Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə54/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.01 Даромаддан солиқ тўловчилар ва солиққа тортиш объектлари]
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilardir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.06 Норезидентлар ва чет эллик жисмоний шахсларни солиққа тортиш]
Soliq solish ob’ekti. Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob’ektidir:
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
YAkka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.
Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.02 Жисмоний шахсларнинг йиллик жами даромади]
Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
YUridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:
1) xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq sut hamda boshqa davolash-profilaktika oziq-ovqati, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlar;
2) kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno;
3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish bilan bog‘liq xizmat transportini saqlash xarajatlari;
4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;
5) xodimga ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish bo‘yicha xarajatlar;
6) xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yoxud ko‘chib borganda ko‘chish, mol-mulkini ko‘chirib borish, joy ijarasi (yo‘l xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash yoki bu xarajatlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;
7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to‘lovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u erdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. YAshaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda — qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to‘lovlar;
8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):
doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);
xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
dala ta’minoti;
amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);
9) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdordagi to‘lovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga etmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi to‘lovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi to‘lovlar;
xodimning sog‘lig‘iga shikast etkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar;
10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to‘lovlar:
marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to‘lovlar;
11) talabalarning ta’lim olishi uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan to‘lovlar;
12) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisobvarag‘iga muqobil xizmat shartnomasi bo‘yicha o‘tkaziladigan mablag‘lar;
13) mol-mulkni sug‘urtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari. Mol-mulkni sug‘urtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug‘urtalovchi sug‘urta qilinuvchiga sug‘urta mukofotining bir qismini yoki to‘liq qaytarsa, qaytarilgan sug‘urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi;
14) yosh oilalar a’zolarining uy-joy olish uchun yuridik shaxsdan — ish beruvchidan olgan mablag‘lari. Uy-joy olingan (mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda ko‘rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;
15) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar. Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar (ushbu Kodeks 169-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bundan mustasno) deb e’tirof etiladi. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar;
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.03 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ ставкалари]
Daromadlarning alohida turlariga solinadigan soliq stavkalari.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadi:
baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida olingan daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar xodimlarining ish haqiga koeffitsientlar hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan ayollarning daromadlaridan olish darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim. Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga solinadigan soliq stavkalari. Jismoniy shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazganlik uchun pul mukofoti, ijara bo‘yicha daromadlar, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, fuqarolik-huquqiy tusga ega shartnomalar bo‘yicha olingan boshqa daromadlarga — 20 foiz.
To‘lov manbaida soliq solish to‘lov O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Soliq davri. Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi daromad to‘lash manbaidan jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qoluvchilar uchun hisobot davridir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.07 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқни ҳисоблаб чиқариш, ҳисобот ва тўлаш]
Jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar. Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va to‘lash majburiyati yuridik shaxslar, faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari zimmasiga yuklatiladi.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
1 jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari;
2) jismoniy shaxslarning bir martalik ishlarni bajarishdan oladigan daromadlari;
3) jismoniy shaxslarning dividendlar, foizlar, pul mukofotlari tariqasida olgan daromadlari;
4) jismoniy shaxslarning bepul berilgan aksiyalar yoki yuridik shaxslar mol-mulkining ulushi tariqasidagi daromadlari;
5) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga to‘lanadigan daromadlar;
6) jismoniy shaxslarning mol-mulkni yuridik shaxsga ijaraga berishdan oladigan daromadlari;
7) royalti;
8) jismoniy shaxslarning tanlovlar va musobaqalar yakunlari bo‘yicha sovrinlar, yutuqlar tariqasida oladigan daromadlari;
9) yuridik shaxs — grant oluvchi tomonidan jismoniy shaxsga beriladigan grantlarning summalari;
10) jismoniy shaxslarga yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromadlar;
11) jismoniy shaxsga yuridik shaxs tomonidan moddiy naf tariqasida to‘lanadigan daromadlar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolish
To‘lov manbaida soliq solish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq agentlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq agentlari soliq to‘lovchining daromadlaridan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini mazkur daromadlar haqiqatda to‘lanayotganda ushlab qolishlari shart.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning hisoblangan summasini soliq to‘lovchidan ushlab qolish soliq agenti soliq to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari hisobidan, mazkur pul mablag‘lari haqiqatda soliq to‘lovchiga yoki uning topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi uchun javobgarlik daromad to‘layotgan soliq agentining zimmasida bo‘ladi. Mazkur soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani hamda u bilan bog‘liq penyani byudjetga to‘lashi shart.
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash shaklida oladigan daromadlariga ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq belgilangan tartibda ushlanadi. Bunda ish haqidan soliq, soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran, yuqorida aytib o‘tilganidek, ortib boruvchi yakun bilan hisoblanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
O‘z xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatgan va qimmatbaho sovg‘alar bergan soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini soliq davrining oxirida amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qiladi.
Jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan moddiy yordam va qimmatbaho sovg‘a olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davrining oxirida amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma yoki identifikatsiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
YAngi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan daromadlar olayotgan jismoniy shaxs buxgalteriyaga o‘z daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi bo‘yicha ushlab qolish to‘g‘risida ariza bersa, daromadlar to‘layotgan yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushbu bo‘limda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llamagan holda eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qoladilar.
Soliq agentlari ish haqi to‘layotganda jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma berishlari shart.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yakuniy summasi olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi. Soliq agentlari:
1) soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida, asosiy ish joyi bo‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar bundan mustasno, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi:
soliq to‘lovchining — jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;
o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi;
soliq agentining identifikatsiya raqami;
soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili);
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart.
Soliq to‘lash tartibi. To‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
pul mablag‘larini olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda;
to‘lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to‘lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo‘lsa.
Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag‘ida ish haqini to‘lash va bir vaqtning o‘zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga o‘tkazish uchun mablag‘lar etarli bo‘lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bank hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga mutanosib summada byudjetga o‘tkaziladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.07 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқни ҳисоблаб чиқариш, ҳисобот ва тўлаш;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.08 Жисмоний шахсларнинг даромадларини декларациялаш]
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa;
ikkita yoki undan ko‘p manbadan olingan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda uning arizasiga ko‘ra ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
.
Daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi. Soliq to‘lovchilar daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs o‘tgan soliq davri uchun daromadlar to‘g‘risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
CHet ellik jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo‘lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Taqdim etish tartibi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash deklaratsiya topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdorini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning tegishli xulosasini ko‘rsatadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda daromadlar to‘g‘risidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi:
dastlabki deklaratsiyani — shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach, besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga to‘lov manbaida solinadigan soliq solinmagan bo‘lsa;
yakuniy deklaratsiyani — o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 15 yanvariga qadar.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 15 martigacha soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir:
yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langani taqdirda — ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.06 Норезидентлар ва чет эллик жисмоний шахсларни солиққа тортиш]
2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilar. [ОКОЗ:


1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.01 Мол-мулк солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]

Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir.


Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.01 Мол-мулк солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish ob’ekti. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.01 Мол-мулк солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Soliq solinadigan baza. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.03 Мол-мулк солиғи бўйича имтиёзлар]
qo‘llanilmaydi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.02 Мол-мулк солиғи ставкалари]
Soliq stavkasini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Soliq solish ob’ektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.04 Мол-мулк солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha ob’ektning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini ko‘rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi.
Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin