Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘ini to‘lash tartibi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə43/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘ini to‘lash tartibi
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, soliq ro‘yxatidan o‘tgan joydagi soliq organlariga yil choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar.
Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi.
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi, agar ushbu moddada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida byudjetga to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.
Soliq to‘lash tartibi. YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 15-kuniga qadar hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin