Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-MAVZU: YUridik shaxslardan olinadigan soliklar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə40/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

4-MAVZU: YUridik shaxslardan olinadigan soliklar.
REJA
1. YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i.
2. YUridik shaxslardan olinadigan resurs soliqlar: er ka’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar, suv solig‘i, er solig‘i.
3. . YUridik shaxslardan olinadigan obodonlashtirish va ijtimoiy infra tuzilmani rivojlantirish solig‘i.
4. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: rezidentlar, yuridik shaxs,norezidentlar,deklaratsiya,fiskal siyosat, bonus,soliq qonunchiligi..
Asosiy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.”Adolat” nashriyoti, 2010 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.:// Xalq so‘zi, 1997 yil, 29 avgust. 1-2 bet.
3. Karimov I.A. YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. // Xalq so‘zi, 2007 yil 13 fevral.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675son Qarori. Xalq so‘zi gazetasi, yanvar 2016 y.
5. Alimardonov M.I., To‘xsanov Q.N. Soliq nazariyasi. – T.: O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.
6. Kochergov D.S., Ustinova E.E. Uproщennaya sistema nalogooblojeniya. - M.: Omega, 2006. - 317 s.
7. Toshmuradova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish: O‘quv qo‘llanma. -T.: TMI, 2005. –158 b.
8. YAhyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti: Darslik (qayta ishlangan) - T.: Fan va texnologiyalar markazi, 2003. -247 bet.
9. Soliq info” ijtimoiy-iqtisodiy gazeta, 2013, 2014, 2015 y.y.
1. YUridik shaxs tushunchasi va yuridik shaxslarning turlari YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i:
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. YUridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
YUridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga qonunga muvofiq birlashishlari mumkin. YUridik shaxs qonun hujjatlari shuningdek ustav va boshqa ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi. YUridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi. YUridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi. YUridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi. YUridik shaxs qonunda ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishi mumkin. YUridik shaxsning huquqlari qonunda nazar tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. YUridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
YUridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin. YUridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa- tasdiqlanadi.
YUridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun yuridik shaxslarning ochiq yagona davlat reestriga kiritiladi.
YUridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qo‘yilgan tartibini buzish yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga sabab bo‘ladi. YUridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
YUridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
YUridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo‘ladi.
YUridik shaxsning joylashgan eri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi. YUridik shaxs o‘zi bilan bo‘ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim hamda o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart. YUridik shaxsning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs o‘z firma nomiga ega bo‘lishi lozim. YUridik shaxs o‘z firmasining nomidan mutlaq foydalanish huquqiga egadir.
YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘ini to‘lovchilar:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo‘lish manbai O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar o‘zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq to‘lovchi bo‘ladi;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Soliq solish ob’ekti. YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ob’ekti quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu bo‘limga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlari.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin