Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


SEMINAR MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə61/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

5. SEMINAR MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR
1-seminar mashg‘ulot.Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti, mazmuni va o‘rganish usullari.


Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi bilan yaqindan tanishtirib,ularnning iqtisodiy bilimlarini, fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarini hosil qilish.


Vazifalar:
1.«Soliqlar va soliqqa tortish» fani alohida iqtisodiy fan sifatida o‘rganishdagi mavjud usullar.
2. Soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari, va vazifalari.
3.Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabatlari.
4. Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.


Talaba bilishi lozim:
Soliqlar tushunchasi, soliqlarning ob’ektiv zarurligi, funksiyalari va vazifalari, soliqlarni umumiy belgilari, soliq subekti, soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari.
Motivatsiya: soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabatlarini ochib berish,soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni mustaxkamlash.
Iqtisodiy va ijtimoiy fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik. Soliq va soliqqa tortish fani iqtisodiyot nazariyasi, kredit, iqtisod, buxgalteriya xisobi, falsafa, tarix fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Nazariy qism:
«Soliqlar va soliqqa tortish» fani alohida iqtisodiy fan sifatida o‘rganishdagi mavjud usullar.
Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa soliqlarga nisbatan qo‘yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. SHu sababli soliq tizimi tobora murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko‘rsatadiki, davlat ma’muriy boshqaruv bilan shug‘ullangan hollarda uning ehtiyojlari ma’lum darajada saqlanib qoladi, davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‘lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari muxim o‘ringa ega bo‘ladi. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti – bu soliq to‘lovchilarning soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning iqtisodiy mohiyati, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati, soliq tizimi va siyosati, soliq turlarlari bo‘yicha belgilangan imiyozlar tizimi, soliqlarni hisoblash mexanizmining amaldagi holatini o‘rganishdan iborat.
Har bir fanning shakllanishi fan predmeti shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullari qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega. SHuning uchun fanni o‘rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga bo‘linadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rganishning birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. SHuning uchun ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan soliqlar va soliqqa tortish fanining ham nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. SHuning uchun ushbu usul tadqiqotning induksiya va deduksiya usullarini o‘z ichiga oladi.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa – induksiya hisoblanadi. Avval boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa – deduksiya hisoblanadi.
SHu bilan birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida ob’ektning faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish bo‘lsa, sintez esa o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliq turlarini hisoblash va byudjetga undirish tartiblarining amaliy masalalari mazkur yo‘l bilan o‘rganiladi.
Fanni o‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tutadi. Soliqlarni hisoblash va byudjetga to‘lashning amaldagi masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nuqtai nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya’ni soliqlar va soliq munosabatlariga doir masalalar makroiqtisodiy darajada o‘rganiladi.
SHuningdek, fanni o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik usullardan ham foydalaniladi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulda tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin