Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə37/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи]
Soliq hisobotini saqlash muddati. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘lovchida soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi (5 yil).
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.12.00.00 Солиқ маслаҳати]
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb-soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida etarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda etarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘langan deb hisoblanmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Soliq majburiyatining soliq to‘lovchi tomonidan bajarilmaganligi unga nisbatan soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan sanadan e’tiboran yuzaga keladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
asosiy summa;
hisoblangan penya;
jarimalar.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash hisobi.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
Soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organi bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishni talab qilishga haqli. Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchiga solishtirma dalolatnoma tuzishni rad etishga haqli emas.
YUridik shaxs tugatilganda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash. YUridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ixtiyoriy tugatish hollari bundan mustasno, tugatuvchi besh kunlik muddat ichida bu haqda davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda ma’lum qiladi. YUridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bu haqda davlat soliq xizmati organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor etadi.
YUridik shaxs davlat soliq xizmati organiga tugatish balansini taqdim etish bilan bir vaqtda hisobotlarni hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart.
YUridik shaxs tugatilgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati ushbu yuridik shaxsning pul mablag‘lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida tugatuvchi tomonidan bajariladi.
YUridik shaxsni tugatish davrida yuzaga keladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek penya va jarimalarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati yuzaga kelishiga qarab, belgilangan muddatlarda hamda tartibda bajariladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq qarzi umidsiz deb e’tirof etiladi.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsda ortiqcha to‘langan soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlar summasi bo‘lsa, mazkur summalar hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Soliq to‘lovchi vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash. Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan, meros qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi. Vafot etgan jismoniy shaxs to‘lashi lozim bo‘lgan penya va (yoki) jarimalarni to‘lash majburiyati merosxo‘rga (merosxo‘rlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash bo‘yicha qarzining qolgan summasi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Merosxo‘r bo‘lmagan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz hisoblanadi.
Soliq qarziga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo‘yilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida unga (ularga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.
Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mol-mulki etarli bo‘lmagan (yo‘q bo‘lgan) taqdirda, uning soliq qarzining ko‘rsatilgan mol-mulk qiymatidan ortiq qismi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxsning bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzining amal qilishi, da’vo qilish muddatidan qat’i nazar, qayta tiklanadi.
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarining, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi. Banklar soliq to‘lovchining soliqni va (yoki) boshqa majburiy to‘lovni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarini, shuningdek tegishli vakolatli organning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalarini belgilangan tartibda bajarishi shart.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini tegishli byudjet yoki davlat maqsadli jamg‘armasining hisobvarag‘iga kiritish soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini o‘tkazish deb e’tirof etiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomasi yoki ularni tegishli byudjet yoxud davlat maqsadli jamg‘armasiga undirish to‘g‘risidagi tegishli vakolatli organning inkasso topshiriqnomasi, to‘lov topshiriqnomasi yoki inkasso topshiriqnomasi olinganidan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay bank tomonidan inobatga olingan holda bajariladi. Inkasso topshiriqnomasiga doir bunday operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatganlik uchun haq olinmaydi.
Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, banklar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini o‘tkazish to‘lov topshiriqnomalarini yoki tegishli vakolatli organning ularni tegishli byudjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armalariga undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalarini bajarishni kechiktirishga haqli emas.
Soliq to‘lovchining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari bo‘lmagan yoki ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini o‘tkazish to‘lov topshiriqnomasini yoki tegishli vakolatli organning ularni tegishli byudjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini bajarish uchun etarli bo‘lmagan taqdirda, bunday topshiriqnomalar mazkur hisobvaraqlarga pul mablag‘lari kelib tushishiga qarab, har bir shunday kelib tushishdan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajariladi.
Bankning aybi bilan soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini o‘tkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘tkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.

Soliq qarzini to‘lashni kechiktirishning va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning umumiy shartlari. Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida to‘lash muddatini soliq to‘lovchi qarz summasini bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich to‘lagan holda keyinroq muddatga ko‘chirishdan iboratdir.


Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga beriladi.
Oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra joriy aktivlar summasining jami 20 foizidan ortiq miqdordagi qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy sanksiyalarni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida soliq qarzi oyma-oy bo‘lib to‘langan holda amalga oshiriladi.
To‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq qarzining hammasiga yoki uning bir qismiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilish davri boshlanishidan e’tiboran to‘xtatib turiladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishini tugatish. Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi u (ular) berilgan muddat o‘tganidan keyin tugaydi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi soliq to‘lovchi kechiktirilgan va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq qarzining jami summasini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati o‘tguniga qadar to‘lagan yoki soliq to‘lovchi kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarini buzgan hollarda muddatidan ilgari tugatiladi.
Soliqning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish. Soliqning byudjetga to‘langan hamda to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi, taqdim etilgan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan ijobiy farq soliqning ortiqcha to‘langan summasi deb e’tirof etiladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan mustaqil ravishda soliq to‘lovchining arizasisiz amalga oshiriladi, soliq to‘lovchi bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda yozma ravishda xabardor etiladi.
Ortiqcha to‘langan soliqni hisobga olish hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida davlat soliq xizmati organi tomonidan xulosa taqdim etilgan taqdirda, soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchi yozma ariza bergan sanadan e’tiboran uch kunlik muddatda hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi xulosani moliya organlariga taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza bermagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi tegishli moliya organlariga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida mustaqil ravishda xulosa taqdim etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olish bu xususda xulosa berilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi boshqa soliq to‘lovchining soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.
Ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarish. Hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha to‘langan soliqlarning qolgan summasi soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qaytarilishi kerak.
Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish davlat soliq xizmati organi qaytarish uchun soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida xulosa taqdim etgan taqdirda, qaytarish to‘g‘risidagi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish va qaytarish. Boshqa majburiy to‘lovlarning to‘langan va to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi deb e’tirof etiladi.
Boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish hamda qaytarish tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona to‘lovlarining ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish va qaytarish bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan boshqa majburiy to‘lovlar summalarini qaytarish ortiqcha to‘langan summa qaysi byudjet yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha byudjet yoki davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘laridan ularni undirib olish majburiyati zimmasiga yuklatilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari bo‘lgan soliq to‘lovchi o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatidan kechiktirmay ularni xizmat ko‘rsatayotgan bankka to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini taqdim etishi shart.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga soliq to‘lovchiga davlat soliq xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risida yuborilgan talabnomasi kiradi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to‘lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat topshirilganligi to‘g‘risidagi kvitansiyada ko‘rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani bajarish muddatlari.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchi tomonidan olingan kundan e’tiboran besh kun ichida soliq qarzi uzilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari uni soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish choralarini qo‘llaydi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratadi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratadi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan boshlab o‘n kun ichida jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini jismoniy shaxsdan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan belgilangan tartibda Fuqorolik sudiga murojaat qiladi.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari. Soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish;
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish;
undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish.
Soliq to‘lovchi soliq qarzini barcha choralar ko‘rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud tartibida qo‘llaniladi.
Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy undirish choralari soliq to‘lovchi tomonidan uning natijalari bo‘yicha berilgan shikoyat davriga muvofiq to‘xtatib turiladi.
Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish. Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish, soliq to‘lovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli byudjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi bank belgisi qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomasining nusxasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, soliq qarzi summasini o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalari soliq qarzi summasini uzish to‘g‘risidagi talabnomani bajarishning belgilangan muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmaganligi yoki etarli bo‘lmaganligi tufayli davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasi to‘liq yoki qisman bajarilmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda uning nusxasi bankning belgisi qo‘yilib, davlat soliq xizmati organiga va soliq to‘lovchiga yuboriladi. Agar inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq to‘lovchi soliq qarzining summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasini bankka topshirgan bo‘lsa, bank taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi nusxasini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organiga qaytaradi.
Soliq qarzi summasini undirish soliq to‘lovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish. Soliq to‘lovchi debitor bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaga qaratadi.
Debitorlar o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qo‘yishni asossiz rad etgan taqdirda, soliq to‘lovchi bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Soliq to‘lovchi bir tomonlama imzolangan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish yuboradi.
Soliq to‘lovchining debitori yozma bildirish olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolash yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi shart. Agar soliq to‘lovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilganidan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat soliq xizmati organiga o‘zi tan olgan summani ko‘rsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchining debitori tomonidan imzolangan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi kreditorning imzosi mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, uning kreditori soliq qarzini undiruvni unga qaratishi uchun asos bo‘ladi.
Soliq to‘lovchi va uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan yuborilgan sanadan keyin keladigan sanada tuzilgan bo‘lishi lozim.
Davlat soliq xizmati organi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorlarning bank hisobvaraqlariga soliq to‘lovchining soliq qarzi summasini soliq to‘lovchi oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Davlat soliq xizmati organining ushbu moddaga muvofiq taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini bajarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish. Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish davlat soliq xizmati organining da’vo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi.
Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizasi soliq to‘lovchi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
soliq qarzi borligi to‘g‘risida soliq to‘lovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan ko‘chirma;
soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yo‘qligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi;
soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha (bunday tekshiruv o‘tkazilgan taqdirda) soliq qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
soliq to‘lovchining oxirgi hisobot davriga doir buxgalteriya balansining ko‘chirma nusxasi, bundan moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati hali kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.
Undiruvni sud qarori asosida soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.
Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin