Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


REJA 1. Soliq majburiyatlari. 2. Solq nazorati. 3. Soliqqa oid huqkqbuzarlik uchun javobgarlik. Tayanch so‘zlar va iboralar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə35/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

REJA
1. Soliq majburiyatlari.
2. Solq nazorati.
3. Soliqqa oid huqkqbuzarlik uchun javobgarlik.
Tayanch so‘zlar va iboralar: rezidentlar, norezidentlar, aksiz solig‘i,kameral nazorat,qo‘shilgan kiymat solig‘i, soliq obekti, soliq elementi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.”Adolat” nashriyoti, 2010 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675son Qarori. Xalq so‘zi gazetasi, yanvar 2016 y.
3. “Soliq info” ijtimoiy-iqtisodiy gazeta, 2013, 2014, 2015y.y.
4. Ekspress informatsiya. 1- son, Tosh.DSB, 2015y.

1. Soliq majburiyatlari.


Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalarini ko‘rib chikamiz.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.12.00.00 Солиқ маслаҳати]
Soliq majburiyati. Soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi.
Soliq majburiyatini bajarish Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to‘lovchi:
Soliq Kodeksda belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.01.00 Умумий қоидалар]
soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи;
3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.05.00 Молиявий ҳисобот]
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lashi shart.
Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi, yoki ushbu soliq majburiyatini bajarish boshqa shaxsga notarial ishonchnoma orkali yuklatilishi mumkin.
YUridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliq majburiyati mazkur alohida bo‘linmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan bo‘lsa va ular mustaqil balansga ega bo‘lsa, mustaqil ravishda bajariladi.
Soliq solinadigan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassisi bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq to‘lovchiga nisbatan soliq Kodeksda nazarda tutilgan tartibda uning bajarilishini ta’minlash choralari qo‘llaniladi.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari. Soliq majburiyati soliq Kodeksda belgilangan muddatlarda soliq to‘lovchi tomonidan bajarilishi kerak.
Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi.
Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak.
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Soliq majburiyatining tugatilishi. Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
uning vafot etishi bilan;
uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.
YUridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
u tugatilganidan keyin;
u qo‘shib olish (qo‘shib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.07.00.00 Муддатлар. Даъво муддати / 03.07.02.00 Даъво муддати]
Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati. Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.01.00 Умумий қоидалар]
Hisob hujjatlari qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda soliq davri tugaganidan keyin besh yil saqlanadi, yani belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.
YUridik shaxs qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi.
YUridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlaridabelgilangan tartibda topshiriladi.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin