Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə47/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davri. Hisobot davri. [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.04 Мол-мулк солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]

Kalendar yil soliq davridir.


Yil choragi hisobot davridir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.01.00 Мол-мулк солиғи / 07.11.01.04 Мол-мулк солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan 3.5% stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar har oyda joriy to‘lovlarni to‘laydilar, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to‘lovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatdan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi. Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shakldagi ma’lumotnomani joriy yilning 20 yanvarigacha taqdim etadi.
YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Byudjetga joriy to‘lovlarni to‘lash har oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
To‘lanishi lozim bo‘lgan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan kechiktirmay byudjetga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organida hisobda turishi shart. YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasining norezidenti hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvarigacha doimiy muassasaning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga mavjud soliq solinadigan mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobini o‘n kun ichida amalga oshiradi va to‘lov xabarnomasini yozadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin o‘ttiz kun ichida mustaqil ravishda yoxud o‘zining vakolatli vakili orqali O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchi sifatida hisobga turishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining ko‘chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organi O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga yoki uning vakiliga soliq to‘lovchidan yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organdan olingan ma’lumotlar asosida to‘lov xabarnomasi yozadi.
YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan to‘lanishi kerak.

2. YUridik shaxslardan olinadigan resurs soliqlar: er qa’ridanfoydalanuvchilar to‘laydigan soliqlar va maxsus to‘lovlar, suv solig‘i, er solig‘i.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin