Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə80/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Vazifalar.
1 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
2.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
3.Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i.
4.Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Talaba bilishi lozim.
Jismoniy shaxs, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, soliq to‘lovchilar, soliq solinadigan baza , mulkiy
daromadlar, soliq stavkasi, er solig‘i, soliq imtiyozlari.
Motivatsiya.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lovchilari, soliqqa tortish ob’ekti, soliq solinadigan bazasi, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi, mol mulkiga solinadigan soliklar,er solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliklar tug‘risidagi bilimlarini kengaytirish va mustaxkamlash imkonini beradi va har qanday soxada ham o‘ziga ishonch his etishi uchun zamin yaratadi.

Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik. Solik va solikka tortish fani “Soliq nazariyasi”, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liq.
Nazari qism.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
Bugungi kunda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish jarayonlarini o‘rganadigan bo‘lsak amaldagi soliq tizimida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ular to‘laydigan soliqlar ichida eng salmoqli o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga ko‘ra soliqlar va boshqa yig‘imlarni o‘z vaqtida, to‘la xajmda to‘lash fuqarolarning asosiy majburiyatlaridan ekanligi qayd etilgan. Har bir fuqaro o‘z daromadlaridan qonunda belgilangan miqdor, tartib va muddatlarda belgilangan soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lab borishlari kerakligi amaldagi Soliq kodeksi va soliq qonunchiligining boshqa me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi. [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.01 Даромаддан солиқ тўловчилар ва солиққа тортиш объектлари]
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilardir.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.02.00 Жисмоний шахсларнинг даромадига солинадиган солиқ / 07.10.02.06 Норезидентлар ва чет эллик жисмоний шахсларни солиққа тортиш]

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin