Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə57/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Tayanch so‘zlari va iboralar: jamg‘arma, soliq solinadigan baza,sug‘urta badallari, davlat boji, boj to‘lovi,kompensatsiya..
Adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.”Adolat” nashriyoti, 2010 yil.


2. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.:// Xalq so‘zi, 1997 yil, 29 avgust. 1-2 bet.
3. Karimov I.A. YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. // Xalq so‘zi, 2007 yil 13 fevral.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675son Qarori. Xalq so‘zi gazetasi, yanvar 2016y.
5. Alimardonov M.I., To‘xsanov Q.N. Soliq nazariyasi. – T.: O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.
6. Kochergov D.S., Ustinova E.E. Uproщennaya sistema nalogooblojeniya. - M.: Omega, 2006. - 317 s.
7. Toshmuradova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish: O‘quv qo‘llanma. -T.: TMI, 2005. –158 b.
8. YAhyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti: Darslik (qayta ishlangan) - T.: Fan va texnologiyalar markazi, 2003. -247 bet.
9. Soliq info” ijtimoiy-iqtisodiy gazeta, 2013, 2014, 2015 y.y.
1. YAgona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashkari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.02.00 Ягона ижтимоий тўлов;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.03.00 Фуқароларни Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасига суғурта бадаллари]
Soliq to‘lovchilar. YAgona ijtimoiy to‘lovni to‘lovchilar quyidagilardir:
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (bundan buyon matnda sug‘urta badallari deb yuritiladi) to‘lovchilardir.
Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Soliq solish ob’ekti. Ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish ob’ektidir.
Soliq solinadigan baza. YAgona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi.
Imtiyozlar. YAgona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:
1) kompensatsiya to‘lovlari;
2) xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli byudjet yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;
3) xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar;
5) yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.
Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.
YAgona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. YAgona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
YAgona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan o‘tkaziladi.
YAgona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Sug‘urta badallarining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
To‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
yagona ijtimoiy to‘lov — har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
sug‘urta badallari — ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda.
Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
YAkka tartibdagi tadbirkorlar sug‘urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.
YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
YOshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Sug‘urta badallarini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyda keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari — hisobot yilining 1 oktyabrigacha. Bunda sug‘urta badallarining miqdori to‘lov kunidagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va to‘lov to‘lanayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a’zolari uchun — yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.04.00 Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасига мажбурий ажратмалар]
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar.
Soliq to‘lovchilar. YUridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lovchilardir.
Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik shaxslar.
Soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir:
1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati;
3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi pul mukofoti summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun —daromad;
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi.
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.
Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob- kitoblarini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin