Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Er solig‘i. Er uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to‘lovlar er solig‘i yoki er uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi. [ОКОЗ



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə49/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Er solig‘i.
Er uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to‘lovlar er solig‘i yoki er uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.02 Ер солиғи ставкалари;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi er solig‘iga tenglashtiriladi. Er uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
YUridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan er uchastkalari uchun er solig‘i to‘laydilar.
Er solig‘ining to‘lovchilari: [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari er solig‘ini to‘lovchilaridir.


Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi er solig‘ini to‘lovchi bo‘ladi.
Er uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs er uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun er solig‘ini to‘lovchidir.
Quyidagilar er solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan er uchastkalari bo‘yicha ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda er solig‘i to‘lovchilar bo‘ladi;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan er uchastkalari soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi:
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi erlari va boshqa shu kabi erlar;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan erlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan erlar);
kommunal-maishiy erlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
zaxira erlar.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Er uchastkasining soliq solinmaydigan er uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Qaysi er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha er uchastkalari uchun soliq solinadigan baza er uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Er uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza er uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
YUridik shaxslarda er solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Er solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.03 Ер солиғи бўйича имтиёзлар]
Imtiyozlar.Er solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari — o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan er uchastkalari uchun;
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi;
3) yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan e’tiboran ikki yilga;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi.
Soliq solinmaydigan er uchastkalari jumlasiga quyidagi erlar kiradi:
1) bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa erlar), jamoa garajlarining erlari;
2) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning erlari, bundan xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan erlar mustasno. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning erlari jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarining (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo‘riqxonalari bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning er uchastkalari kiradi;
3) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik erlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan erlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan er uchastkalari;
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik erlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan erlar bundan mustasno) — aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan erlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan erlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan erlar;
6) suv fondi erlari. Suv fondi erlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan erlar, shuningdek suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv ob’ektlari sohillari bo‘ylab ajratilgan mintaqa erlari kiradi;
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan erlar;
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, er osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, er ustidagi va er ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, erga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan erlar;
9) madaniyat, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash ob’ektlari egallagan erlar;
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan erlar;
11) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘llar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan erlar;
12) shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan erlar;
13) sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan erlar;
14) aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan erlar;
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan erlar;
16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyasiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan erlar;
17) samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, erda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan erlar;
18) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar qurilishi uchun ajratilgan erlar, normativ qurilish muddati davrida;
19) konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan erlar, ularning konservatsiyasi davrida;
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan erlar;
21) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan erlar;
22) ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan erlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlarining va ovlanadigan qimmatbaho baliqlarning uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiladigan boshqa suv ob’ektlarining sohillaridagi, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqasidagi taqiqlangan mintaqalar; eroziyaga qarshi o‘rmonlar; cho‘l va yarim cho‘l mintaqalaridagi o‘rmonlar; shahar daraxtzorlari va o‘rmonzor bog‘lari; aholi punktlari hamda sanoat markazlari atrofidagi yashil mintaqalar daraxtzorlari; suv ta’minoti manbalari sanitariya muhofazasi mintaqalarining o‘rmonlari; kurortlarning sanitariya muhofazasi tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon massivlari; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar;
23) qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan erlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan erlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
25) yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o‘tkazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tkazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi;
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi erlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan erlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan er uchastkalari soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan er uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.02 Ер солиғи ставкалари]
Soliq stavkasini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Er uchastkasi mulkdorining, er egasi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi erlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, er solig‘i erning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadi.
SHaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik erlar uchun er solig‘i qishloq xo‘jaligi erlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to‘lanadi.
YUridik shaxslarda er solig‘ining [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
soliq davri. Hisobot davri.
Er solig‘ini davriligi Kalendar yil hisoblanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi.
Er solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va er solig‘ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.
Er solig‘ini hisoblab chiqarish-hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yil mobaynida yuridik shaxslarda er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan er maydoni ko‘paygan (kamaygan) yoki er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organiga er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini er uchastkasi ajratilgan (olib qo‘yilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yagona er solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Soliq to‘lash tartibi. Er solig‘ini to‘lash, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
YAgona er solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan er solig‘ini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 iyuliga qadar — yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

3.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin