Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə108/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

CHet el yuridik shaxslari- rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. Rezidentlar O‘zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi norezident yuridik shaxslar:

  • doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatuvchi;

  • doimiy muassasa bo‘lmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga bo‘linadi.

Birinchi guruhdagilarning O‘zbekistonda olgan daromadlari ularning soliq idoralariga taqdim etadigan deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab chiqilib soliqqa tortiladi.
Ikkinchi guruh norezidentlarning O‘zbekiston hududidagi korxona va tashkilotlardan olgan daromadlari manbaida jami daromaddan hech qanday chegirmasiz soliqqa tortiladi (ushlanib qolinadi).
«Doimiy muassasa» tushunchasi - soliqqa tortish maqsadida O‘zbekiston hududida daromad olish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday joy hamda har qanday tashkilot yoki vakolatli funksiyani bajarayotgan yuridik shaxsdir. Bu tushuncha o‘z ichiga: boshqaruv o‘rni, bo‘lim, ofis, idora, fabrika, ustaxona, shaxta, neft yoki gaz quvuri, tosh qazish yoki har qanday foydali qazilmalar qazib oluvchi joylarni oladi.
Royalti - bu intellektual mulklardan kelgan daromadlardir. Intellektual mulklarga yangilik yaratilganligi to‘g‘risidagi patent, litsenziya, tovar belgisi va boshqalar kiradi.
Investitsiya - korxonaning o‘zi amalga oshirgan quyidagi:
- yangi qurilish shaklidagi kapital qurilishga, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, kengaytirish va texnikaviy qayta qurollantirishga sarflangan mablag‘lar;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i - bu korxona, tashkilot va birlashmalarda yangi yaratilgan (qo‘shilgan) qiymatning bir qismini byudjetga majburan olishdir.
QQSdan imtiyozlar - bu korxonaning iste’molchilarga tovar ortganda, ish bajarganda, xizmat sotganda QQSni hisoblamaslik hamda byudjetga soliq to‘lamaslikni ifodalaydi.
QQS to‘lovchilari - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tovarlar importi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Aksiz solig‘i - bu ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan yoki eksport va import qilingan ba’zi tovarlar qiymatining bir qismini majburiy byudjetga to‘lovdir.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin