Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to‘lovchilari



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə50/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to‘lovchilari:
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilardir.
Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydasi mustasno;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda olingan (olinishi lozim bo‘lgan) dividendlar soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq solinadigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar soliq solinadigan bazani hisoblangan foyda solig‘i chegirib tashlangan holda yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar summasidan hisoblab chiqilgan foyda solig‘i summasiga kamaytirilgan summasini qo‘shish orqali aniqlaydi.
Ushbu moddani qo‘llash maqsadida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga sog‘liqni saqlash ob’ektlari, xalq ta’limi ob’ektlari va bolalar dam olish oromgohlari kiradi.
Imtiyozlar. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi.
Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar byudjetga to‘lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:
agar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lanmaydi;
agar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar, hisobot davri mobaynida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘laydi.
Joriy to‘lovlar taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha hisobot davrining birinchi oyi 10-kuniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining joriy to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomada ko‘rsatilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Joriy to‘lovlar hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining yil choragidagi summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 15-kunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Quyidagilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi:
hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda bo‘lgan soliq to‘lovchilar;
ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlash xarajatlari summasi soliq solinadigan baza summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar;
yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lash mazkur soliq bo‘yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin