Yolg’izlikni o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi
85
Vaziyatlar
Hech
qachon
Kamdan-
kam
Ba’zida
Tez-
tez
01.
Men atrofdagilar bilan yaxshi
munosabatda ekanimni his etayapman
1
2
3
4
02.
Men do‘stona muloqotga
muhtojman
1
2
3
4
03
. Men birorta odamga ham
murojaat qilolmayman
1
2
3
4
04.
Men o‘zimni yolg’iz his
etmayapman
1
2
3
4
05.
Men o‘zimni do‘stlarim
guruhining bir qismi deb his etaman
1
2
3
4
06
.
Men
atrofdagilarga
xos
ko‘pchilik xususiyatlarga egaman
1
2
3
4
07.
E
ndilikda
mening
o‘y-
xayollarim faqat o‘z ichki hissiyotlarim
va fikrlarim bilan cheklanib qolmayapti
1
2
3
4
08.
Hech kim mening fikrlarimga
va gaplarimga qo‘shilmayapti
1
2
3
4
09.
Men
odamlardan
tez
uzoqlashadigan odamman
1
2
3
4
10.
Shunday odamlar borki, men
ularga nisbatan chuqur tuyg‘ular his
etaman
1
2
3
4
86
11.
Men
o‘zimni
tashlab
ketilgandek his etayapman
1
2
3
4
12.
Mening ijtimoiy muhit bilan
bo‘lgan aloqalarim unchalik chuqur emas
1
2
3
4
13.
Hech kim mening haqiqatan
qanday ekanimni bilmaydi
1
2
3
4
14.
Men o‘zimni boshqalardan
ajralib qolganday his etayapman
1
2
3
4
15.
Men istagan paytimda do‘st
orttira olaman
1
2
3
4
16.
Meni juda yaxshi biladigan
odamlar bor
1
2
3
4
17.
Men boshqalardan uzoqlashib
qolganim bois baxtsizman
1
2
3
4
18.
Odamlar atrofimda, biroq men
bilan emas
1
2
3
4
19.
Shunday odamlar borki, men
ular billan suhbatlasha olaman
1
2
3
4
20.
Shunday odamlar borki, men
ularga murojaat qila olaman
1
2
3
4
Natijalar tahlili
Yolg’izlikhissiningyuqori (54 balldan 80 ballgacha) darajasiniizohlabturibdi.
Bundan ko‘rinadiki, o‘smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta odam». Katta
odam esa mustaqil, bo‘lishi, o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu davrda
87
kattalar yordamiga murojaat qilish teng-doshlar tomonidan qoralanadi va buni
o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smirlarga kattalar tomonidan
oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot, erkalashlar yerish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini
yerkalab, silab-siypashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan
bildiriladigan olqishlarni «yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagilarni hissiy qo‘llab-
quvvatlashlaridan holiroq bo‘lishga, o‘z muammolarini o‘zlari shaxsan hal qilishga
intiladilar.
Oldinlari ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida
uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan yordam so‘ragan bo‘lsalar, endi oiladan
tashqarida birontasidan dakki eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda
ota-onasiga biddirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-onalarini uning
«ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi. Bularning barchasi o‘smirlarda bevosita
kuzatiladigan emotsional avtonomiyaning alomatlaridir. O‘smirlarda kuzatiladigan
avtonomiya holatining yana biri makoniy avtonomiyadir. Bunga ko‘ra o‘smirlar
imkon qadar o‘z xonasida yolg’iz qolishga, biron bir ishni bajarayotgan yoki biron
bir joyda bo‘lgan vaqtlarida imkon qadar yolg’iz bo‘lishga ayniqsa o‘z ota-onasi,
oila a’zolari nazaridan chetroqda bo‘lishga, o‘z o‘y-xayollari bilan mashg‘ul bo‘lib
vaqt o‘tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o‘z tengdoshlari, yaqin
o‘rtoqlari bilangina muloqotda bo‘lib, o‘z ota-onasi bilan esa kamroq muloqotda
bo‘lishga intilib o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda o‘smirda
kuzatilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-onalar
ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda ko‘proq
qiziqib qoladilar.
Boshqacha qilib aytganda ularning avtonomiyasiga «bostirib kiradilar».
Buni esa o‘smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o‘smirlar va ularning ota-onalari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarida kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga
kelishiga asos bo‘lishi mumkin. Shuningdek o‘smir ruhiyatida kuzatiladigan
xarakterli xususiyatlar, ya’ni ularning o‘ta ta’sirlanuvchan, jizzaki, qo‘rs, sal
narsaga xafa bo‘lishi, uning hissiy noturg‘unligi ifodasidir. Bunday holatlarning
88
yuzaga kelish sabablaridan biri bevosita jinsiy balog‘atga yetish, ichki sekretsiya
bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar funksiyalarining faollashuvi va shular bilan bog‘liq
holda o‘smir organizmida ro‘y beradigan psixofiziologik o‘zgarishlardir. Bunday
vaziyatda o‘smirda ijtimoiy-psixologik omillarning kamida bittasi bo‘yicha
yolg’izlik hissining yuqori darajada kuchayib ketish holatlari kuzatiladi.
Yolg’izlik hissining o‘rta (28 balldan 53 ballgacha) darajasini ko‘rsatishdi.
Mazkur jarayonning yuzaga kelishi o‘smirlik davrida o‘smirning «men»ini
qaytadan shakllana borishidadir, ya’ni uning atrofidagilarga ayniqsa o‘z o‘ziga
bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. Uning
o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori kuchayadi. Chunki bu davrida shaxs egotsentrizmi
boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. O‘smir o‘z
shaxsiyatini boshqalardan ustun, o‘ziga ko‘proq bino qo‘yadi. Shu davrda o‘g‘il
bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki tom
ma’noda o‘zining xatti-harakatini nazorat qilish, o‘zining yurish-turishi, kiyinishi,
tashqi ko‘rinishiga astoydil e’tibor berish, pardoz-andoz bilan shug‘ullanish kabi
holatlar kuzatiladi. Biroq bu davrdagi endokrin sistemasi faoliyati, epofiz, jinsiy
sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan garmonlar ta’siri ostida o‘smir organizmida
va tana to’zilishida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning tana to’zilishi proporsiyasi
bo’ziladi (u nisbatan beso‘naqayroq bo‘lib qoladi), tovushlari o‘zgarib, do‘rillab
qoladi. Jinsiy balog‘atga yetishning boshlanishi bilan yuzlariga husnbuzar chiqa
boshlaydi. Bularning barchasi o‘smir uchun kutilmagan, uncha xush kelmaydigan
holatlardir va aynan ana shu holat o‘smirning ta’sirlanuvchanligini, jizzakiligini
ortishiga olib keladi. Shu davrda o‘smirning tashqi ko‘rinishi, shaxsiyatiga oid
bildirilgan arzimagan nojo‘ya gap uning uchun jiddiy salbiy kechinmalarning yuz
berishiga asos bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda hissiyotning o‘z harakatlari
motivi sifatidagi roli o‘zgarib boradi. Emotsiya va hissiyotlar boshqaruv
funktsiyasini bajarib, o‘smirning xulq-atvorini qayta qurishga yordam beradi.
Emotsional kechinmalar, xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, yo‘naltiradi
yoki tormozlaydi. o‘smirning xulq-atvorini o‘zgartirishiga qaratilgan kattalarning
89
ta’sirlari va talablari o‘smir tomonidan qabul qilinsada, lekin uning harakatlarini
undovchisi bo‘lib xizmat qilmaydi va emotsional javobni ham uyg‘otmasligi
mumkin. Shuning uchun ham irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishi faqat motivlar
bilangina emas balki qadriyatlar ustanovkasi, nerv sistemasida namoyon bo‘luvchi
tug‘ma xususiyatlarga ham bog‘liqligini ta’kidlash joizdir. Masalan, qo‘rquv, nerv
sistemasi kuchsiz, nerv sistemasining tormozlanish yuqori darajada va
tormozlanish qo‘zqaluvchanlikdan ustun bo‘lgan holatdagini yorqin namoyon
bo‘ladi. Bunday vaziyatda o‘smir uchun dadil harakat qilish qiyinroq kechsada,
yolg’izlik hissining o‘rta darajada saqlashga, ya’ni ijtimoiy-psixologik
aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissining susaytirishga
qodir bo‘ladi.
Yolg’izlik hissining past (0 balldan 27 ballgacha) darajada ekanligi
aniqlandi. O‘smirning haqiqiy qiyofasi asosan uning turmushda orttirgan shaxsiy
tajribasiga: uning faoliyatiga, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari
xarakteriga, uning oila va maktab jamoalariga, kattalar o‘rtasida tutgan o‘rniga
bog‘liq bo‘lsada, uning tajribasi tevarak-atrofdagi kishilar hayoti va faoliyatini,
ularning xulq-atvori, xatti-harakatini kuzatishi, ular bilan o‘zaro aloqalari bilan
ham belgilanishi mumkin. Shaxsiy tajriba asosida yuzaga keladigan bevosita his-
tuyg‘ular va mulohazalarni o‘smir hamma vaqt ham jamiyatimizda qabul qilingan
axloq normalari hamda o‘ziga nisbatan qo‘yiladigan biror shakldagi talablar
jumlasiga kiritavyermaydi.
O‘smirning shaxsiy tajribasi jamiyat axloqiy talablariga qay darajada mos
kelishiga qarab uning shaxsi shakllanadi. Masalan, agar uning shaxsiy tajribasi
axloq me’yorlariga va tevarak-atrofdagilarning uning o‘ziga qo‘yadigan talablarga
zid bo‘lsa, o‘smir bu talablarni rasmiyat uchun qabul qilishi va ularni kattalarning
oldidagina bajarishi mumkin. O‘smirning qat’iyatsizligi, sabrsizligi uning "iroda
kuchini" namoyon qilishni istamaganligidan emas, balki genetik sabablarga ham
bog‘liqdir. Bu degani shaxs irodaviy sohasini rivojlantirish uchun kuch
ishlatishning xojati yo‘q degani emas. Faqatgina ortiqcha va standart faollikdan,
90
ayniqsa, inson irodaviy sohasidagi kuchsizlikni bartaraf etishga volyuntaristik
yondashuvdan qochish lozimdir. Shuni ta’kidlashkerakki, "iroda kuchini"
rivojlanishi jarayonida o‘smir murakkab qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Umuman olganda psixik jarayonlarning tashqi emas, insonning o‘zi qabul
qilgan qarordan kelib chiqqan holda ichki anglangan stimullar orqali
faollashtirilishi bilan boshqaruvning ixtiyoriy mexanizmi ixtiyorsiz mexanizmidan
farqlanadi. Aynan mana shu mexanizm irodaviy (ixtiyoriy) deb nomlangan,
qolavyersa, birinchidan, ko‘pincha, insonning o‘z istaklaridan, tashqi ta’sirlardan
mustaqil tarzda yuzaga kelgandek tuyuluvchi ongli qarorlar va motivlardan kelib
chiqadi, ikkinchidan, anglangan (irodaviy) impulslar va sharoitlarda namoyon
bo‘ladi va bunday hollarda o‘smirlarda yolg’izlik hissining past darajasi, og‘ir
yolg’izlik hisssining yo‘qligini kuzatishimiz mumkin albatta.
Umuman aytganda, o‘smir hayotiy vaziyatlarga optimistik munosabatda
bo‘ladilar. Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezidagi rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olisho‘smirlarda shaxs
xususiyatlarini shakllantirish imkonini beradi.
V.A.Soninning “Bu olamda men kimman?” metodikasi umumiy tahlili
Biz tadqiqotimizda, V.A.Sonin tomonidan ishlab chiqilib bir necha marta
sinalgan “Bu olamda men kimman?” metodikasini sinaluvchilarimizda o‘tkazdik.
Albatta, har bir metodikalarni biz sinaluvchilarimizning ruhiy holatlarini hisobga
olgan holda, keng, yorug‘ va tadqiqot o‘tkazish uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan
xonalarda o‘tkazdik. Biz respondentlarimizga metodikani o‘tkazishdan oldin
quyidagicha yo‘riqnoma berdik:
“Sizga gorizontal chiziqlarga joylashtirilgan 10 xil shaxs xususiyatlari
tavsiya etilmoqda. E’tiboringizni bir joyga to‘plab yersharida yashayotgan
odamlarni ana shuchiziqqa joylashtirib tasavvur qilib ko‘ring. Ular orasida sog‘lom
va bemorlar, aqlli va ahmoqlar ham bor. Siz o‘zingizni ana shuchiziqning qayerida
91
turibman deb baholaysiz. O‘sha yerdagi raqamni doira ichiga olib belgi
qo‘ying”.
Dostları ilə paylaş: |