydi:

    • Daromad (foyda) solig‘i;

    • Qo‘shilgan qiymat solig‘i;

    • Aksiz solig‘i;

    • Mol-mulk solig‘i;

    • Er solig‘i;

    • Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

    • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

    • Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.

YAgona soliq tizimiga o‘tgan kichik korxonalar va mikrofirmalar quyidagi soliqlarni to‘laydi:

  • YAgona soliq to‘lovi;

  • Aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‘i.

YUqorida qayd etilganlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchilar ikki katta guruhga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar guruhiga bo‘linadi va ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatidan kelib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar katta ahamiyatga egaligini yuqoridagi ma’lumotlardan bevosita ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin