Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə42/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar:
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:
1) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda turgan xodimlar kiritiladi;
2) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
3) jazoni ijro etish muassasalari;
4) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari.
YUridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi;
2) shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;
3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
4) investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan foydasi;
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.01.00 Юридик шахсларнинг даромади (фойдаси)га солинадиган солиқ / 07.10.01.05 Юридик шахсларнинг даромади (фойдаси)га солинадиган солиқ бўйича имтиёзлар]
YUridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
1) ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalari, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning bir foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta’lim muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
3) asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
4) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob’ekti qiymatining o‘rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan holda yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e’tiboran, texnologik jihozlar bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. YAngi texnologiya jihozlari ular olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi foydadan olinadigan soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi;
5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulkida bo‘lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg‘armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga.
Banklarning soliq solinadigan foydasi jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmlarining ko‘paygan summasiga bo‘shagan mablag‘larni yuqorida ko‘rsatilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan kamaytiriladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin