Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə41/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
O‘tgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan zararlar mavjud bo‘lsa, soliq solinadigan baza taqsimlab o‘tkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
YUridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.
Jami daromad bilan soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq solish ob’ektidir.
Ustav fondiga qo‘shilgan, umumiy vazifalarni xal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablag‘lar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum;
2) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qogozlar, intellektual mulk ob’ektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan daromad;
3) foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;
4) dividendlar;
5) boshqa shaxslardan bepul olingan mol-mulk;
Olingan grantlar daromad sifatida qaralmaydi. Grant deganda korxonaga davlat (hukumat), shuningdek nohukumat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatdagi maqsadlarda, iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ilmiy-texnik va innovatsiya dasturlarini bajarish uchun bepul, gumanitar pul ko‘rinishidagi yoki moddiy-texnik yordam tushuniladi. Grant mablag‘laridan qat’iyan maqsadga muvofiq foydalaniladi.
6) mol-mulkni ijaraga (lizingga) berishdan keladigan daromad;
7) royalti;
8) tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan berilgan subsidiyalar bundan mustasno);
9) da’vo muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
10) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubxali qarzlarning o‘rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar;
11) valyuta hisobvaraqlaridagi kurs bo‘yicha musbat farq;
12) favqulodda daromadlar;
13) boshqa daromadlar.
14)Soliq to‘lovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlari milliy valyutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin