Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə62/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari.
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini ikki holat: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy - siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. SHu bilan birga, O‘zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
Kuyidagilarni ifodalash mumkin:
a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
b) soliqni fuqaro emas, mulkdor to‘laydi;
v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
g) soliq to‘lash majburiy xususiyatga ega.
Soliqlar - byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi huquqiy va me’yoriy qonunlar bilan ta’minlanadi. Soliqlarni to‘lamaslikka, soliq ob’ektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib ko‘rsatishga huquqiy va jismoniy shaxslarning haqqi yo‘q.
Soliq to‘lash xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. CHunki soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay:
-mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;
-ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga;
-raqobatbardosh mahsulot hissasini ko‘paytirishga;
-mikrofirma va kichik biznesni rivojlantirishga;
-xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infratuzilmasini barpo qilishga;
-umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.
Soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo.
Soliqlar - davlat byudjeti bilan chambarchas bog‘langan. CHunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.15
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin