Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#169126
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida muloqotchanlikka kirishishning psixologik xususiyatlari (1)

 
 
 
Muloqotchanlikning umumiy darajasini aniqlash so‘rovnomasi 
natijalari
Muloqotchanlikning umumiy 
darajalari
Tarbiyalanuvchilarning
so‘rovnoma savollariga bergan 
javoblarini umumiy 
foizlardagi ko‘rsatkichlari : 
19 balldan – 24 ballgacha ma’lum 
darajada muloqotchanlik 
42% 
14 balldan – 13 ballgacha yetarlicha 
muloqotchan 
38% 

balldan 
– 13 ballgacha juda 
muloqotchan ba’zida me’yoridan ortiq 
12% 
3 ball va undan kam ball me’yoridan 
ortiq muloqotchanlik 
8% 
Tahlillardanko‘rishimizmumkin-ki, 
sinaluvchilarning42% 
ida, 
ma’lumdarajadamuloqotchanlik (19 balldan 24 ballgacha) darajasiniizohlabturibdi. 
Butipdagio‘smirlargaxosbo‘lganxususiyatlardebquyidagilarniizohlashimizmumkin: 
ma’lumdarajadamuloqotchanvanotanishvaziyatdao‘ziniyo‘qotibqo‘ymaydi, 
yangimuammolaresaularniqo‘rqitmaydi, 
ammonotanishshaxslarbilanmuloqotqilishdaanchaehtiyotkorlikbilanyondoshadivab
ahs - munozaralargabajonidilqo‘shilmaydilar. Ba’zidagaplaridaasossizkinoya - 


94 
kesatiqso‘zlarko‘payibketishimumkinliginiinobatgaolganholdamunosabatgakirishis
hmaqsadgamuvofiqbo‘ladi. 
Shuningdek ishtirokchilarning 38% ida yetarlicha muloqotchanlik (14 
balldan 18 ballgacha) darajasini izohlab turibdi. Bunday o‘smirlar yetarlicha 
muloqotchan, qiziquvchan, suhbatdoshi qiziq narsalar haqida gapirganda, uni 
diqqat bilan tinglaydi. Muloqotda ancha sabrli, o‘z nuqtai nazarini hissiyotga 
berilmay himoya qila oladi. Notanish odamlar bilan suhbatlashishga to‘g‘ri 
kelganida, bezovta bo‘lmaydi, ayni paytda shovqin-suronli davralarni yoqtirmaydi, 
birovning bachkana qiliqlari va ko‘p gapirishi boshqalarning g‘ashiga tegishi 
mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, respondentlarning 12% ida juda 
muloqotchanlik, ba’zida me’yoridan ortiq (9 balldan 13 ballgacha) darajada deb 
topildi. Bunday vaziyatda o‘smir juda muloqotchan (ba’zida me’yoridan ortiq), 
qiziquvchan, gapdon,har xil masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishni yaxshii 
ko‘radigan, bu esa ba’zida atrofdagilarni g‘ashiga tegishi ham mumkin. Notanish 
odamlar bilan bajonidil tanishadilar va odamlarning diqqat markazida bo‘lishni 
yoqtirishadi. Hech kimning iltimosini yerda qoldirmaydi,lekin berilgan hamma 
va’dalarni ham bajara olmasligi mumkin.Ba’zida jaxl ustida qattiq gapirib 
yuboradilar, biroq tezda jahlidan tushadi.Jiddiy muammolar bilan to‘qnash 
kelganlarida ularda sabr- toqat yetishmaydi, ammo xohlasa hech qanday muammo 
oldida taslim bo‘lmasliklari mumkin. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra respondentlarning 8%ida, me’yoridan ortiq 
muloqotchanlik (3 va undan kam ball) darajasi aniqlandi. Ushbu o‘smirlarning 
muloqotchanlik darajasi me’yordan ortiq. Juda sergap, o‘zlariga aloqasi bo‘lmagan 
ishlarga aralashaveradi, hal etishga qurbi yetmaydigan muammolarni bartaraf 
etishga kirishaveradi, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda har xil nizolarning kelib 
chiqishiga sababchi bo‘lib qoladi. Ancha xafalanuvchan, jazavaga moyil 
bo‘lganligi uchun ularning zimmasiga jiddiy ishlarni yuklab bo‘lmaydi. Bunday 


95 
o‘smirlarga xarakterini o‘zgartirish ustida ishlashlari tavsiya etiladi. Avvalo, sabr-
toqatni, vazminlik va bosiqlikni tarbiyalash, boshqalarga hurmat ko‘zi bilan 
qarashni o‘rganish, eng muhimi o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishga harakat qilinmas 
ekan, bunday hayot tarzining oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin