Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə34/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

3. Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati .
Prezident I.A. Karimov tomonidan, «avvalo soliq tizimi o‘ziga xos vazifani-fiskal, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifasini to‘la darajada bajarishi kerak»,11- degan fikr bildirilgan edi.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa joriy etilgan soliqlarning samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarni tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab 1992 yilda Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‘mitasiga aylantirildi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.DSK, DSBlar, DSIlar........
Bundan ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko‘rsatish uchun shu davrni to‘rt bosqichga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. 30-slaydga qarang:
Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O‘zbekistonning o‘z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.
Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar to‘g‘ri keladi.
Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sirini kuchaytirishga bag‘ishlandi. Ularga soliqlardan xilma-xil imtiyozlar berildi. Ayniqsa yuridik shaxslarning foydaga (daromad) solig‘idan imtiyozlar ko‘p edi, 1995 yildan boshlab korxonalar har bir foiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi.
Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan 2007 yilning oxirigacha davom etdi. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin.
Bu bosqichda soliq to‘lovchi yuridik shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, ixchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlarini, soliq to‘lash muddatlari ixchamlashtirildi.
Ixchamlashtirilgan soliq to‘lashga o‘tishning huquqiy asoslari qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona er solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona er solig‘ini joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorga asosan (1998 yil 15 aprel 159—son) 1998 yildan boshlab va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (1153 — son 10 aprel 1998 yil) bilan savdo va umumiy ovkatlanish korxonalari 1998 yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘ldi.
Soliq tizimini ixchamlashtirish soliq hisoblovchi xodimlar, davlat soliq idoralari va bank xodimlarining minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga, ularni korxonalar foaliyati tahliliga bag‘ishlashga imkoniyat yaratmoqda.
Mustaqillik yillarida soliq tizimini rivojlantirish asta-sekin o‘z natijasini berib bormoqda. Kichik korxonalarning mamlakat ichki mahsuloti ishlab chiqarishdagi salmogi ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining mustaqil soliq tizimiga ega bo‘ldi va uni takomillashtirish borasida yangi izlanishlar davom etmoqda.
SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, respublika iqtisodiyotida soliqlarning tutgan muhim o‘rni borligini nazarga olgan holda Respublikada olib borilayotgan soliq islohotlariga katta e’tibor berish lozim. Toki bu islohotlar respublikamiz iqtisodiyoti ravnaq topishiga, aholi turmush darajasini ko‘tarishga doimo xizmat qilsin.
1997 yil 24 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tasdiqlanishi soliq tizimini isloh qilishning uchinchi bosqichining boshlanishi deb ifodalash mumkin..
Soliq kodeksi amalga kiritilishi bilan soliqqa tortishning barcha asos bo‘luvchi me’yorlarini yagona hujjatga jamlash; soliq imtiyozlarini tizimlashtirish; foyda, mol-mulk, qo‘shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa tortishning xalqaro tizimini joriy etishga imkon yaratildi.
Uchinchi bosqichda yuridik shaxslarga, birinchi navbatda kichik va o‘rta korxonalar uchun soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar jamlanmasi o‘rniga yagona soliq to‘lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori bilan kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi tasdiqlandi.
To‘rtinchi bosqich 2008 yil 01 yanvardan yani O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalda kuchga kiritilishi bilan boshlandi va xozirgi kungacha davom etib kelmoqda.
Bu bosqichda soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, ixchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlarini, soliq to‘lash muddatlari ixchamlashtirilmokda va soliq yuki muntazam ravishda yildan yilga kamaytirilmokda.

3-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSI VA UNDAGI MA’MURCHILIK MASALALARI.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin