Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə59/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

3. Davlat boji.
Umumiy qoidalar. [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.01.00 Умумий қоидалар. Давлат божи тўловчилар ва ундириладиган объектлар]
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lovdir.
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji konsullik yig‘imi tariqasida undiriladi.
Davlat bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.01.00 Умумий қоидалар. Давлат божи тўловчилар ва ундириладиган объектлар]
Davlat bojini to‘lovchilar. YUridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.01.00 Умумий қоидалар. Давлат божи тўловчилар ва ундириладиган объектлар]
Undirish ob’ektlari. Davlat boji quyidagilardan undiriladi:
1) sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, organlarning va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apellyasiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun;
2) da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish to‘g‘risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan berilgan, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi apellyasiya va kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyasiya va kassatsiya shikoyatlaridan;
3) davlat notarial idoralari, O‘zbekiston Respublikasining konsullari va shaharchalar, qishloqlar, ovullarning fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;
4) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun;
5) chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan;
6) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun;
7) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik uchun;
8) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun;
9) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun;
10) ov qilish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida ruxsatnoma berganlik uchun.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.03.00 Давлат божи бўйича имтиёзлар]
Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish. Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) da’vogarlar — ish haqini undirib olish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) da’vogarlar — mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan, shuningdek ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomiga, seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqdan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan;
3) da’vogarlar — alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
4) da’vogarlar — mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
5) da’vogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, ma’muriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan;
6) da’vogarlar — jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
7) jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zararning undirib olinishi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi nizolashilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;
8) nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi mol-mulkni bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar bo‘yicha apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;
9) yuridik va jismoniy shaxslar — jinoyat ishlari va alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bog‘liq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
10) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilinishini so‘rab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
11) yuridik va jismoniy shaxslar:
sudning ishni tugatish yoki uni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;
sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;
da’voni ta’minlash yoki da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;
sudning yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimini yoki qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;
sud tomonidan belgilangan jarimani bekor qilish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi, sudning hal qiluv qarori ijrosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha;
12) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan, sudning jarimani bekor qilish yoki kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyatlar hamda sud ajrimi ustidan boshqa xususiy shikoyatlar yuzasidan;
13) tadbirkorlik sub’ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
14) iste’molchilar — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari; iste’molchilarning jamoat birlashmalari — iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan da’volar yuzasidan;
15) da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga etkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;
16) davlat organlari — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan, tarixiy, badiiy qimmatga yoki jamiyat uchun boshqa qimmatga ega bo‘lgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;
17) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
18) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
19) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar yuzasidan;
20) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni kiritish va kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
21) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari, shuningdek fuqarolar — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
22) tumanlar, shaharlar (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‘lash va majburiy badallarni kiritish bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da’volar yuzasidan;
23) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari — zarar etkazuvchidan quyidagi summalarni undirib olish to‘g‘risidagi regress da’volar bo‘yicha:
jabrlanuvchiga yoki uning oila a’zolariga to‘langan pensiyalar va nafaqalar summalarini;
benzinga, avtomototransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar olishga, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini, shuningdek noto‘g‘ri to‘langan pensiyalar va nafaqalarning summalarini undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
24) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari — ko‘chish joyiga bormagan yoki ko‘chib borgan joylarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan ko‘chirib keltiriluvchilarga nisbatan ko‘chish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida taqdim etilgan da’volar yuzasidan;
25) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularning muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
26) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
27) sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq ishlar yuzasidan;
28) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir da’volar yuzasidan;
29) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlari — barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;
30) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;
31) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
32) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
33) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.18.00.00 Давлат божи / 07.18.03.00 Давлат божи бўйича имтиёзлар]
Xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish. Xo‘jalik sudlarida davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar — pul mablag‘lari bo‘lmaganda, bu bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, xo‘jalik sudining ajrimi bo‘yicha;
2) qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha;
3) tadbirkorlik sub’ektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
4) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar bo‘yicha;
5) da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga etkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
6) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar bo‘yicha;
7) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
8) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
9) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
10) tumanlar, shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‘lash va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzni undirish to‘g‘risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da’volar yuzasidan;
11) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha;
12) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari — zarar etkazuvchidan quyidagi summalarni undirish to‘g‘risidagi regress da’volar bo‘yicha:
jabrlanuvchiga yoki uning oila a’zolariga to‘langan pensiyalar va nafaqalar summalarini;
benzinga, avtomototransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar olish, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini;
13) da’vogarlar va javobgarlar — sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;
14) «O‘zagrosug‘urta» davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi bo‘linmalari — qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan bank kreditlarini to‘lamaslik xavfini hamda qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish, shuningdek fyuchers kontraktlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun oldindan beriladigan mablag‘larning qaytarilishini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha to‘langan sug‘urta tovoni uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan qarzni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
15) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
16) tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar bo‘yicha;
17) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
18) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda uning joylardagi organlari — standartlarni, texnik shartlarni joriy etish va ularga rioya etilishi hamda mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar yoki shunday vakolatga ega bo‘lgan boshqa organlar jo‘natishni man etgan mahsulotlarni etkazib bergan yuridik shaxslardan byudjet daromadiga jarimalar undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
19) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — davlat mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun davlat daromadiga mablag‘lar undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
20) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir da’volar bo‘yicha;
21) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlari — barcha ishlar va hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;
22) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
23) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
24) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan.
[ОКОЗ:

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin