3.3.
Mehribonlik
uyida
tarbiyalanuvchilarida
muloqotchanlik
xususiyatlarnishakllantirishga doir tavsiyalar.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari,
fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi
shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalilik, kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘ri so‘zlilik,
vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi. Chunkishaxslar bir-birini
97
to‘g‘ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun ular samimiy
bo‘lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo‘lib,
voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo‘lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir.
Samimiylikning muhim belgisi-bu yuzdagi xushmuomalalik ifodasi va tabassum.
Samimiylik bizning kayfiyatimizga ham bog‘liq, chunki kayfiyatimiz yaxshi
bo‘lsa, samimiylik ko‘chayadi. Samimiylik ko‘rsatish uchun kishining ko‘ngli
toza, oqko‘ngil bo‘lish lozim. Samimiylik fazilati ayniqsa rahbarning xodimlari
bilan qiladigan muloqotida muhimdir. Agar rahbar xodimlari bilan samimiy
munosabatda bo‘lmasa ularning kayfiyati tushib, mehnat unumdorligi pasayishi
mumkin. Ayrim rahbarlar qo‘l ostidagilar bilan qo‘pol, mensimasdan munosabatda
bo‘lib, buyruq ohangida avtoqratik uslubga asoslanib ish ko‘radilar.
Mashhur Amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi kitobida ko‘rsatilishicha,
bir rahbar doimo qovog‘ini solib yurgan, kishilar bilan samimiy munosabatda
bo‘lmagani uchun hamma undan qo‘rqib, undan qochib yurar ekan, hatto turmush
o‘rtog‘i bilan ham mensimasdan muomala qilar ekan. Karnegining ma’ruzasidan
so‘ng bu rahbar turmush o‘rtog‘iga ham, qo‘l ostidagi kishilarga ham samimiy
jilmayib muomala qilishni boshlaganida hamma uni yaxshi ko‘rib obro‘si ortib
ketibdi, o‘zining ham kayfiyati ko‘tarilib ketibdi.
Muomala sirlaridan yana biri -bu kishilar bilan munosabatda jilmayishdir. D.
Karnegi fikricha, jilmayganda biz bir-birimizga yaxshiliq qilish istagida turamiz.
Masalan, transport haydovchilari, aholiga xizmat ko‘rsatish xodimlari, oshpazlar,
sartaroshlar, sotuvchilar samimiy bo‘lsalar, kamtar, xushmuomala bo‘lsalar, “biz
sizga xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz” degan so‘zlarni ishlatsalar, ularning
obro‘lari ortib, muxlislari ko‘payadi, kishilar ularning xizmatlaridan ko‘proq
foydalanadilar.
Bolalarni yoshlikdan avvalo oilada, so‘ngra ta’lim maskanlarida muloqotga
o‘rgatib boriladi. Muloqotga o‘rgatishning usullaridan biri mashg‘ulotlar tarzida
shakllantirishdir. Bolani bog‘cha sharoitida tarbiyachi turli mashg‘ulotlar o‘tkazib
98
muloqotga o‘rgatadi. Avval elementar o‘zini tutish, kattalarga qanday gapirish,
salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullarni tarkib topshiriladi. Maktab
yoshi davrida va keyinchalik shaxsga ijtimoiy - psixologik treninglar tashkil qilish
orqali muloqotga o‘rgatiladi. Shaxsning o‘zi bu usullarga ijobiy munosabat
bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunkishaxs muloqotda bo‘lmasdan faoliyat
subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to‘laqonli rivojlana olmaydi.
Tajribali psixolog A. A. Bodalev fikricha, hatto o‘yin faoliyatida bola muloqotda
bo‘ladi .Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o‘rgatish masalasi birinchi o‘rinda
turadi. qolavyersa mehnat ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj
sezadilar. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonni dunyoqarashini
kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot
orqali shakllanadi.
Shaxsning irodaviy sifatlarini rivojlantirish orqali ham uni muloqotga
o‘rgatish oson ro‘y beradi.
Jamoa muhitini shakllantirishda ikkinchi tomon ham bor - bu jamoa
a’zolarining ruhiy madaniyatini shakllantirishdir. Shu maqsadda o‘quvchilarga
ularning insoniy muloqot, inson shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va
boshqalar”,”men boshqalarning ko‘zi bilan”) to‘g‘risidagi mulohazalarini
rag‘batlantiruvchi axborotni berish zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali
uyushtirish mumkin. Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o‘rgatishshunga
taalluqlidir. Ruhiy madaniyatga o‘rgatishni o‘smirlik yoshidan boshlash muhim,
chunki o‘z shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj xuddi shu davrda vujudga
keladi. O‘smirlikda o‘zining “Men”i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi.
Ilk yoshlik paytida - o‘z ruhiy holati haqida hayol surish kuchaygan, muloqot juda
ahamiyatli va g‘oyat tanlab o‘tkaziladigan yoshda inson shaxsi, shaxslararo
muloqot to‘g‘risidagi axborot zarurdir.
N.P. Anikeeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs
muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsni to‘laroq ochib berishi, uni
99
niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya - rollarni tanlash albatta insonning o‘z
mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o‘z-o‘zini tanqid qila
olishiga, xulq - atvorining puxtaligiga, o‘zining chetdan ko‘ra bilish qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq,
himoyalanganroq bo‘lish uchun o‘zidagi eng yaxshi narsalarni yashirishga,
bo’zishga majbur etadi. Ertao‘smirlik paytida yig‘it va qizlar yakkalik holatini
boshdan kechiradi. Ular his-tuyg‘ularini hech kimga aytishmaydi. O‘zi haqidagi va
atrofdagi kishilar haqidagi axborot - muloqot usullarini va mazmunli muloqotni
tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi muayyan
ma’lumotlarga ega bo‘lishkerak. Har bir kishiga xos bo‘lgan ruhiy xususiyatlar
asab tizimi turi bilan belgilanadi va avvalo tempyeramentda: ta’sir ko‘rsatish
sur’atida, ham tabiiy signallarda (ovoz, yorug‘lik, rang, hid, haroratning
o‘zgarishi), ham ijtimoiy signallarda (so‘z, voqea, o‘ta sezgirlikda, emotsional
ko‘zg‘aluvchanlikda, tashvishliliq darajasida, ekstroversiya, introversiya) namoyon
bo‘ladi. Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot
sohasida yorqin namoyon bo‘ladi. Ekstroversiya - individning tashqi dunyoga,
introversiya - ichki dunyoga qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog‘liq
ekstroversiya xususiyatlari ustun bo‘lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar,
tanishishlar doirasiga moyil bo‘ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi tanishlar
orttiradilar, shovqin - suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar - bu asab
faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o‘z ichki dunyolariga berilishga,
kechinmalarga moyillar. Atrofdagilardan ko‘p tashvishlanadilar, ular yaqinlarning
tor doirasini ma’qul ko‘radilar. ”Ekstroversiya-introversiya” o‘qining o‘rtalarida
joylashgan kishilar psixologiyada sentrovyertlar degan nomni olgan. Ular
me’yorida kirishimli, me’yorida yolg’izlikka moyildirlar.
Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o‘rgatish mumkin. Masalan, ovozni
baland chiqarib she’r o‘qish, hikoyani gapirish kabi treninglar ham muloqotni
shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni esa o‘yin faoliyati
100
davomida muloqotga o‘rgatish oson kechadi.
Muloqotga o‘rgatishda o‘yin va noo‘yin
shakllarini
qo‘shib
olib
borishning ahamiyati katta:
1. Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paytda didaktik
o‘yinlardan foydalanish, ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas,
o‘quvchilardan biri bajarishi.
2. E’tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O‘quvchilar o‘rtoqlarining
javoblarini xolisona baholashga maxsus o‘rgatiladi, ayni paytda mayda -
chuydalargacha e’tiborni qaratib, o‘rtoqlarining javoblaridagi eng muvaffaqiyatli
jihatlarini ajratib ko‘rsatishni o‘rganish. Kamchiliklarni qanday qilib yo‘qotish
haqida bahslashish, ya’ni kamchilikni bitta o‘quvchining o‘ziga aytish orqali ta’sir
qilish.
3. Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar SHarqda o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ushbu o‘quv qo‘llanma jamiyatning yangilanish davrida inson
ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning psixologik tabiatini
anglashga yordam beradi.
Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo’lsa, insoniy munosabatlar,shaxslararo
ijtimoiy munosabatlar masalasi xam shu darajada ko’xna va xamisha dolzarbdir.
Inson tafakkuri va uning aql idrokiga xos bulgan muxim xususiyatlardan biri
shuki, uning taraqqiyoti eng avvalo, kishilik jamiyatidagi o’zaro munosabatlarni
qay darajada mukammalligiga xamda insoniyligiga bog’liq. Demokratik
munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning muxim bir shakli sifatida xar bir mu’tadil
taraqqiy etayotgan insonning ma’naviy barkamolligi negizini tashkil etadi
Xalqimiz ma’naviyati va ma’rifatiga nazar tashlar ekanmiz, qadimiy sharq
mamlakatlarida davlatchilik an’analari avvalo inson xaq-xuquqlari, erki, tafakkuri,
rivojiga munosib o’zaro munosabatlar, bir so’z bilan aytganda, insonparvarlik
tamoyillari asosiga qurilgan ekanligini ko’rishimiz mumkin. Aks xolda tarix ulug’
101
bobolarimiz M. G’aznaviy, A. Temur, X.Boyqarolarni bilmagan, ularning buyuk
zexni va iqtidori, jamiyat, fan, madaniyati va ravnaqiga qo’shgan xissalaridan
baxramand bo’lmagan bo’lar edi. Lekin insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar
sharqda o’ziga xos va xar bir millat psixologiyasi mos xolda shakllangandir.
Ijtimoiy psixologik munosabatlarning psixologik tabiatini taxlil qilar ekanmiz,
uning shaxs kamoloti va saloxiyatiga ta’siri masalasiga aloxida to’xtab o’tish
joizdir. Chunki, aynan jamiyatda, shaxslararo munosabatlarda shaxsda o’zini-o’zi
anglash, o’zini-o’zi kamol toptirish jarayonlari tezlashadi, samimiy, insoniy
munosabatlar, inson xaq-huquqlarini e’zozlashga asoslangan munosabatlar
shaxsning o’zi xaqidagi bilimlarini, o’z imkoniyatlarini va nasl-nasabini aniqrok
xolda to’g’rirok tasavvur qilishga imkon beradi. Ikkinchidan, aynan to’g’ri ijtimoiy
munosabatlar o’zga shaxslar huquq va erkinliklarini xam anglash, ularni xurmat
qilishga qaratilgan tasavvurlar majmuining bo’lishiga imkon yaratib, insoniy
munosabatlarda madaniyat va iltifot tamoyillariga amal qilinishiga sharoitlar
yaratadi.
Yuqorida qayd etilgan ikki jixat oqibat natijasida inson shaxsini eng oliy
qadiryatlar sifatida etirof etilishi va unga nisbatan jamiyatdagi yaxlit
munosabatlarning o’zgarishi tufayli huquqiy ma’naviyat va fuqorolarning siyosiy
faolliklarini tobora oshirib borishini ta’minlaydi. Shuning uchun xam tub
isloxatlar jarayonlarini boshidan kechirayotgan davlatimizda iqtisodiy, siyosiy
isloxatlar bilan bir qatorda manaviy-ma’rifiy isloxatlarga katta e’tibor
qaratilgan.Bu o’rinda, shu narsani aloxida takidlash zarurki, xozirgi kunda
respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxatlarning taqdiri yoshlarimizning
ma’naviy qiyofasiga , shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga
oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la
singdirish taqqazo etiladi va ijtimoiy pisixologiya fani oldiga qator vazifalarni
qo’yadi.Shu urinda ko’plab tadqiqotchilarni o’ylantirayotgan masala shuki,
jamiyatda rivojlanadigan va uning ta’sirida shakillanuvchi shaxs uchun qanday
ijtimoiy munosabatlar muxiti zarur yoki boshqacha qilib aytganda, uning
102
barkamolligi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish mumkinmi yoki progressiv
taraqqiyoti uchun muxim bo’lgan shaxslararo munosabatlar tizimini yaratish
imkoniyati bormi?Bu fikrni paydo bo’lishiga sabab- ayrim tadqiqodchilarda
jamiyat ta’siridan ko’ra ,shaxsning bevosita o’z muxiti, xattoki, yolg’izlik xam
ijobiy omil bo’lishi xam mumkin, degan fikrlar xam yo’q emas. Olimlarning
ta’kidlashicha, yaponlar tarbiya maktabida «maritao» deb nomlanuvchi tizim
mavjud ekanki,unga ko’ra, o’smir yoki o’spirin ma’lum taraqqiyot bosqichida
yolg’izlikka maxkum etilar ekan.Bunda uning g’orga,shunga o’xshash joyga
`yolg’iz qamab qo’yishar, xatto o’zi bilan o’zi muloqat qilishi xam ta’qiqlanarkan.
g’arb tadqiqodchilari (L.Semeonova va b.) ushbu jarayonning pisixologik
moxiyatini talqin qilar ekanlar, uning ikkita jixatiga e’tibor qaratiladi: bir
tomondan bu narsa ijobiy samara berishi mumkin, chunki odam o’zini -o’zi
anglash ,o’ziga xolis baxo berish ,ijodiy rivoji uchun zarur imkoniyatni o’zidan
qidirishga muyassar bo’ladi. Lekin ikki-jixati xam borki unda odam o’zgalarda
xuddi oynaga qaraganday o’z aksini ko’radi, shu tufayli u kishilar jamiyati talab
va qoidalariga bo’ysunish, o’z-o’zini mukammallashtirish imkoniyatidan maxrum
bo’ladi.
Ma’lumki, muloqotchanlik sifatlarini to‘g‘ri shakllantirish va kamchiliklarini
bartaraf etishda ijtimoiy psixologik treninglarning ahamiyati juda katta.Chunki
trening mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini ichki psixologik imkoniyatlarini
rivojlantirishga, muloqotchanlik uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini
hosil qilishga, talabalarni o‘zlariga, o‘z qobiliyatlariga ishonch hosil qilishga,
o‘quv faoliyatidagi aktivlikni oshirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |