Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#169126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida muloqotchanlikka kirishishning psixologik xususiyatlari (1)

Birinchi kun. 
Tanishuv, kirish so‘zi. 
1. Birinchi qadam: ishtirokchilarning ko‘nglini ko‘tarish: 


111 
a) har bir ishtirokchi bir minut davomida boshqalarning qo‘lini siqib unga 
qarata iliq so‘zlar aytadi. 
b) ishtirokchilar bir-birlariga beshtadan kompliment(xushomad so‘zlar) 
aytadi. 
v) har bir ishtirokchi o‘rnidan turib bittadan latifa aytadi, boshqalar esa uni 
qarsaklar bilan siylaydi. 
2. Ikkinchi qadam: Suhbatda chiqish qilish ko‘nikmasini hosil qilish: 
a) ishtirokchilar juftliklarga bo‘linib, uch minut mobaynida bir-birlari bilan 
suhbatga kirishadilar; 
b) natijalar guruhda muhokama qilinadi; 
v) boshlovchi mavzuni umumlashtiradi va uni yanada yaxshilash uchun 
nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida tavsiyalar beradi. 
3. Uchinchi qadam: xushomad (kompliment) va uni qabul qilish 
ko‘nikmasini o‘zlashtirish: 
a) Boshlovchi qanday qilib xushomad qilish, unga qo‘yiladigan talablar, har 
bir kishiga yoqadigan kompliment turlari haqida ma’lumot beradi; 
b) ikki-uch juft ko‘ngillilar o‘rnilaridan turib bir-birlariga xushomad 
qiladilar; 
v) muhokama; 
g) Boshlovchi xushomadni qabul qilish qoidalari haqida tushuntirish beradi
d) yana xushomad, iltifot, takalluf ko‘rsatishadi, ammo asosiy e’tiborni 
uning qanday qabul qilinishiga qaratiladi. 
4. To‘rtinchi qadam: muloqotning noverbal usullari rolini oshirish: 
a) boshlovchi muloqotning noverbal usullari- gavda harakatlari tili, mimika, 
imo-ishora va boshqalar haqida ma’lumot beradi. 
b) ishtirokchilar yana juftliklarga bo‘linib bir-birlariga xushomad qilishadi
biroq so‘zlar emas imo-ishora va mimikadan foydalanishadi, sheriklarni qanday 
tushunganliklarini ham imo-ishora bilan ifodalashadi. 
v) muhokama. 


112 
5. Beshinchi qadam: avtomatik fikrlarga qarshi kurashish: 
a) boshlovchi avtomatik fikrlar nima va ular bilan qanday kurashish 
kerakligi va boshqalar haqida ma’lumot beradi; 
b) har bir ishtirokchi o‘rnidan turib o‘zining shaxsiy hayoti va kelajakda u 
bilan nima sodir bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib beradi. Boshqalar unga 
nisbatan o‘z munosabatlarini bildirishadi. 
6. Oltinchi qadam ( unchalik majburiy emas, vaqt ortib qolsa o‘tkazish 
mumkin): egotsentrizm( o‘ta xudbinlik)ni yengish; 
a) boshlovchi juda qisqa vaqt davomida ko‘p hollarda yolg‘izlikning asosiy 
sababi ortiqcha egotsentrizm bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi; 
b) ishtirokchilar navbat bilan o‘rnilaridan turib istalgan mavzuda gapiradilar, 
ammo “men”, “menga”, “meniki” degan so‘zlarni ishlatmasliklari kerak. Bir 
marotaba bo‘lsa ham bu so‘zlarni ishlatgan ishtirokchi joyiga o‘tiradi. Chiqish 
qilish vaqti- 5 minut. 
7. Har bir ishtirokchiga uyga vazifa beriladi: 
a) notanish kishi bilan suhbatga kirishish;
b) unga xalaqit beruvchi beshtadan avtomatik fikrlarni yozib kelish. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin