103
«Omma oldida chiqish qilish».
Bu o‘yinga a’zolari
oldindan tayyorgarlik
ko‘rishgani ma’qul. Chunki bunda ma’lum vaqt davomida
notiqlik mahorati va
guruhlar murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish, eshitish san’atlari
mashq qilinadi.
«O‘zini tanishtirish» o’yini
. 2 minut har bir ishtirokchi o‘zi
haqida xohlagan
narsalarni aytib berishi va so‘ngra aytilganlar video yoki audiokassetalar vositasida
qaytarilib, shaxsning o‘zi va guruh tomonidan tahlil qilinadi.
«Salomlashish».
Trener guruh a’zolarini doira qilib o‘tkazib, so‘ng ularni har biri
2 – 3 kishidan iborat guruhchalarga ajratadi. Salomlashish mana bu so‘zlardan
tuzilgan: andiq, sandiq, chandiq, xormang, tolmang.
Barcha ishtirokchilar
salomlashishni bir vaqtda aytadi.
Salomlashish baqirmasdan balki,bir
tekis nafas
olib talaffuz qilinadi. Nihoyat qandaydir «apchixi»ga o‘xshash so‘z hosil bo‘lishi
kerak. U 2-3 marotaba takrorlanadi.
«Talaffuzni o‘z o‘rnida ishlatish».
Ma’suliyatni chetlashtiradigan va o‘z
pozitsiyasini yashiradigan umumiy iboralarni qo‘llamaslik kerak. Masalan:
«Mening ko‘pgina do‘stlarimning fikriga ko‘ra», «Ko‘pchilik odamlarning fikriga
qaraganda» iboralarini o‘rniga «Mening fikrimga ko‘ra»,«Men o’ylaymanki» va
h.k. qo‘llash.
«Muomalada samimiylik».
Nima xis qilinsa faqat to‘g‘risini so‘zlash, yoki
umuman hech narsa aytmaslik. So‘zlagan so‘zini
ochiq oydin,tortinmasdan o‘z
xissiyotini ochib berish.
Dostları ilə paylaş: