Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə51/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

4. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llanilishi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona er solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yagona soliq to‘lovchilar va yagona er solig‘ini to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va qat’iy belgilangan soliq to‘lashlari shart.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi.
Soliq davri mobaynida, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan hollarda, soliq solish tartibi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi bu haqda soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Bunda o‘tgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘sha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib chiqqan holda to‘lash bo‘yicha majburiyatlar soliq to‘lovchilarda saqlanib qoladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda ayrim umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga doir majburiyatlar. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar uchun, to‘lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi:
to‘lov manbaida undiriladigan foyda solig‘i;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig‘i;
er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
bojxona to‘lovlari;
yagona ijtimoiy to‘lov;
davlat bojlari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bundan mustasno);
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.01 Кичик корхоналар ва микрофирмаларни солиққа тортиш;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.02 Савдо ва умумий овқатланиш корхоналарини солиққа тортиш;
3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.04 Хусусий амалиёт билан шуғулланувчи нотариусларни солиққа тортиш;
4.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.11 Бошқа корхона ва ташкилотларни солиққа тортиш]
YAgona soliq to‘lovini to‘lovchilar quyidagilardir:
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar;
2) xodimlarning sonidan qat’i nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar.
YAgona soliq to‘lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi va er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga;
yagona er solig‘i va qat’iy belgilangan soliq to‘lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda:
xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
xodimlarning o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar (sho‘‘ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi;
yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to‘g‘ri keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi.
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi.
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish;
vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;
tayyorlov va ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.03 Қишлоқ хўжалиги товар ишлаб чиқарувчиларини солиққа тортиш]
YAgona er solig‘i. YAgona er solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir:
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari.
Quyidagilar yagona er solig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi:
o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari.
YAgona er solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari.YAgona er solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi har yili joriy soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi etishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi etishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.
Agar o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha yagona er solig‘i to‘lovchi belgilangan shartlarga javob bermasa, soliq to‘lovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi kerak.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq to‘lovchi belgilangan shartlarga javob bermay qo‘ygan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibini tanlash to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq to‘lovchining yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga roziligi deb hisoblanadi.
YAgona soliq to‘lovini ob’ekti. Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkasi soliq solish ob’ektidir.
Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan er uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir.
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan er uchastkalari uchun soliq solinadigan baza er uchastkalariga bo‘lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Er uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza er uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.
YUridik shaxslarda yagona er solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. YAgona er solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko‘paytiriladi.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — ushbu Kodeks 375-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
YAkka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
YAkka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to‘lash bilan bir qatorda quyidagilarni to‘laydilar:
1) bojxona to‘lovlari;
2) er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aksiz solig‘i — aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) er uchastkasiga ega bo‘lsalar jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani topshiradi.
YAkka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi arizani va uning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini olgan, tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradigan organ soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
Tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida taqdim qilingan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari quyidagilardir:
chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftari;
Tovar cheklari daftari.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip o‘tkazib bog‘langan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
YAkka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyning yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida to‘laydilar.
Qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kuniga qadar har oyda, soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin