Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə58/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.05.00 Республика йўл жамғармасига ажратмалар ва йиғимлар]
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarto‘lovchilar:
YUridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lovchilardir.
Quyidagilar Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq to‘lovi to‘lovchi yuridik shaxslar;
ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar, Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha ishlarni bajarganlik uchun olingan daromadlar qismi bo‘yicha.
Soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. Sof tushum Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazasidir.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:
1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati;
3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomasi bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun — agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi.
Ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi.
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.
Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.
Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.06.00 Бошқа бюджетдан ташқари жамғармасига ажратмалар ва йиғимлар]
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning turlari. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlariga quyidagilar kiradi:
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im.
Soliq to‘lovchilar. Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilardir.
CHet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im to‘lovchilardir.
Soliq solish ob’ekti. Yig‘imlar uchun soliq solish ob’ekti quyidagilardir:
avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish.
Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza quyidagilardir:
olingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.
Imtiyozlar. Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;
2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar — mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari bo‘yicha;
4) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalari — yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);
5) yuridik shaxslar — qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo‘yicha;
6) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
7) yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazishda;
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
9) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3—5-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.
Yig‘imlarni to‘lash tartibi. Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, ushbu Kodeks 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig‘im taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;
4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshirilmaydi.
CHet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin