Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə111/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Byudjet transferti - byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari.
Davlat byudjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat ichki qarzlari - davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari - Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat tashqi qarzi - davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish - aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish - aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
Davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin