Robotlarning pnevmoyuritmalarini sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish
Sanoat roboti ijro mexanizmlarida ishlatiladigan pnevmoyuritmalarning asosiy turlari hisoblangan porshenli, membranali pnevmosilindrlarni, burilish pnevmodvigatellarini sozlashda shtok yurishining kattaligi rostlanadi, berilgan topshiriqqa shtok harakatining tezligi mos kelishi, pnevmosilindr shtogidagi kuchning topshiriqqa mos kelishi tekshiriladi.
Cheklangan ishchi yurishli pnevmoyuritmani sozlashning birinchi operatsiyasida tayanchlar holatini manipulyatorning berilgan siljishiga mos ravishda o‘zgartiriladi.
Qolgan sozlash operatsiyalarida pnevmoapparaturani rostlash ko‘zda tutiladi. harakat tezligi pnevmosilindrlar kirish va chiqishdagi pnevmodrosellarni sozlash bilan aniqlanadi. Shtokdagi kuchning qiymati reduksion klapanlarni nastroyka qilish bilan beriladi. Pnevmoyuritmaning chiqish zvenosining
tormozlanish intensivligi yo‘l drosellari yoki pnevmogidravlik dempferlarni rostlash bilan amalga oshiriladi.
Ko‘pgina hollarda manipulyatorlarning transport va texnologik harakatlarini amalga oshiruvchi pnevmoyuritmaning konkret bajarilishi sanoat robotining konstruktiv xususiyatlariga va qo‘llanilish sohasiga bog‘liq bo‘ladi.
Pnevmosilindrlarni va burilish pnevmodvigatellarini eksplutatsiya qilishda ular turli fazoviy holatlarda bo‘lishi mumkin. Ammo kondensat to‘planish imkoniyatini yo‘qotish uchun qisilgan havo yuboriladigan teshikning pastroqda joylashishi tavsiya qilinadi. Pnevmosilindr shtogi yo‘naltiruvchilarining vaqtdan oldin ishdan chiqishini oldini olish, hamda uplotliniyalarning shikastlanishi bo‘lmasligi uchun shtokka ko‘ndalang yuklama bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishi kerak emas.
Yuqori tempratura sharoitida pnevmoyuritmani eksplutatsiya qilishda turli xil yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan moylar, past tempraturalarda esa qovushqoqligi past bo‘lgan moylar ishlatiladi.
Manipulyator qisqichining o‘z o‘zidan ishlab ketishni oldini olish uchun, hamda qisilgan havo berilishini to‘xtab qolish hollarida robot pnevmosistemasida boshqariladigan klapanlar va bosim relelari o‘rnatish shart bo‘ladi. Pnevmosilindr shtogi yurishining kattaligini, burilish pnevmodvigatellarining tishli reykali uzatmalaridagi havo oralig‘ini, pnevmo - gidravlik dempferlar drosellarini rostlashda silindr kameralarida va pnevmodvigatellarda bosim bo‘lishi kerak emas.
Dostları ilə paylaş: |