Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə110/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

YAlpi ichki mahsulot (YAIM)- bu ma’lum bir davrda (yil) mamlakat ichida bozor bahosida yaratilgan hamma tovarlar va xizmatlarning qiymatidir.
Byudjet jarayoni - Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni.
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning harajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjetdan mablag‘ ajratish - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet profitsiti - muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet harajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
Byudjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet so‘rovi - byudjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov.
Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjet taqchilligi - muayyan davrda byudjet harajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin