Vazirligi toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə36/113
tarix16.12.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#182661
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.14.00.00 Солиқ тўловчиларнинг ҳисоби. Солиқ ҳисоботи;
3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.05.00 Молиявий ҳисобот]
Soliq hisoboti tushunchasi. [СПиТ:
1.Солиқ ҳуқуқи / Солиқ ҳисоботи]
Soliq hisoboti – bu soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjat.
Soliq hisobotini tuzish. Soliq hisoboti qog‘ozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs bo‘lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tadbirkorlik sub’ekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi.
Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti ob’ektlar bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar.
Soliq to‘lovchilar soliq hisobotini o‘z xohishlariga ko‘ra quyidagicha taqdim etiladi:
shaxsan olib borib berish tartibida;
pochta orqali buyurtma xat bilan;
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:
soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda — soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;
soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda — aloqa tashkilotining tamg‘asida ko‘rsatilgan, pochta jo‘natmasi jo‘natilgan sana;
soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda — elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq to‘lovchining talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yishi shart.
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborishi shart.
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa;
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan bo‘lsa.
Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq to‘lovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni ko‘rsatgan holda uni maromiga etkazish uchun qaytaradi.
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to‘lovchiga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish. soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati ichida o‘sha davr yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqiga ega.
Aniqlashtirilgan soliq hisobotida ilgari taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma’lumotlar, aniqlashtirilgan ma’lumotlar va ulardagi tafovutlar ko‘rsatilishi kerak.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasidan ortiq bo‘lsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qo‘shiladi.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasidan kam bo‘lsa, soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalarning ortiqcha to‘langan summasi hisobga olinadi yoki qaytariladi.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.07.00 Ҳисоб. Ҳисобот. Статистика (шунингдек, 07.21.17.10, 07.29.00.00 ларга қаранг);

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin