Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə48/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Er qa’ridan foydalanuvchilar to‘laydigan soliqlar va maxsus to‘lovlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni amalga oshirayotgan va (yoki) foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida er qa’ridan foydalanuvchilardir.
Er qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to‘lovlarni to‘laydilar:
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
qo‘shimcha foyda solig‘i;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.05.00 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ ва махсус тўловлар / 07.10.05.01 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir:
er qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar.[ОКОЗ:1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.05.00 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ ва махсус тўловлар / 07.10.05.01 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Soliq solish ob’ekti. Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ektidir. Tayyor mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi.
Soliq solish ob’ekti tayyor mahsulotning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Uglevodorodlar uchun soliq solish ob’ekti quyidagilardir:
sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar.
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va gaz kondensatini tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilar ham qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha soliq solish ob’ektidir:
kavlab olingan va (yoki) ajratib olingan, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qattiq foydali qazilmalar;
qayta ishlovchi korxonalar tomonidan qayta ishlash jarayonida ajratib olingan foydali qazilmalar.
Soliq to‘lovchilarga berilgan er uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.05.00 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ ва махсус тўловлар / 07.10.05.04 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
Soliq solinadigan baza. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha hisobot davrida hisoblangan er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan o‘rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda o‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.05.00 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ ва махсус тўловлар / 07.10.05.04 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
davri. Hisobot davri.
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun — bir oy;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.05.00 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ ва махсус тўловлар / 07.10.05.04 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq.
Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari:
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.05.00 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солиқ ва махсус тўловлар / 07.10.05.05 Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун махсус тўловлар]
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv etkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchidir.
Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchi bo‘ladi;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.01 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
solish ob’ekti.
Er usti va er osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ektidir.
Suv resurslarining er usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, er ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Suv resurslarining er osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.01 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Soliq solinadigan baza. Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.04 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi.Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan foydalanish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar er usti va er osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari bu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga etkazishi lozim.
Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv etkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
YUridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi.
YAgona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan erlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.03 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ бўйича имтиёзлар]
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi;
2) suv uchun byudjetga soliq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste’molchilar;
3) birlamchi foydalanilgan suv uchun to‘lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
1) sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan er osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
2) dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
3) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan er osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun er qa’riga qaytarib quyiladigan er osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
5) gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
6) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan erlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.04 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning davri:Kalendar yil.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisobot davri quyidagilardir:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan solig‘ining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) uchun — bir oy;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan solig‘ining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yil choragi;
qishloq xo‘jaligi korxonalari va yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun — kalendar yil.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.04 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalari, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) — har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha;
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
3) yagona er solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — yilda bir marta hisobot davrining 15 dekabrigacha;
4) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.07.00 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ / 07.10.07.04 Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ тўлаш тартиби]
Soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashni to‘lovchilar tomonidan suvdan foydalanish joyida hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.
YUridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.
YUridik shaxslar joriy yilning 15 yanvarigacha suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi yozma bildirishni belgilangan limitdan kelib chiqqan holda yoki suv etkazib berish shartnomasiga muvofiq har oyda yoki yilning har choragida erkin shaklda taqdim etadilar, qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan mustasno.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin