Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə109/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Aksiz solig‘i ob’ekti - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chikarilgan tovarlar, eksport va import qilingan ba’zi tovarlar oboroti hisoblanadi.
YUridik shaxslarning mol-mulk solig‘i - bu korxonalar mulklarining dastlabki qiymati, o‘rnatilmagan mulklar qiymatidan hisoblanib, ularning daromadidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlardir.
Mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar - bu o‘z mulkiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq to‘lashning ixchamlashtirilgan tizimiga o‘tgan yuridik shaxslar (savdodan tashqari) va imtiyoz olgan yuridik shaxslar bu soliqni to‘lamaydilar.
O‘rtacha qiymat - bu asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing shartnomasi bo‘yicha sotib olingan vositalarning hamda ishga tushirilmagan mulklar qiymatining yil boshi va oxiridagi summalarini yarmi, boshqa oylar boshidagi balans qiymatning to‘liq summalari yig‘indisini 12ga bo‘lish bilan aniqlanadigan qiymatdir. Bu qiymat choraklik va yil bo‘yicha aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona er solig‘i - yagona er solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Bu korxonalar o‘z hohishlari bo‘yicha byudjetga yoki yagona er solig‘i to‘lovchilar yoki qishloq xo‘jalik korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovchilari bo‘lishi mumkin.
YUridik shaxslarning (noqishloq xo‘jalik) er solig‘i - o‘zining mulkida, egaligida va foydalanishida er uchastkalari bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilarning identifikatsion raqami (STIR) - soliq to‘lovchining soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rsatuvchi dalildir. Bu raqam soliq to‘lovchining tegishli hisobot va hisoblarini, boshqa hujjatlarini tez topishda yordam beruvchi sondir.
Soliq qonunchiligi buzilganda qo‘llaniladigan jazolar (sanksiyalar) - bu intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq qonunchiligi buzilganda beriladigan jazolardir. Ular uch xil bo‘ladi: ma’muriy, moliyaviy va jinoiy.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin