Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə44/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i.
Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan to‘ldirish g‘oyasi XX asr boshlarida vujudga kelgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor Germaniyada 1919 yilda Vilgelm fon Simens tomonidan «Veredelte Umsatzteuer» nemischa mukammallashgan aylanma soliq nomi bilan joriy etilgan. Bu soliq turi ilk bor qo‘shilgan qiymat solig‘i nomi bilan fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954 yilda taklif qilingan va 1960 yilda Kot–d–Ivuar Respublikasi joriy etilib, ushbu mamlakat soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan12.
Dunyo mamlakatlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i undirish tartibi dastlab 1954 yilda fransuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan tavsiya etilgan, bu soliq turi bilan bog‘liq fikrlar XX asrning boshlarida vujudga kelgan va jahonning 48 dan ortiq mamlakatlarida joriy etilgan.
Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi davlatlarida 1992 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yilda joriy etilgan bo‘lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo‘lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan
Qo‘shilgan qiymat solig‘i egri (bilvosita) soliq bo‘lib, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qismini byudjetga ajratilishidir.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar quyidagilardir:
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno;
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs;
Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar hisoblanmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlarimustasno;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
QKS solish ob’ekti quyidagilardir:
soliq solinadigan oborot;
soliq solinadigan import.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish
Imtiyozlar. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
1) davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan, davlat boji va yig‘imlar undiriladigan xizmatlar (harakatlar);
2) maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
3) bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
4) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o‘tkazishga doir xizmatlari;
5) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga ko‘rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar bo‘yicha xizmatlar;
6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;
7) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
8) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to‘lash bo‘yicha xizmatlari;
9) byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi xulosasi asosdir;
10) shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari. SHahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari jumlasiga yo‘lovchilar tashish bo‘yicha avtomobil va elektr transporti bilan shahar doirasida muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov jadvaliga binoan ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi. Ushbu bandning qoidalari umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchilar tashish transporti yoki temir yo‘l va avtomobil transportida xodimlarni ishdan va (yoki) ishga tashish bo‘yicha xizmatlarga, yuridik va jismoniy shaxslar buyurtmalari asosida shahar atrofida tadbirlar o‘tkazish uchun tashish bo‘yicha xizmatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
11) oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta’lim berishning haq evaziga o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar;
12) qimmatbaho metallarni vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirish va ularning eksporti»;
13) tibbiy (veterinariya) xizmatlari (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno), dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini qo‘llash maqsadlarida:
tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati ko‘rsatish, diagnostika, profilaktika va davolash xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari tayyorlash bo‘limlari va kabinetlari, narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish komissiyalari, dezinfeksiya stansiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash yo‘nalishidagi laboratoriyalar hamda bo‘linmalar, boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya yo‘nalishidagi muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi;
veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog‘laridagi, tajribaxonalardagi va boshqa shu kabilardagi jonivorlarni) kasalliklardan muhofaza qilish va ularni davolash, ishlab chiqarish va aholining yaxshi sifatli chorvachilik mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning hayvonlarga va insonga xos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etish tadbirlari kiradi;
14) chet el havo kemalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bevosita O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati;
15) sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari va bolalar dam olish oromgohlarining xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlari;
16) davlat mulkini xususiylashtirish tartibida realizatsiya qilinayotgan mol-mulk;
17) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
18) geologiya va topografiya ishlari;
19) bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari);
20) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;
21) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;
22) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha realizatsiya qilish oborotlari mustasno;
23) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
24) uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmatlar jumlasiga sanitariya tozalash, lift xo‘jaliklari, umumiy foydalanishdagi antennalarni o‘rnatish hamda ularni tasarruf etish bo‘yicha xo‘jaliklar, er resurslari va davlat kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va ta’mirlash boshqarmalari hamda bo‘limlarining bevosita aholi tomonidan haq to‘lanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari orqali haq to‘lash kiradi;
25) aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash;
26) vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza bo‘linmalari o‘tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
27) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari;
28) o‘zi etishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti;
29) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlov bo‘linmalari xizmatlari;
30) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali sifatida beriladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish ob’ektlari;
31) byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan er-kadastr, er tuzish, tuproq va geobotanika ishlari;
32) davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayotganda;
33) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnika vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar;
34) investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk;
35) kitob mahsulotlari, maktab o‘quv qurollari va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji savdosi.
Kalendar yil QKSni soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi:
Soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan (20%) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Tovarlarni import qilish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reestri taqdim etiladi. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lash tartibi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetga to‘lash hisob-kitoblarini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Aksiz solig‘i.
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar. Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
Aksiz solig‘i to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
Aksiz solig‘i bilvosita soliq ko‘rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo‘shilgan qiymat solig‘i solish bazasida hisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan etkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra ro‘yxatlar va stavkalar bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi.
Quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan ob’ektdir:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
tovarni sotish (jo‘natish);
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;
6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin