Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Imtiyoz. Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə45/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Imtiyoz. Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
a) aksizlanadigan tovarlarni eksportga etkazib berish, bundan ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim tovarlar mustasno;
b) salomas va “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarishda foydalaniladigan paxta yog‘ini etkazib berish;
v) xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan maxsus mebel.
Imtiyozlar taqdim etish uchun maxsus mebel deganda: davlat va nodavlat ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun; bo‘ysunishdagi ta’minot-sotish tashkilotlariga ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun sotiladigan mebel tushuniladi.
Mazkur imtiyoz ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun maxsus mebelni xarid qilishga tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) mavjud bo‘lganida taqdim etiladi.
Mazkur mebel boshqa iste’molchilarga sotilganda unga umumbelgilangan tartibda soliq solinadi.
Hisob-kitobni taqdim etish tartibi. Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
aksiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.04.00 Акциз солиғи / 07.10.04.03 Акциз солиғини тўлаш тартиби, муддатлари ва имтиёзлари]
Soliq to‘lash tartibi
Hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay — joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay — joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay — hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.04.00 Акциз солиғи / 07.10.04.01 Акциз солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Aksiz to‘lanadigan tovarlarni aksiz markalari bilan tamg‘alash.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg‘alanishi shart.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘lovchilari:
Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i to‘lovchilardir.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulk bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob beradigan, shu jumladan mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega alohida bo‘linmalar tushuniladi.
Soliq solishning alohida tartibi o‘rnatilgan ayrim toifadagi to‘lovchilarga, agarda ularda qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga kelmasa, tatbiq etilmaydi.
Bunda, agar soliq solishning alohida tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari zarur.
Imtiyozlar. YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
1) uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarining. Uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: uy-joy fondi, vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
2) madaniyat va san’at, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlarining;
3) yuridik shaxslarning madaniyat muassasalari, maktabgacha va umumta’lim o‘quv muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkining;
4) qishloq xo‘jaligi (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik) mahsulotlarini etishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning;
5) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’ektlarining;
6) aloqa yo‘ldoshlarining;
7) kredit hisobidan olingan asbob-uskunaning, uni foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yilga, lekin kreditni uzish uchun belgilanganidan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarning. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari uchun foydalaniladigan ob’ektlarga kiritish tabiatni muhofaza qilish organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
9) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlarning;
10) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
11) lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasi amal qiladigan muddatga;
12) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’ektlarning;
13) shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashiydigan shahar yo‘lovchilar transporti tashkilotlari transport vositalarining (avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten poezdlari);
14) tuzilgan shartnomalarga muvofiq yuridik shaxsning buyurtmasi bo‘yicha ishlar bajarish uchun kasanachilarga bepul foydalanishga berilgan asbob-uskunalarning (foydalanish davriga);
15) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining;
16) ishlab chiqarishga yangi joriy etilgan yangi texnologik jihozlarning, besh yillik muddatga. YAngi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi mol-mulk solig‘ini to‘lash majburiyatlari imtiyoz qo‘llaniladigan butun davr uchun tiklangan holda, bekor qilinadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin